Hasan Ruhoniyning Markaziy Osiyoga safari boshlandi

1718
1

IRNA axborot agentligining xabar qilishicha bugun Hasan , Ruhoniy Markaziy Osiyoga uzining rasmiy safarini boshladi. Unga Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammadjavod Zarif , siyosiy kotib yordamchisi Hamid Abutolib, prezident matbuot kotibi Muhammad Navohandiyon va prezidentning maxsus yordamchisi Husayn Faridun hamrohlik qiladi. Bundan tashqari mazkur safarda yul va shahar qurilishi vazirlari, qishloq hujaligi rahbarlari, sanoat, ma’dan , tijorat, ijtimoiy sohalari etakchilari , bilim va islomiy taraqqiyot rahbarlari, qul mehnati sanoati etakchilari ,Eronning markaziy Bonki rahbari va boshqalar ham ishtirok etishmoqda.

Hasan Ruhoniy dastlab Qazoqiston davlatiga tashrif buyurib u erda Qazoqiston Senat Majlisining raisi bilan muloqot utkazadi. Uchrashuv chog’ida ikki taraflama hamkorlikka oid ba’zi hujjatlarga imzo quyiladi Iqtisodiyot, sanoat va tadbirkorlik xususida hamkorlik qilishga kelishib olinadi. Ruhoniy undan sung Tojikistonning poytaxti Dushanbe shahriga kelib, u erda utkazilishi kutilgan Shanxay hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Majlisida ishtirok etadi.

Turkiston:

AQSh, xalqaro siyosatida, o’ziga tobe’ va tobe’ bo’lmagan davlatlarni xam manfaatlar ustida ishlata olishda tengi yo’q darajaga etdi. U “ipak yo’li” loixasini ilgari surib, unga Xitoyni manfaatlarini asos qilib, go’yoki uning uchun jonbozlik ko’rsatdi. Lekin maqsadi Xitoy bilan Rossiyaning o’rtasiga sovuqchilik solish edi. TAPI loixasini ilgari surdi. Maqsadi Rossiya bilan Xindiston o’rtalariga sovuqchilik solish bo’ldi. AQShning o’zi esa bu loixalar yurib ketgan taqdirda xam, faqat strotegik manfaatlarni ko’zlab keladi. Ya’ni Rossiyani Sharq tomon kengayish yo’llariga to’siqlar qo’yish maqsadini ko’zlagan.

Eronni Qozog’iston bilan iqtisodiy aloqalari va shu yo’nalishdagi Qozog’iston uchun ko’rsatib qo’yiladigan manfaatlar, unda YevroZYeSga nisbatan solishtirish va tanlash imkoniyatini paydo qiladi. Ikkinchi tomonidan Eron bilan Rossiya o’rtalaridagi jarlikni kengaytiradi.

1 izoh

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.