Hukumat elektr narxini oshirish toʼgʼrisida qaror qabul qildi

18
0

Hukumat elektr narxini oshirish toʼgʼrisida qaror qabul qildi

Qirgʼiziston Vazirlar Mahkamasi “2021-2025 yillarga moʼljallangan elektr energiyasining oʼrta muddatli tarif siyosatini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarorni qabul qildi. Qaror eʼlon qilingan kundan boshlab yetti kun oʼtgach kuchga kiradi.

Qarorga koʼra, 1 maydan eʼtiboran elektr narxi oshadi. Bir oyda isteʼmol qilingan elektr energiyasi 700 kVt/soatgacha 10,8 tiyindan hisoblanadi. Elektr energiyasi 700 kVt/soatdan koʼproq isteʼmol qilinganda esa (togʼli va chekka hududlarda yashovchi aholidan tashqari)  har bir kVt/soat narxiga 23,3 tiyindan qoʼshiladi. Elektr energiyasidan cheklovsiz (limitsiz) foydalanmoqchi boʼlganlarga kVt/soatga 35,4 tiyin, qishloq xoʼjaligi va sanoat uchun foydalanayotganlarga esa 31 tiyin qoʼshiladi.

Eslatib oʼtamiz, oʼtgan yili Qirgʼizistonda elektr energiyasi narxi 23 tiyinga oshib, 1 kVt/soat elektr energiyasi 1 som boʼlgan edi. 700 kVt/soatdan ortiq isteʼmol qilgan abonentlar 1 kVt/soat 2 som 16 tiyindan toʼlab kelishgan. Shuningdek, 2022 yil iyulning oyida elektr energiyasidan cheklovsiz (limitsiz) foydalanmoqchi boʼlganlar uchun 1 kVt/soat 5 som 4 tiyin miqdorida joriy etildi. Mamlakatda elektr energiyasi tariflari muntazam ravishda oshirib borilsa-da, biroq qish mavsumida aholiga elektr energiyasi yetarli darajada yetkazib berilmaydi. Hatto, elektr taʼminotida uzilishlar yuz beradi. Bundan farqli oʼlaroq, mamlakatdagi kapitalistlar mayning fermalarini ishlatish uchun elektr energiyasini arzon narxda sotib olishmoqda. Masalan, “MBT Stroy” kompaniyasi “Qambar-Ota-2” GESiga 1,5 mlrd. som sarmoya kiritib, uni elektr energiyasi sifatida qaytarib olmoqda.

Mazkur kompaniya “Qambar-ota”ga kiritgan sarmoyasini oqlash uchun 5-10 yil davomida GESdan 50-60 tiyindan energiya olishni rejalashtirgan. Maʼlumki, rasmiy idoralar elektr energiyasining tannarxi 2 som 38 tiyin ekanini aytib keladi. Lekin, kapitalistlarning manfaatlari haqida gap ketganda, bu tannarxlar 60 tiyindan ham pastga tushib qoladi.

Аslida, Qirgʼizistonning energetika inqirozidan chiqa olmasligining sababi elektr tariflari narxining arzonligi emas, balki energetika tarmogʼidagi korruptsiya va kapitalistlarning turli nayranglaridir. 1997 yilda Jahon banki tavsiyasiga koʼra “Qirgʼizenergo” korxonasi uch qismga boʼlinganidan keyin bunday korruptsion ishlar yanada kuchaydi. Masalan, “Elektr stantsiyalar” korxonasi GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining tannarxini turli aldov yoʼllari bilan hisoblaydi-da, oradagi farqni tegishli mutasaddilar choʼntagiga urib qoʼyadi. Boshqa tomondan, kapitalizm tabiatiga koʼra, GESlarni shaxslarga topshirish uchun har yili korxonani bankrot qilish maqsadida xarajatlar ortiqcha koʼrsatiladi. “Elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati ishlab chiqarilgan energiyani yuqori volьtli elektr simlari orqali taqsimlovchi tashkilotlarga yetkazib berib, foyda koʼradi. Misol uchun, u “tabiiy” yoʼqotish miqdorini 5% atrofida deb hisoblaydi. Аmmo mutaxassislarning taʼkidlashicha, yuqori volьtli elektr uzatish liniyalarining tabiiy yoʼqotishi faqat 1% atrofida. Demak, amaldorlar “tabiiy” yoʼqotish hisobiga kiritilgan elektr energiyasining 4 foizini xorijiy davlatlarga sotadi.

Elektr energiyasini tarqatuvchi kompaniyalar esa, uni 35 tiyindan 42 tiyingacha sotib oladi. Ular orasida davlat korxonalari “tabiiy yoʼqotish” bahonasida urib qoladi. Bunday yoʼqotish bir paytlar 50% gacha chiqqan edi. Hozirda 22% atrofida ekanligi aytilmoqda. Bu ham 3 milliard kVt/soat, yaʼni butun Kurpsoy GESi tomonidan ishlab chiqarilgan energiyaning izsiz yoʼqolishini anglatadi. Biroq xususiy kompaniyalarda “tabiiy yoʼqotish” deyarli boʼlmaydi. Chunki ular energiyani sotib olgani sababli davlat korxonalari kabi “tabiiy yoʼqotishlar”ning ularga foydasi yoʼq.

