Shahidning oilasiga nisbatan tazyiqlar davom etmoqda

1868
1

images (171)Birodarimiz Omonov Hamidulloh Inatzinovich 1963 yil 5 aprel kuni Qirg’iziston respublikasining O’sh shahrida tug’ilgan, O’sh shahrining Mo’minov ko’chasi №68 uyda yashagan, Qirg’iziston respublikasi fuqarosi bo’lgan. Bu birodarimiz Hizb ut-Tahrirning fikr va g’oyalari bilan tanishgach, butun e’tibori, kuch va imkoniyatini mazkur fikrlarni omma ichida yoyish, odamlarni Islom hukmlari bilan hayot kechirishga chaqirishga bag’ishladi. Uning bu faoliyati Qirg’iziston va O’zbekiston kuch organlarini tinchini o’g’irlab qo’ydi. Birodarimiz Hamidullohning da’vat faoliyatiga chek qo’yish uchun bu ikki davlatning kuch organlari qanday qilib bo’lsa ham uni qamoqqa tashlash yo’lini izlay boshlashdi. Va nihoyat bu kuch organlari Hamidullohning da’vat yo’liga nuqta qo’yishni eng maqbul yo’li, uni Islom va musulmonlarga qarshi ayovsiz kurash olib borayotgan O’zbekiston qamog’iga tiqish degan qarorga kelishdi.

Shu maqsadda O’sh viloyati bo’yicha terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi 9-bo’limining o’sha paytdagi boshlig’i Murtazoev Jaxongir O’zbekiston respublikasi Xo’jaobod tumani Milliy xavfsizlik xizmati boshlig’i Qurbonov Tojimamat bilan hoyinona til biriktirib, 1999 yil noyabr oyida Hamidulloni O’sh shahridan kuppa-kundiz kuni o’g’irlab, “Do’stlik” chegara punkti orqali O’zbekistonga olib borishadi va uni Xo’jaobod tumanida mashinadan tushirib qoldirishadi. Mashinadan tushgan Hamidulloh besh-o’n qadam yurmay o’zbek militsiyasi tomonidan qayta qo’lga olinadi va mahalliy militsiya tayanch punktiga olib kelinib, cho’ntagiga Hizb ut-Tahrir varaqchalari, “Memorial” inson huquqlarini muhofaza qiluvchi tashkilot kitobchasi va 0,26 gr. geroin moddasi solib qo’yiladi. Keyinchalik Xo’jaobod tumani ichki ishlar bo’limida “xolis guvohlar” ishtirokida qayta tintuv o’tkaziligan vaqtda uning yonidan yuqorida nomlari zikr qilinan ta’qiqlangan adabiyotlar va geroin moddasi “topiladi”. Bu esa birodarimizni uzoq muddatga zolim zindoniga tashlash uchun etarli edi.

Shundan so’ng, 2000 yil 21 yanvar kuni bo’lib o’tgan Andijon viloyati Xo’jaobod sudi tomonidan birodarimiz Omonov Hamidulloh O’zR. JKning 145 modda 3- qismi, 156 modda. 2 p.”d”, 158 m. 3- q, 159 m. 4- q, 216 m., 242 m. 1- q, 244-1 3 p. “a”, 244-2 m. 1- q, 246 m. 2- q va 273 m. 5- qismi bilan aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.

Ammo, bu zolim rejim va uning yugurdaklari Omonov Hamidullohni uzoq muddatga qamab ham o’zlarining razil maqsadlariga eta olmaydilar. Chunki, birodarimiz qamoqda ham o’zining da’vat faoliyatini to’xtatmaydi va o’zining sabri, taqvosi va zolim oldida Haqni aytishdan qo’rqmasligi bilan qamoqxonadagi qolgan birodarlarmizga ham o’rnak bo’ladi va ularga quvvat bag’ishlaydi. Shu sababli 2007 yildan boshlab Omonov Hamidullohga “muassasa ma’muriyatining qonuniy talablariga bo’yinsunmaslik” ayblovlari bilan to’rt marta yangi jazo muddati qo’shib berishadi.

