Qirg‘iziston va Rossiya harbiy hamkorlikni mustahkamlaydi

89
0

Qirg‘iziston va Rossiya harbiy hamkorlikni mustahkamlaydi

  Xabar: Qirg‘iziston va Rossiya “harbiy va harbiy texnik”, jumladan, Qirg‘iziston hududidagi Rossiyaning harbiy bazasi doirasida “hamkorlikni kengaytirish” ishi davom ettirilishini bildirishdi. Bu haqda ikki davlatning prezidentlari Sadir Japarov bilan Vladimir Putinning uchrashuvi natijasi bo‘yicha birgalikdagi bayonotda aytildi.

 “Qirg‘iziston suverenitetini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash, xalqaro terroristik tashkilotlarning ehtimoliy qurolli hujum aktlariga qarshi turish kerakligini ta’kidlash bilan birga davlat rahbarlari Qirg‘iziston qurolli kuchlarini mustahkamlash va uning hududidagi rus harbiy obyektlarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratishadi”, – deyiladi bildiruvda.

 Izoh: Shu yilning aprelida Rossiya kutilmaganda o‘zining Qirg‘iziston va Tojikistondagi harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligini oshirishga qaror qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 28-aprel kuni Nyu-Dehlida SHHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida bu qarorni: “AQSH va uning ittifoqchilari terrorizmga qarshi kurashda yordam berish bahonasida Markaziy Osiyoda o‘z harbiy mavjudligini tiklashga harakat qilmoqda. Biz mintaqa davlatlariga harbiy infratuzilmani joylashtirish bo‘yicha so‘rovlarni SHHT makonida barqarorlikka bevosita tahdid sifatida baholaymiz”, deya izohladi.

 Avvalroq, 15-aprelda Qirg‘iziston va Rossiya qo‘shma mintaqaviy havo mudofaasi tizimini tashkil etish to‘g‘risida xabar tarqaldi. Rossiya hukumati saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, yagona havo mudofaasi tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv tasdiqlash uchun prezident Vladimir Putinga taqdim etilgan. Qirg‘iziston va Rossiya birgalikda havo mudofaa tizimini yaratish haqidagi kelishuvni 2022 yil 16 avgustda imzolagan edi. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti tegishli tuzilmalarga Qirg‘iziston tomoni bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha topshiriq bergan. Kelishuv kuchga kirsa, uning muddati davomida Qirg‘iziston Rossiyaga havo mudofaasi tizimiga ajratilgan qo‘shinlarini joylashtirish uchun 5 gektar yer uchastkasini tekinga berishi ma’lum bo‘ldi.

 2021-yilda ayni shunday kelishuv Tojikiston tomonidan ratifikatsiya qilingan edi.

 Rossiya mintaqada siyosiy jihatdan AQSHga imkoniyatni boy berib borayotgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan Xitoy rus o‘rnini egallab bormoqda. Shu sababli Rossiya mintaqani o‘zining harbiy himoyasiga muxtoj holatga olib kelishga harakat qiladi. Buning uchun eng ishonchli usul “ekstremizm va terrorizm”ga qarshu kurash va afg‘on vahimasini yanada bo‘rttirib ko‘rsatishdan iborat. Putin rejimi mintaqada harbiy ishtirokini kuchaytirish uchun sun’iy xavflar yoki atayin beqarorlik keltirib chiqarish yo‘lida turli provokatsiya va teraktlar uyushtirishi ham mumkin. Shu sababli biz musulmonlar bu kabi fitnalardan ogoh bo‘lishimiz, xalqaro va mintaqaviy siyosiy vaziyatlardan voqif bo‘lib, mustamlakachi kofirlarning ustimizdan o‘yin qilishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur.

  Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.