Sudandagi qoʻzgʻolonchi yoshlar davlat toʻntarishini amalga oshirgan harbiylardan koʻra ancha onglidirlar

663
0

Sudandagi qoʻzgʻolonchi yoshlar davlat toʻntarishini amalga oshirgan harbiylardan koʻra ancha onglidirlar

Ibrohim Usmon Abu Xalil Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notigʻi

Sudan qoʻzgʻolonchilarining qariyb toʻrt oydan beri davom etib kelayotgan harakatlari 2019 yil 6 aprel shanba kuni qurolli kuchlar bosh qoʻmondonligi oldida boshlangan namoyish bilan yanada avj oldi. Zero, bu kun (6 aprel) Sudan ahli uchun alohida ramziy kun hisoblanadi. Chunki 1985 yili aynan shu kunda yuz bergan qoʻzgʻolon Jaʼfar Namiriy rejimini tag-tugi bilan agʻdarib tashlagan edi. Bugungi rejim esa, qoʻzgʻolonchilarning bu qadar koʻpligidan esankirab qoldi… Uning xavfsizlik xizmati qoʻzgʻolonchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻlladi, hatto jangovar oʻq otib ularni bostirmoqchi ham boʻldi, biroq qoʻzgʻolonchilar sobit turib, Bashir hukumatini ojiz ahvolga solib qoʻyishdi. Ana shunda haqiqiy hukmdorlardan (yaʼni amerikaliklardan) tezkor yechim kelishi kerak boʻlib qoldi. Natijada, 2019 yil 11 aprelda harbiy toʻntarish amalga oshirilgani eʼlon qilindi. Toʻntarish Mudofaa vaziri general-leytenant Avaz ibn Afv yetakchiligida amalga oshirildi. Nega aynan Mudofaa vaziri Avf tomonidan toʻntarish eʼlon qilinganiga kelsak, amerikalik hukmdorlar biladilarki, qoʻzgʻolonchilar oʻzlari ustidan qilingan har qanday toʻntarishni rad etadilar. Shuning uchun “Sudandagi boshqaruv tizgini aslida harbiy kengash raisi general-leytenant Abdulfattoh Burhon qoʻlida boʻlishi kerak. Buning uchun esa, avval toʻntarishni odamlarga Ibn Afv eʼlon qiladi. Tabiiyki, bu kimsaga odamlar rozi boʻlmaydi va ishni u Burhonga topshiradi”, degan stsenariyni ishlab chiqishdi. Bu stsenariyning tasdiqi, “Skay Nьyus arabiyya” telekanalining 2019 yil 11 aprel payshanba kuni armiya bayonotini efirga tarqatishdan oldin qilgan mana bu xabaridir: “Bir ozdan soʻng televideniye orqali taqdim etiladigan bayonotning qurolli kuchlar tomonidan tasmaga yozib boʻlinganini sudanlik manbalar “Skay Nьyus arabiyya” kanaliga maʼlum qildi. Butun Xartum boʻylab harbiylar keng tarqalgan bir manzarada, prezident Umar Hasanahmad Bashirning ishdan olingani toʻgʻrisida bashoratlar paydo boʻldi. Bayonotni Sudan quruqlik kuchlari qoʻmondoni general-leytenant Abdulfattoh Burhonning oʻqib berishi kutilmoqda. U Ummu Doʻrmonda joylashgan davlat teleradiostudiyasiga yetib borgan”. Haqiqatdan ham qoʻzgʻolonchilar Avaz ibn Afvning tasmaga yozilgan bayonotiga qarshilik bildirishdi. Chunki qoʻzgʻolonchilar Ibn Afvni Bashir rejimining bir qismi, deb hisoblab, oʻz qoʻzgʻolonlarini davom ettirishda qattiq turdilar. Bu narsa Ibn Afvni harbiy kengash rahbarligidan, Abdulmaʼrufni esa, unga oʻrinbosarlik lavozimidan voz kechishlariga majbur qildi va Abdulfattoh Burhon Kengashga raisi boʻlgani eʼlon qilindi. Bu davlat toʻntarishining ertasiga, 2019 yil 12 aprelda boʻldi. Keyin Ibn Afv Kengash rayosatini topshirish bayonotida uning armiya Bosh qoʻmondonligidan tashkil topgan yangi aʼzolari nomini eʼlon qildi. Bundan tashqari, Xavfsizlik va Razvedka xizmati raisi oʻrinbosari va politsiya bosh direktori nomlarini ham eʼlon qildi. Shuningdek, tezkor yordam kuchlari qoʻmondoni “Hamidatiy” harbiy kengash raisi oʻrinbosari qilib tayinlandi.