Qonxo’r hukumat jallodlari shuncha zulm va g’ayriinsoniy qiynoqlar ostida ham birodarimiz Omonov Hamidullohni o’z tanlagan yo’li va g’oyasidan qaytara olishmagach, uni jismonan yo’q qilish yo’liga o’tishadi. Oxir oqibat uzoq davom etgan shavqatsiz va sog’lom odamning hayoliga ham kelmaydigan qiynoqlar natijasida birodarimiz Omonov Hamidulloh 2013 yil 4 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Koson shahrida joylashgan Uya 64/51 qamoqxonasida – Alloh Taoloning izni bilan – shahidlik martabasiga erishadi. Qamoqxona ma’muriyati o’zlari sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida birodarimizni yurak huruji bilan vafot etganligi to’g’risida hujjat rasmiylashtirib, “qarindoshlari kelmadi” degan bahona bilan Koson shahridagi qabristoniga dafn etishadi. Birodarimiz Omonov Hamidulohning qarindoshlari uning vafot etganidan bir hafta o’tib, 2013 yil 11 aprel kuni qamoqxona ma’muriyatidan “u yurak huruji sababli vafot etganligi va Koson qabristoniga dafn etilgani” to’g’risida telegramma olishadi. Telegrammani olishgani zahoti birodarimizning ayoli, o’g’li va qayin ukasi O’zbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatiga qarab yo’l olishadi. Biroq, yo’lda qiyinchilik va sarson-sargardonlikka uchrab Koson shahriga etib borishganiga qaramay, birodarimizning muborak jasadini Qirg’izistonga olib kelishga muvaffaq bo’lishmaydi.

Birodarimizning dafn marosimi katta shov-shuvlarga sabab bo’lishidan qo’rqqan Qirg’iziston hukumati esa loaqal o’z fuqarosi bo’lgan bir mazlumning jasadini olib kelishga harakat qilayotgan yaqinlariga yordam berishga ham yaramadi. Chunki 2006 yil 7 avgust kuni Qirg’iziston va O’zbekiston kuch organlari hamkorligida o’tkazilgan maxsus amaliyot vaqtida otib o’ldirilgan va –Allohning izni bilan – shahidlik martabasiga erishgan Qorasuv shahar “As-Sarahsiy” masjidi imom hatibi Rofiq qori Kamolovning dafn marosimi oddiy xalq tomonidan qanday qabul qilinganini unutishganicha yo’q edi. Bu birdarimizning dafn marosimi ham huddi avvalgiga o’xshab ommaviy tus olib ketishidan rasimiy hukumat vakillari qo’rqishdi. Shunga qaramay birolarimizning g’oyibona janoza namoziga Qirg’izistonning turli hududlaridan minglab musulmonlar hozir bo’lishdi.

Otasining nohaqlarcha o’ldirilishi va o’z fuqarosini himoya qilish yoki hech bo’lmaganda jasadini olib kelib birishga yaramagan rasmiy hukumatni mas’uliyatsizligi uchun tanqid qilgan va bu jirkanch tuzumlarning asl basharasini turli OAVlari orqali butun olamga ochib tashlashga harakat qilgan marhum birodarimiz Omonov Hamidullohning qizi, 1994 yil 24 yanvarda tug’ilgan muslima singlimiz Omonova Zulfiyaga va oila a’zolariga nisbatan rasmiy hukumat tomonidan bo’layotgan tazyiqlar hozirga qadar davom etmoqda.

Muslima singlimiz Omonova Zulfiyaning qarorida qat’iy turishi, zolimning zulmi, malomatchining malomatidan qo’rqmay harakat qilishi Qirg’iziston rasmiy hukumatini xavotirga solib qo’ydi va bu singlimizni qo’rqitish va o’z haq-huquqlaridan voz kechishga majburlash uchun 2014 yil 31mart kuni Qirg’iziston davlat milliy xavfsizlik qo’mitasi (DMXQ) tomonidan qamoqqa olindi. Mana shu yo’l bilan Qirg’iziston kuch organlari o’z ojizligini va o’zbek hamkasblari kirdikorlarini yashirishga harakat qilmoqda. Agar marhum birodarimiz Omonov Hamidullohni O’zbekiston qamog’ida shahid bo’lganligini va singlimiz Omonova Zulfiya ham aynan O’zbekiston kuch organlariga nisbatan da’voni ilgari surganini e’tiborga oladigan bo’lsak, singlimiz Zulfiyani qamoqqa olishga o’zbek kuch organlari buyuritma bergan bo’lishi ehtimoldan yiroq emas.

