Tojikiston: Terrorizmning zavoli yoxud muvaqqat sukunat?

576
0

Tojikiston: Terrorizmning zavoli yoxud muvaqqat sukunat?

Ayni paytda Tojikistonning Dushanbe shahrida ikki nafar musulmonga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilib, sud jarayoni ketmoqda. Tergovchilarning xulosasiga koʻra, bu ikki shaxs ichki ishlar boʻlimiga, aynan majlis vaqtida hamla qilib, militsiya xodimlarini oʻldirmoqchi boʻlgan.

Shu kabi  hodisalar Tojikistonda shunchaki oddiy ish qatori qabul qilinadi. Zero oxirgi oʻn yillar davomida Tojik hukumati terrorizm va ekstremizmga qarshi ish olib borish bahonasida yuzlagan begunoh musulmonlarni turli tuhmat ayblovlar bilan qamoqqa oldi. Masjidlar sonini kamaytirib, ularning aksariyatini uyin kulgi, goʻzallik saloni va sport zaliga aylantirdi.

Ayniqsa, 2018 yilda (maxsus kuchlar yordamida) sodir boʻlgan turistlarga qarshi suiqasd hodisasidan buyon bu kurash yanada jiddiy tus oldi. Kun sayin musulmonlar jinoiy javobgarlikga tortilmoqda.

Endilikda terrorizm xatari ustidan gʻalaba haqida bong urmoqda. Oliy prokuratura rahbari Yusuf Rahmon Milliy majlisda nutq soʻzlab, mamlakat ichki ishlari xususida maʼlumot berdi.

“Keng koʻlamli targʻibot va tashviqot ishlari natijasida, ekstremistik va terroristik oqimlar hajmi sezilarli darajada kamaygan. Hatto 2017 yilga nisbatan 29% ga ozaydi. Bu biz uchun ulkan yutuq hisoblanadi”- dedi Yusuf Rahmon.

 Din ishlari boʻyicha mutaxassis Rustam Aziziy ham oʻz fikrini bildirib shunday dedi: – “Modomiki shu kabi  mafkura va ideologiyalar zehnlarda mavjud ekan, demak tahdidlar va xavf xatarlar ham mavjuddir. Terroristik aqidalarga asoslangan guruhlarning  qayta-qayta bosh koʻtarishi xech gap emas. Shu nuqtai nazardan, biz ish uslubini oʻzgartirishimiz shart, yaʼni zehnlarga taʼsir qila oladigan uslublarni oʻylab topib ishga solish lozim”.

 Islom dini kelib Oʻrta Osiyo xalqi eʼtiqod qilgan otashparastlik diniga barham berildi. Uning oʻrniga insonlar zehnida pokiza, Yaratuvchi rozi boʻlgan muqaddas eʼtiqod joriy etildi.  Oʻn asrdan  ortiq muddat mobaynida  musulmonlar zehniga oʻrnashib olgan  aqidani birgina targʻibot ishlari, zulmu zoʻravonlik bilan bartaraf qilishni imkoni bormikan?! Hatto xudosizlikni tiqishtirgan Shoʻro davrida ham insonlar yashirincha Parvardigoriga ibodatda boʻldi, nikohsiz oila qurmadi, bismilloh tillardan ketmadi. Shuncha oʻrnashib olgan sof iymonni aynan ilmoniy sistema yugurdaklari yoʻqqa chiqarmoqchi. Shu maqsadda milliy urfu anʼanalar, ajdodlar dinini hurmati bahonasi bilan, Tojik hukumati omma ichida jaddal suratda zardushtiya diniga tarshviqot ishini olib bormoqda. “Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi”-  degan mazmunda masal bor. Islom dini Paygʻambarimiz (s.a.v.) olib kelgan va bobolarimiz, momolarimizdan asrab avaylab qoldirilgan buyuk meros hisoblanadi. Islom masalasi hayot mamot masalasi demakdir.  Din dushmanlari garchi ming hiyla  ishlatib, turli uslublar oʻylab topmasin, fitratimizdan joy olgan eʼtiqodni yoʻq qila olmaydi. Agar Alloh himoya qilsa, ilmoniy sistema diniy maʼrifatimizga zarar yetkaza olmaydi. Faqatgina Alloh roziligi uchun  aqidamizda sobit tursak kifoya. Alloh biz bilan!

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.