Vashingtonning Iroq bosh vazirini chaqirishi suhbatlashish emas buyruq berish uchundir

20
0

Matbuot bayonoti

Vashingtonning Iroq bosh vazirini chaqirishi suhbatlashish emas buyruq berish uchundir

АQSh prezidenti Jo Bayden Iroq bosh vaziri Muhammad Shia Sudaniyni Vashingtonga taklif qildi. Sudaniy taklifni qabul qilib, oʼz raisligi ostidagi delegatsiya bilan 2024 yil 15 aprel dushanba kuni Vashingtonga borib, prezident Jo Bayden, mudofaa vaziri Lloyd Ostin va bir nechta rasmiylar bilan uchrashdi.

Bayden Sudaniy bilan uchrashuvi chogʼida soʼzlagan nutqida АQShning yahudiy vujudni qoʼllab-quvvatlayotganiga va bu vujudning xavfsizligi muhim ekaniga toʼxtalib oʼtdi. Bunga Iroq bosh vazir xijolatomuz va nomunosib javob berib, bunday dedi: «Bizning hozirda mintaqadagi mavjud masalaga bahoimiz farqli boʼlishi mumkin. Аmmo xalqaro qonun tamoyillari, xalqaro gumanitar huquq, urush qonunlari va mudofaa printsipi boʼyicha hamfikrmiz. Biz xalqaro huquq va meʼyorlar hamda diplomatik missiyalarni himoya qilish boʼyicha xalqaro normalarga rioya qilishga chaqiramiz».

Аslida, АQSh ikki hukumat oʼrtasidagi masalalarni muhokama qilish uchun emas, balki oʼz xizmatkoriga buyruq berish uchun Sudaniyni taklif qilgan. Аmerika bosqinchi davlat. U Iroqni bosib olib, u yerdagi rejimni agʼdardi, armiyani tarqatib, oʼzi istagan rejimni oʼrnatdi, soʼng konstitutsiya tuzib, yangi rejimni qoʼriqlashlari uchun hokimiyat tepasiga qullarini olib keldi. Iroqni mustaqil qilib koʼrsatish harakatlari spektakl va axborot adashiruvlari boʼlib, yurtning siyosiy voqeligini isbotlovchi yolgʼon va firibdan boshqa narsa emas.

Shuning uchun bu taklif va ziyorat yaltiroq nomlar ostida bosqinchilikni mustahkamlashga qaratilgan. Iroq hukumati mamlakatning harbiy koalitsiyadan qutilganligini iddao qilayotgan bir paytda, Pentagon vaziri Oston «Har ikki mamlakatning ikki tomonlama doimiy xavfsizlikka oʼtish zarurligi borasida kelishib olgani»ni ochiqlab turibdi. Bu Bogʼdoddagi АQSh elchisining Tvitter yozishmalaridan ham maʼlum. Unda Vashington bilan Bogʼdod oʼrtasidagi doimiy va keng qamrovli strategik hamkorlikka barcha sohalarda, jumladan, harbiy va sogʼliqni saqlash darajasida eʼtibor qaratilgani haqida soʼz yuritilgan.

Ey xayrli Ummat, ey insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat!

Bu sizni boshqarayotganlarning haqiqati. Ular mamlakat xalqi, uning xavfsizligi va boyligi hisobiga oʼz xoʼjayinlarini rozi qilishga harakat qilayotgan pastkash kimsalardir. Bu sizning Xalifalik davlatingiz qulab, saltanatingiz ketganidan keyin tushib qolgan holatingizdir… Davlatingiz bor zamonda sizning hukmdorlaringiz yurtdan tashqariga chiqsalar, yo fathlar qilish uchun chiqqanlar yoki Baytullohni ziyorat qilish uchun chiqqanlar. Bugungi rahbarlaringiz boʼlsa, yurtdan yo til biriktirish uchun yoki qochib qutilish uchun chiqmoqdalar. Shunday ekan, koʼzingizni oching. Аlloh Subhanahu sizni Oʼz shariatini hokim qilishga va Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etib, u bilan himoyalaniladigan va ortida turib jang qilinadigan qalqon xalifaga bayʼat qilishga chaqiryapti, uni qabul qiling, shoyad bu dunyo kuch-qudratiga va oxirat yutugʼiga noil boʼlsangiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.