Qirg’iziston hukumati ham so’nggi vaqtlarda Rossiya va boshqa yirik davlatlar talabi va tazyiqi ostida Islom va musulmonlarga qarshi kurashini avj oldirib bormoqda. Bu maqsadda rasmiy hukumat Mudofaa kengashi orqali turli xil Islom diniga qarshi qarorlarni tayyorlab, kuch organlari va ayrim din ulamolari orqali islomiy ko’rinishlarni jamiyat ichida tarqalishiga to’siq qo’yishga harakat qilmoqda. Prezident Atambaevning musulmonlar soqolini tanqid qilib aytgan bir og’iz so’zi O’sh, Qizilqiya shaharlari va Novqat tumanida musulmonlar soqoli militsiya xodimlari uchun pul undirish manbaiga aylanib qoldi.

Rasmiy hukumat faqat musulmon erkaklar va ularning soqoli bilan kurashga cheklanmay muslima opa-singillarimizga ham qarshi kurashini kuchaytirmoqda. O’tgan mart oyi davomida poytaxt Bishkek va Jalolobod shaharlarida Hizb ut-Tahrirga a’zolikda gumon qilingan o’nga yaqin muslima ayollar DMXQ tomonidan hibsga olindi va ayrimlariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi. Bu orqali rasmiy hukumat aholisining 82,7 foizini tashkil etuvchi musulmonlar bilan o’zining o’rtasidagi jarlikni yanada kengaytirmoqda.

Qirg’izistonda faoliyat qilayotgan Hizb ut-Tahrir a’zolari rasmiy hukumatni turli xil yirik davlatlar va mustabid rejimlar nog’orasiga o’ynashdan tiyilishga va o’zining musulmon aholisini xohish-istaklarini inobatga olishga chaqiramiz. Chunki hozirgi dunyodagi siyosiy holat o’tgan asrning oxirlaridagi holatdan va hozirgi musulmonlar ham 1990-2000 yillardagi musulmonlardan farq qilishini, ular Islomni o’z tuzumiga ega bo’lgan din ekanligini allaqachon anglab etganlarini eslatib o’tamiz.

Hozir dunyoda etakchilikni da’vo qilayotgan Amerika ham siyosiy va iqtisodiy inqirozlar girdobida to’lg’anmoqda. Demokratiya asoschisi bo’lgan Yevropa davlatlari ham o’zlari ihtiro qilgan tuzum inqirozga yuz tutganini tan olib turishibdi.

Bundan farqli ravishda shuncha zulm, qirg’in va ta’qiblarga qaramay Islom dini kundan-kunga kuchga to’lib bormoqda. Musulmonlar ham o’z Islomlari sari yirik qadamlar bilan olg’a intilishmoqda. Xalifalik davlatining quyoshi ufqdan bosh ko’tarib kelmoqda va Xalifalikni barpo bo’lishi vaqt masalasi bo’lib qoldi xolos. Buni hatto mustamlakachi davlatlarning o’zi ham tan olmoqda.

Alloh Taolo aytadi:

 “Ular Allohning nurini (ya’ni, Islomni) og’izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’lishadi. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlashmasa-da, faqat O’z nurini to’la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi. U (Alloh) O’z Rosulini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar xohlashmasa-da – barcha dinlarga g’olib qilish uchun yuborgan zotdir” [Tavba 32-33]

Abdurahmon Odilov

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi a’zosi

4 aprel 2014 yil

1 izoh

  1. bu mustamlaka davlatlar aholisini ko’p qismi musulmon bo’lishiga va islom dini bir tuzum bo’lishiga qaramay g’arb o’ylab topgan tuzum bilan boshqaryabdi bu esa taqlidchi ahmoqlikdur u tuzum yani demokratiya haqiqat  adolatliy tuzum bo’lsa ham maylikan ular faqat hozir moddiy kuch demokratiyada ekanligi etibori bilan ularga malaylik qilib oyliq olib oilasini boqishmoqda ertaga islom kelib kuch islomga o’tganda bularning holi ne bo’larkin alloh taolo tezroq islomga nusrat bersin bu zolimlarga o’zi kifoya qilsin mazlumlarga sabr va matonat bersin bu singlimizga ham nusrat bersin amin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.