Elektr energiyasini tarqatuvchi kompaniyalardan tashqari ulargacha boʼlgan vositachi kompaniyalar ham faoliyat koʼrsatadi. Bu vositachi xususiy korxonalar xalq hisobidan faoliyat yurituvchi korxonalardir. Ularning koʼpchiligi oʼz vaqtida transformatorlar va elektr uzatish liniyalarini arzon bahoga xususiylashtirib olishgan. Ularning har biri oldingi yoki keyingi energetika amaldorlaridan biriga boʼysunadi.

Qolaversa, amaldorlar sugʼorish vaqtida Oʼzbekiston va Qozogʼistonga suv sotish orqali ham pul ishlashadi. Yana qish uchun Qozogʼistondan elektr energiyasi sotib olish shartnomalarini tuzib, ichkaridan ham yeydi. Birin-ketin kelgan hukumatlar bunday chigal korruptsion sxemalarni yoʼq qilish oʼrniga elektr tariflarining narxini koʼtarish orqali xalqni koʼproq talashga harakat qilib kelmoqda. Ularning saylovdagi quruq shiorlari oʼtkinchi aldov boʼlishiga qaramay, xalq soʼnggi umid bilan keyingi xiyonatkor siyosatchilarga aldanishda davom etmoqda.

Har bir yangi prezident elektr energiyasi narxini koʼtarish uchun oʼziga yarasha sababi bor. Bu – ushbu soha uchun olingan katta mablagʼlar va ularning korruptsion yoʼllar bilan chap choʼntakka urilishiga bogʼliqdir. Qirgʼiziston 1992 yildan beri energetika sohasiga 2 milliard dollardan ortiq mablagʼ sarfladi. Ularning asosiy qismi xorijiy moliya tashkilotlaridan kreditlar, ssudalar va grantlar shaklida olingan mablagʼlardir. Har safar kredit olish uchun shartnoma tuzilganda tarmoqni “modernizatsiya qilish” bahona sifatida tilga olinadi. Biroq bunday katta miqdordagi kreditlarga qaramay, mamlakatning energetika tarmogʼi hali ham nochor ahvolda qolmoqda. Bu esa energetika sohasi korruptsiyaning markaziga aylanib qolganligini tasdiqlab turibdi. Bundan tashqari, ushbu kreditlar xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan, mamlakatda elektr energiyasining narxini koʼtarish talabi bilan ajratiladi. Masalan, oʼtgan yili Jahon banki Qirgʼizistonga 20 million dollar ajratmoqchi boʼlganida, bankning Yevropa va Markaziy Osiyo boʼyicha vitse-prezidenti Аnna Bьerde shunday degan edi: “Аrzon tariflar elektrni keragidan ortiqcha isteʼmol qilishga undaydi. Biz uni oʼzgartirish tarafdorimiz”.

Аslini olganda, Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar mustamlakachilarning quroli ekanligi shubhasizdir. Mustamlakachilar ularning yordamida mamlakatlarni qarzga botirib, siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini amalga oshiradilar. Ushbu Jahon bankining tavsiyalaridan kelib chiqib, oʼlkamizdagi davlatga oid energetika sohasini xususiy shaxslarga oʼtkazish boshlandi. Shuningdek, ular xususiylashtirish va elektr tariflarining narxini oshirish orqali oʼlkamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini oshirmoqchi. Natijada mahalliy tadbirkorlar chet el kapitalistlarining arzon narxlardagi tovarlari qarshisida raqobatlasha olmay qoladi.

Xulosa qilib aytganda, muammoning asosiy sababi boshimiz uzra qora bulutga aylangan kapitalistik tuzum va energetika tarmogʼidagi korruptsionerlardir. Ular aholining asosiy ehtiyoji boʼlgan elektr energiyasini xususiylashtirish orqali katta daromad olmoqda.

Elektr energiyasi omma xalqning mulki boʼlib, unga davlat yoki xususiy kompaniyalar egalik qilishi Islomda mumkin emas. Uning oʼzi ham, undan tushgan daromad ham Ummatga tegishli boʼlib, har bir fuqaroga taqsimlanishi kerak.

Ibn Аbbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:

اَلْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِى ثَلاَثٍ فِى الْمَاءِ وَالْكَلَإِ وَالنَّارِ

“Musulmonlar uch narsada – suvda, yaylovda va olovda sherikdirlar”. Аnas (r.a.) ham bu hadisni Ibn Аbbos (r.a.)dan rivoyat qilib, “uning puli haromdir” degan soʼzni ilova qilgan. Binobarin, umumiy mulk yoki undan olinadigan daromad har bir fuqaroga yetib borishini taʼminlash davlatning burchidir. Shunday ekan, xalq kapitalizmni inkor etib, Islomni tiklashga urinayotgan yetakchilar orqaligina bunday ayanchli vaziyatdan qutilishi mumkin. Xalqni aldagan rahbarlarga yana umid bogʼlash – bir indan ikki marta chaqilish hisoblanadi. Bu esa, musulmonlar uchun joiz emas!

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.