Yahud vujudi gazga boy Misrga gaz sotishni kengaytirmoqchi

102
0

Yahud vujudi gazga boy Misrga gaz sotishni kengaytirmoqchi

(Isroil) vazirlar kengashi tabiiy gaz eksportini oshirish maqsadida (Isroil)dan Misrga uzangan tabiiy gaz quvurlarini kengaytirish taklifini ma’qulladi. Bu haqida (Isroil) Energetika vazirligi tomonidan berilgan bayonotda ma’lum qilindi. Bayonotda aytilishicha, taxminan 65 kilometr uzunlikdagi yangi quvur yahud budjetiga katta tushum keltiradi. Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, mazkur taklif Misrga qarata yillik 6 milliard kub metr gaz yetkazib berish quvvatiga ega yangi quvur yotqizilishini ko‘zda tutadi va bu quvur (Isroil)dan Misrga tabiiy gaz eksport qilish uchun infratuzilma vazifasini o‘taydi.

Energetika vaziri Israel Katsning ta’kidlashicha, ushbu qaror (Isroil) va Misr o‘rtasida tabiiy gaz sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiyotni mustahkamlash hamda (Isroil) fuqarolarining farovonligini va mintaqaviy barqarorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Izoh: Misr davlati juda ko‘p yer osti boyliklariga, shu jumladan ulkan tabiiy gaz zaxirasiga ega davlatdir. O‘tgan yilning oxirlarida Misrning neft va mineral resurslar vaziri Toriq al-Molla energiya qo‘mitasining yig‘ilishida yangi kashfiyot sanalmish “Narges-1X”dagi gaz zahirasi yuzasidan bayonot bergan edi. Mollaning bildirishicha, Narges-1X gaz zahirasi, 2015-yilda Italiyaning “Eni” kompaniyasi Misr qirg‘oqlari yaqinidagi Zohr hududida topgan gaz zaxirasidan keyingi eng muhim kashfiyotdir. Taxminlarga ko‘ra unda 3,5 trillion kub fut gaz zaxirasi mavjud.

Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, Misr o‘z boyliklarini o‘zi xohlaganday tasarruf qilish huquqiga ega emas. Shuning uchun o‘zining qo‘lidagi beminnat gazdan foydalanish o‘rniga, yahud vujudidan qimmat narxga gaz sotib oladi.

Misr davlati o‘z yeridan qazib olingan neft va tabiiy gazni yaxudlarga o‘ta arzon narhda topshirishga majbur. Chunki 1979 yilda Amerika homiyligida Misr prezidenti Anvar Sadat bilan yahud vujudi boshlig‘i Menaxem Begin o‘rtasida imzolangan Kemp-Devid shartnomasi shuni taqozo qiladi. Ya’ni shartnomaning asosiy bandlaridan biriga ko‘ra, Misr davlati yahud vujudini arzon narxda neft va gaz bilan ta’minlashi shart. Mana shunday sharmandali shartnomalar sababli Misr o‘z gazini hatto tannarxidan ham past bahoda yahud vujudiga topshirib, yana qayta undan qimmat narxda gaz sotib olishga majburdir.

Bundan tashqari yer osti boyliklarini izlab topish va qazib chiqarish xorijiy shirkatlarga topshiriladi. Chunki neft qidirish va qazib chiqarish bilan shug‘ullanadigan barcha shirkatlar G‘arbga oiddir. Qazib olingan va xom ashyo sifatida sotilgan neftdan eng ko‘p foydani ana o‘sha shirkatlar olishadi. Neft chiqqan yurtlar uchun esa, qolgan-qutgani qoladi xolos. Lekin qazib olingan neftning ko‘pligi sababli daromad juda ko‘pga o‘xshab ko‘rinadi.

Islom Ummati boshqa ummatlar orasida o‘zining haqiqiy o‘rnini egallamas ekan, ulkan yer osti va usti boyliklariga ega bo‘lishiga qaramay, boshqalarning dasturxonidan qolgan ushoqlarni terib yeb yuraveradi. Islom Ummatining haqiqiy o‘rnini egallashi esa, mavjud rejimlarni qulatib, uniing o‘rniga bitta xalifa hukmronligi ostidagi bitta davlatda birlashtirish bilangina amalga oshadi. Bugungi jaholat, faqirlik, ishsizlik, qoloqlik va boshqalarga qaramlikdan chiqishning yagona yo‘li mana shudir, bundan boshqa yo‘l yo‘q.

Ana o‘shanda Rosululloh ﷺning

الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ

“Imom qalqondir uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, degan so‘zlari o‘z tasdig‘ini topadi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.