Burhon qoʻzgʻolonchilar koʻnglini xotirjam qilish uchun favqulodda holatni bekor qildi. Maʼlumki, favqulodda holatni oldingi rais Ibn Afv joriy qilgan boʻlib, keyin qoʻzgʻolonchilar uni buzgan va amal qilmagan edilar. Shuningdek, Burhon ikki yillik oʻtish davrida “kuchli” fuqarolik boshqaruviga asos solajagini bildirdi. Bu orada Xavfsizlik va razvedka xizmati raisi general-leytenant Saloq Qush isteʼfo berdi va kengash raisi uning isteʼfosini qabul qildi.

Bu stsenariyni ishlab chiqqan Amerika ekaniga kelsak, buning tasdiqi shuki, guvohlar AQShning Xartumdagi muvaqqat vakili Stiven Kutsisni qurolli kuchlar bosh boshqarmasi binosi oldida koʻp bor koʻrganlar. Haqiqatdan ham, Sudan harbiy kengashi raisi oʻrinbosari general-leytanant Muhammad Hamdon Daqlu (Hamidatiy) 2019 yil 14 aprel yakshanba kuni Respublika prezidentligi saroyida shosha-pisha Kutsis bilan uchrashib, mamlakatdagi vaziyat va voqealar jarayoni toʻgʻrisida uni xabardor qildi. Bugun Xartumdagi prezidentlik saroyi chiqargan matbuot bayonotida Daqluning Sudandagi voqealar rivoji va Harbiy oʻtish davri Kengashi tuzish sabablari haqida hamda davlat xavfsizligi va barqarorligini saqlash yoʻlida qabul qilgan chora-tadbirlari toʻgʻrisida Kutsisni boxabar qilgani aytildi. “AQSh muvaqqat vakili Sudan xavfsizlik kengashining davlat xavfsizligi va barqarorligini saqlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarini olqishladi hamda Sudan-AQSh munosabatlarini mustahkamlash uchun Vashington bilan Xartum oʻrtasidagi hamkorlikning davom etishi zarurligini taʼkidladi”, deya qoʻshimcha qilinadi bayonotda. (CNN Arabic-Amerika).

Bundan tashqari, “Xolij onlayn”ning 2019 yil 12 aprel juma kungi xabarida ham bunday deyildi: “AQSh Davlat departamenti Sudandagi voqeani davlat toʻntarishi, deya izohlashni istamadi. Lekin bu yurtdagi demokratiya va tinchlikni qoʻllab-quvvatlashini hamda Sudan xalqiga berilgan oʻtish davri ikki yildan ozroq boʻlishi kerak, degan fikrda ekanini maʼlum qildi”. AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Robert Polladino matbuot konferentsiyasida “kelajakda kim rahbar boʻlishini Sudan xalqi belgilashi kerak”, dedi. Soʻng “Sudan xalqi, aniqki, bu oʻtish davrining fuqarolik rahbariyati ostida boʻlishini talab qilmoqda hamda unga bu davri bugundan boshlab ikki yildan kam vaqtda boʻlishini ham istaydi”, deya qoʻshimcha qildi. Demak, bundan ushbu ikki yillik oʻtish davrining Amerika tomonidan belgilanganligi koʻrinib turibdi.

Yevropa, xususan, Britaniyaga kelsak, u bu hodisa Amerikaning qoʻzgʻolon ustidan qilgan davlat toʻntarishi ekanini, eski rejimni yangi basharalar bilan oʻzgartirishga urinayotganini tushunib turibdi. Shuning uchun ham boshqaruvning fuqarolik boshqaruviga oʻtishini talab qilishga shoshildi. Masalan, “Xolij onlayn”da yana Britaniya tashqi ishlar vazirining pozitsiyasi xabar qilindi: “Oʻz navbatida, Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant keng qamrovli va barchani oʻzida mujassam etuvchi fuqarolik boshqaruviga oʻtishga chaqirdi”. Keyin tvitter yozishmalarida “ikki yil hukm suruvchi harbiy kengash – yechim emas”, deya qoʻshimcha qildi. Ayni manbada yana bunday deyiladi: “Payshanba kuni kechqurun Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar vakili Federika Mogerini Sudan xalqining oʻzgartirish ishiga boʻlgan ragʻbatini taʼkidlar ekan, Sudan armiyasini hokimiyatni tez vaqt ichida fuqarolik boshqaruviga topshirishga chaqirdi”. Mogerini oʻzining chiqargan bayonotida ham “faqat ishonchli, keng qamrovli siyosiy jarayongina Sudan xalqi istak-talablarini qondira oladi, yurt uchun zarur boʻlgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarga olib boradi”, dedi. Soʻng “Bu esa, tez vaqt ichida hokimiyatni fuqarolik oʻtish davri hukumati qoʻliga topshirish bilangina amalga oshadi, har bir sudanlik tinchlikka erishmogʻi va maksimal darajada bosiq kayfiyatda boʻlmogʻi kerak”, deya qoʻshimcha qildi.

