AQSH markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni yahudiy harbiy qo‘mondonlari bilan beshinchi marta uchrashdi

81
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQSH markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni yahudiy harbiy qo‘mondonlari bilan beshinchi marta uchrashdi

AQSH markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni general Maykl Kurilla yahudiy vujudining harbiy qo‘mondonlari bilan uchrashish uchun 2023 yil 26 aprel oqshomida ishg‘ol ostidagi Falastinga keldi. Yahudiy armiyasining tvitterdagi sahifasida «general Kurillaning (Isroil)ga bosh shtab boshlig‘i general-mayor Xersi Xa-Levining taklifi bilan kelganligi, 27 aprel kuni (Isroil) armiyasi bazalarini aylanib chiqishi va yuqori lavozimli AQSH rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi» aytildi. Kurillaning safar muddati belgilanmagan. Uning yahudiy vujudiga qilgan safari 2022 yil aprelda o‘z lavozimiga tayinlanganidan beri bir yil ichida beshinchi marta bo‘lishi. So‘nggi safari o‘tgan yili noyabr oyida bo‘lgan edi.

Roya:

Amerika Islom Ummatining uyg‘onishi, birlashishi va Xalifalikni barpo etishini oldini olish uchun unga qarshi qaratilgan o‘zining kurashida yahudiy vujudini mintaqadagi ilg‘or tayanch bazasi, deb biladi. Shuning uchun Ummatni yahudiy vujudi bilan ovora qilib, bu vujudni mintaqada olabo‘ji qilib ko‘rsatmoqda hamda uni u yoki bu hujumlarni uyushtirishiga ruxsat bermoqda. Biroq, shu bilan birga, Amerika yahudiy vujudiga o‘z hududidan tashqariga chiqishiga ruxsat bermaydi. Misol uchun 1982 yil uni Livanga kiritdi, so‘ng u yerdan chiqarib yubordi. Chunki uning o‘z nufuziga ega bo‘lgan holda mintaqani bir o‘zi nazorat qilishini istamaydi. Aksincha, Amerikaning orqasidan yurib, uning buyrug‘i bilan harakat qilishini istaydi. Hozir, Amerika Xitoy masalasi hamda Rossiya-Ukraina urushi bilan band bo‘lgani uchun yahudiylarning Eronga hujum qilishlariga ruxsat bermayapti.

Roya gazetasining 2023 yil 3 may chorshanba kungi 441-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.