Muslim: Rossiya Suriyani Xalifalik davlatining bir qismiga aylanib qolishdan qutqardi

407
0

Muslim: Rossiya Suriyani Xalifalik davlatining bir qismiga aylanib qolishdan qutqardi

Suriya demokratik ittifoqi partiyasining (PYD) rahbari Solih Muslim Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlarini olqishlab chiqdi. Muslimning taʼkidlashicha, Rossiyaning bu amaliyotlari mintaqani Xalifalik davlatining bir qismiga aylanib qolishidan saqlab qolmoqda.

Rossiya harbiylari tarafidan 2015 yil 30 Sentabrda boshlangan “terrorga qarshi kurash” amaliyotlarining bir yilligi munosabati oldidan rus qoʻshinlarining faoliyatiga yuqori baho bergan PYD rahbari Solih Muslim Rossiya bu amaliyotlari bilan Moskvaning xalqaro arenadadagi oʻrnini mustahkamlab borayotganiga urgʻu berdi. Muslimga koʻra, Rossiya Suriyadagi harbiy harakati bilan yagona qutbli tartibga chek qoʻygan.

Shuningdek, Muslim Rossiyaning bu amaliyotlari sababli Vashingtonning terrorchilarga boʻlgan koʻz qarashi oʻzgarganligini ham aytib oʻtar ekan, Amerika Qoʻshma Shtatlari ham ayrim terror tashkilotlar bilan turli shaklda yaqinlasha boshlaganligiga eʼtibor qaratdi.

Muslim soʻzi davomida PYD oʻzining siyosatini oʻzgartirayotganiga ishora qilib, Moskva shaʼniga maqtovlar yogʻdirdi. PYD rahbarining bu harakati Rossiya bilan yaqin musobatlar oʻrnatishga urinish sifatida baholanmoqda.

Ayni paytda Rossiya va Asad kuchlari Suriya aholisiga nisbatan hujumlarini kuchaytirdi. Oxirgi bir hafta ichida kamida ming fuqaro halok boʻldi. Hujumda tinch aholiga qarshi vakm bombalar qoʻllanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.