AQShga tobe boʻlgan baʼzi regional davlatlar ham Sudan harbiy kengashini qoʻllab-quvvatlashdi. Masalan, Saudiya oʻz qoʻllab-quvvatlovini bildirib, harbiy kengashning fuqarolar va mol-mulklar mudofaasi borasida tashlayotgan qadamlarini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi. Bir vaqtda, podshoh Salmon Sudanga neftь mahsulotlari, bugʻdoy va dori-darmon doxil yordam taqdim etish toʻgʻrisida mamlakatdagi kerakli muassasalarga farmon berdi. 2019 yil 14 aprel kuni Sudan matbuotida maʼlum qilinishicha, Saudiya mamlakati Sudanni neftь mahsulotlari bilan olti oy davomida bepul taʼminlaydigan boʻldi.

Qoʻzgʻolonchi yoshlar hamon namoyish joyini tark etganlari yoʻq. Ular bunday harbiy yo partiyaviy emas, balki haqiqiy oʻzgarishni talab qilmoqdalar. Shuningdek, bu kabi “oʻzgarish”larning qandayligini oʻz tajribalarida sinaganlarini, Sudanni bugungi ayanchli vaziyatga olib kelgan ham aynan mana shu “oʻzgarish”lar boʻlganini taʼkidlamoqdalar. Darhaqiqat, qoʻzgʻolonchilar orasida Hizb ut-Tahrir aʼzolarining boʻlishi haqiqiy oʻzgarish xususida ularda ong vujudga kelishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Darhaqiqat, Hizbning namoyishchilarga tarqatgan varaqasi farovon hayot istagidagi yoshlar qoʻzgʻolonini oʻgʻirlashga urinayotgan tomonlarga qarshi oʻtkir qurol vazifasini oʻtadi. Varaqada bunday deyilgan edi: “To qoʻzgʻolonchilar saʼy-harakati bilan shahidlar qoni bekorga sovurilmasligi uchun haqiqiy oʻzgarish boʻlishi kerak, buning uchun esa, armiyadagi xolis guruh eski rejim tarafiga emas, Islom aqidasi tarafiga oʻtmogʻi lozim. Bu xolis guruh musulmonlar xalifasiga bayʼat qilish bilan Ummatga oʻz hokimiyatini qayta olib beruvchi ahli hal va aqddir. Ushbu xalifa dastur, qonun va tuzum sifatida Islom shariatini tatbiq qiladi”. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati nashr qilgan ayni varaqada qoʻzgʻolonlarni yoʻq qiluvchi uchlik (Misr, Saudiya va Amirliklar)dan ogoh boʻlishga chaqirilgan. Zero, bu uchlik Sudan armiyasi yetakchiligi eski rejim tarafida boʻlishini, keyin oʻsha eski rejimga ergashuvchi oʻtish davri hukumati tashkil etilishini, keyin demokratik saylovlar oʻtkazilib, boshimizga shunday badbaxtliklarni yogʻdirgan yana gʻayriilohiy insoniy qonunlar ishlab chiqilishini xohlaydi. Oʻsha varaqa 2019 yil 8 aprelda, yaʼni, davlat toʻntarishidan uch kun oldin chiqarilgan. Mana, Hizb ut-Tahrir ogoh etgan oʻsha stsenariy. Uning birinchi qismi armiya tomonidan davlat toʻntarish, ikki yillik oʻtish davri, soʻng demokratik saylovlar haqida gapirish… bilan boshlandi.

Allohga beadad hamd boʻlsinki, qoʻzgʻolonchilar davlat toʻntarishini amalga oshirganlardan ongli chiqdilar, ularning ayni stsenariysini tushundilar. Alloh Subhanahuga duo qilib, qoʻzgʻolonchilarga shunday qudrat ahlini qayta chiqarib berishini soʻraymizki, bu qudrat ahli Ummat loyihasi va aqidasi tarafida turib, Islom zamini boʻlmish Sudanda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etadigan qudrat ahli boʻlsin. Alloh bu ishning egasidir, bu ishga qodirdir.

Roya gazetasining 2019 yil 17 aprel chorshanba kungi 230-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.