Yevropa Ittifoqi “oziq-ovqat inqirozi” haqida ogohlantirdi

145
0

Yevropa Ittifoqi “oziq-ovqat inqirozi” haqida ogohlantirdi

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar boʼyicha vakili Jozep Borrel Rossiya Qora dengiz don tashabbusi kelishuvidan chiqqanidan soʼng Ukraina portlarini bombardimon qilib, katta miqdorda don mahsulotini yoqib yuborganligi maʼlum qildi. Rossiyaning harakatlarini “varvarlik” deb taʼriflagan Borrell, “Rossiyaning bu harakati dunyoda katta oziq-ovqat inqiroziga sabab boʼladi” dedi.
Borrelning taʼkidlashicha, Moskva nafaqat gʼalla kelishuvdan chiqqan, balki don mahsulotlari saqlanadigan Odessa portini ketma-ket uch kun bombardimon qilgan. Buning natijasida 60 ming tonna don mahsuloti kuyib kul boʼlgan. Borrell oxirgi bir necha kun ichida rus qoʼshini Ukrainaning Odessa portidagi infratuzilmani bombalaganini bildirar ekan, “Rossiya faqat gʼalla kelishuvidan chiqqani yoʼq, ayni paytda gʼallani ham yoqib yubormoqda” dedi.
BMT Bosh kotibi Аntoniu Guterrishga koʼra, ushbu hujumlar Ukrainadan tashqarida ham oʼz taʼsirini oʼtkazgan. “Biz bu hujumlarning global bugʼdoy va makkajoʼxori narxlariga taʼsirini allaqachon koʼrib turibmiz”, dedi u. Yevropa bozorlarida bugʼdoy narxi oʼtgan kunga nisbatan 8,2 foizga oshgan boʼlsa, makkajoʼxori narxi ham bir kunda 5,4 foizga oshgan.

Izoh: Bugʼdoy va makkajoʼxori yetishtirish boʼyicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri boʼlgan Ukrainaning don mahsulotlarini eksport qilish uchun oʼtgan yili Turkiyaning Istanbul shahrida yigʼilish boʼlib oʼtgan edi. Yigʼilishda tuzilgan bitimda Ukraina don mahsulotlari uchun karidor tashkil qilinib, qariyib 30 million tonna mahsulot dunyoning turli oʼlkalariga yuborildi. Bitimda karidor tashkil qilinishidan koʼzlangan maqsad, ushbu don mahsulotlarining Аfrika davlatlari kabi faqir davlatlarga yuborilishi va bu bilan oziq-ovqat inqirozining oldi olinishi aytilgan boʼlsada, biroq bugʼdoyning katta qismi ochkoʼz Yevropaga tashib ketilgani maʼlum boʼldi. Don mahsulotlarining faqat 2,5 foizi Аfrikaga yuborilgan xolos. Bugunga kelib, Rossiya oʼzining baʼzi talablari bajarilmayotganligi sababli bitimni buzib, karidorni toʼsib qoʼyganligi uchun Ukraina don mahsulotining katta qismini yamlamay yutib yubogan Yevropa “och qolamiz”, deya dod solmoqda.
Toʼgʼri, oziq-ovqat insonning asosiy ehtiyojlaridan biri boʼlib, undan hech kim behojat boʼlolmaydi. Oʼz oziq-ovqatiga ega boʼlgan davlat oʼz xohish irodasiga va qaroriga ham ega boʼladi. Shuning uchun davlat oʼz aholisini oziq-ovqat bilan toʼla taʼminlashiga xavfsizlik turlaridan biri sifatida qaraladi. Chunki davlatda oziq-ovqat yetishmovchligi vujudga kelishi u davlatning bu borada boshqa davlatga qaram boʼlishiga, yaʼni mustamlakachi davlatlarga boʼyin egishiga sabab boʼladi. Bu esa, siyosiy qaramlik boʼlib, oʼsha davlatni oʼz irodasi va kuchidan ayiradi.
Bugungi kunda dunyodagi gʼalla zaxiralarini egallab turgan davlatlar boshqa davlatlarni oʼz siyosatiga boʼysundirish uchun oziq-ovqat siyosatidan mohirlik bilan foydalanmoqda. Oʼtgan asrning saksoninchi yillaridan buyon “Oziq-ovqat inqirozi”, “oziq-ovqat xavfsizligi”, “oziq-ovqat siyosati”, “oziq-ovqat milliarderlari” kabi terminlar koʼp isteʼmol qilinadigan boʼlib qoldi.
Gohida mustamlakachi davlatlar boshqa davlatlarni oʼzlariga boʼysundirish uchun atayin oziq-ovqat muammosini keltirib chiqaradi. Buning uchun tonnalab isteʼmolga yaroqli oziq-ovqatlar axlatxonalarga toʼkiladi. Sudan yerlari kabi oziq-ovqat yetishtirish uchun qulay boʼlgan unumdor yerlari turli bahonalar bilan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishdan toʼsib qoʼyiladi. Bu ham kapitalistik nizomning oʼyinlaridan boʼlib, bu nizom olam uzra hukmron boʼlib turar ekan, oziq-ovqat muammosi hal boʼlishi u yoqda tursin, bu borada yangi-yangi muammolar tugʼilishda davom etaveradi.
Islom nuqtai nazardan olib qaralganda, agar kapitalistik davlatlarning ochkoʼzligi boʼlmasa, olamda oziq-ovqat inqirozi yuz berishi mumkin emas. Chunki Аlloh Taolo oʼzining aziz kitobida hayotni oziq-ovqat bilan taʼminlab qoʼyganini bayon qilgan. Аlloh Taolo aytadi:
الْعَالَمِينَ  وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ مِنْ فَوْقِهَا وَبَارَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَا أَقْوَاتَهَا فِي أَرْبَعَةِ أَيَّامٍ سَوَاءً لِلسَّائِلِينَ
«U zot (Erning) ustida togʼlarni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda oʼsha (er) da uning yemishlarini (yaʼni yer ahlining rizqu roʼzlarini) toʼla toʼrt kunda belgilab-taqsimladi. (Bu tafsilot) soʼraguvchilar uchundir» [Fussilat 10]
Demak, aytish mumkinki, dunyoda oziq-ovqat yetarli darajada mavjuddir. Аgar odilona taqsimot mavjud boʼlsa, oziq-ovqat inqirozi degan narsaning oʼzi boʼlmaydi. Biroq “odilona taqsimot” kapitalizmning lugʼatida mavjud emas. Qachonki, Xalifalik davlati tiklanib, uning soyasida Islom iqtisod nizomi tatbiq etilsagina bunday muammolardan asar ham qolmaydi. Chunki Аllohning Shariati tatbiq boʼlgan joyda hech bir sohada inqiroz yuz berishiga imkon qoldirmaydi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.