Putin va Jeenbekovning uchrashuvi siyosiy tahlilchilar nazarida

705
0

Putin va Jeenbekovning uchrashuvi siyosiy tahlilchilar nazarida

Siyosiy tahlilchilar Rossiya va Qirgʻiziston prezidentlarining uchrashuvini Qirgʻizistonda oʻzgarishlar kuchayib borayotganiga bogʻlashmoqda. Ularning taʼkidlashlaricha, Vladimir Putin Qirgʻizistonda geosiyosiy oʻzgartirish harakati kuchayib borayotgani sababli Sooranbay Jeenbekovni uchrashuvga chaqirgan.

Almazbek Atambayevning noqonuniy hatti-harakatlari va hokimiyatni tan olmasligini eʼlon qilib, oʻz atrofiga odamlar toʻplay boshlagani, Gʻarbparast kuchlarning geosiyosiy vaziyatni oʻzgartirish maqsadidagi harakatlariga qoʻl kelishi mumkin. Sobiq deputat Ravshan Jeenbekov Atambayev tomoniga oʻtdi. U Atambayevning Qoʻy-toshdagi uyida matbuot anjumani uyushtirib, sobiq prezidentning muxolifat yetakchisi boʻlishi mumkinligi va bu uning konstitutsion huquqi ekanligi haqida bayonot berdi. Ravshan Jiyanbekov oʻz nutqida Gruziyadagi islohotlar va uning asoschisi boʻlgan Mixail Saakashivilini ham tilga olib oʻtdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzining matbuot kotibi dmitriy Peskov orqali “biz Qirgʻizistonning ichki ishiga aralashmaymiz” deya, Atambayevni Sooranbay Jeenbekovga qoʻyib bergan edi. Lekin ular oʻrtasidagi keskinliklardan Gʻarbparast kuchlar foydalanib qolishga harakat qilishyapti. Ravshan Jeenbekov oʻz nutqida jamiyatdagi milliy qadriyatlarini mustahkamlab olishga katta eʼtibor qaratish lozimligini olgʻa surdi. Bu esa Gʻarbning Qirgʻizistonni oʻz taʼsiri ostiga olish yoʻlida saqofiy taʼsirini kuchaytirishga qaratilgan jiddiy qadamidir.

Atambayev mavjud Qirgʻiz elitasiga qarshi chiqdi va bu elitani yangilash kerakligi haqida fikr tarqatib boryapti. Hozirgi Qirgʻiz siyosiy elitasi rossiyaparast ekanini hisobga olsak, yangi elita tabiiyki unga qarshi yoʻnaltirilgan fikriy yetakchilik asosida shakllangan boʻlishi kerak. Siyosiy elita xalqdagi yetakchi fikrdan taʼsirlanadi va undan vujudga keladi. Yaʼni siyosiy elita, xalqning siyosiy saqofatidan shakllangan mintalitetdan oʻsib chiqadi va rivojlanib boradi.

 Qirgʻiziston Rossiyaning saqofiy mustamlakasidir. Bu holat (saqofiy mustamlaka) Rossiyaning Qirgʻizistonda siyosiy, iqtisodiy va strotegik giosiyosatiga muvofiq ish yurgizishi uchun doim qulay vaziyatlar paydo qilib boradi. Shuning uchun Atambayev muammosida, xalqaro siyosatning Qirgʻizistondagi saqofiy taʼsir quvvatini yanada kuchaytirib olish maqsadidagi hatti-harakatlari Putinni xavotirga soldi.

Xulosa qilish mumkinki, Putin Jeenbekovdan Atambayev muammosini hal qilishda eʼtiborni gʻarbparast kuchlarga qaratishni talab qildi. Shunday boʻlsa, Qirgʻizistonda gʻarbparast kuchlarga va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga nisbatan bosim kuchayishi kutiladi. Lekin Jeenbekovning Shvetsiyada turib bergan vaʼdalari buning aksini namoyon etgan edi. U mamlakatda inson huquq himoyasini yuqori darajada himoya qilishni vaʼda qildi. Rossiyaning talablari bajarilsa,  Qirgʻizistonga nisbatan Yevropa, AQSh va jahon banki tomonidan ham har turli bosimlar davom etishi albatta kutiladi.

Atambayevning oʻzi rossiyaparast elitaning birinchi safida turgan siyosatchilardan biridir. U oʻzini saqlab qolish maqsadida, gʻarbparast quvvatlar bilan birlashib mamlakatni parokanda holatiga tayorlab boryapti. Prezident ham, ukasi bosh boʻlgan yangi yetakchi guruhga tayanib mamlakatni boshqarmoqda. Kuchli siyosiy elita vakillari hokimiyatdan tashqarida qolib, davlat qandaydir siyosiy boʻshliqqa oʻxshash holatga kelib qoldi. Gʻarbparast kuchlar aynan mana shu zaif siyosiy holatdan foydalanib, Qirgʻizistonda Ukrainaning holatiga oʻxshash vaziyatlarni paydo qilishga urinishyapti. Vaziyatga Rossiya qaysi tomondan qanday aralashishni rejalashtirayotgani mubhamligicha qolmoqda…

Biz musulmonlarning bu vaziyatlarga nisbatan tutgan oʻrnimiz qanday boʻladi?  Bu keskinlik va talash-tortishlarda Islom va musulmonlar uchun manfaat yoʻq. Balki manfaatlarimizga ziyon yetishi kutiladi. Chunki har qanday yetakchi toʻda hokimiyat talashganida bizdan, yaʼni fuqorolardan foydalanadi. Toʻpalonlarda bizning mol mulklarimizga zarar yetadi. Shuning uchun biz bu fitnalarga aralashmasligimiz va mamlakatni ikki tomonga boʻlish yoki milliy nizolar keltirib chiqarayotgan kuchlarga hamda ularning fikrlariga qarshi siyosiy, islomiy pozitsiyalarimizni mustahkamlashimiz kerak. Musulmonlarni shu pozitsiyadan turib bu kabi botil harakatlarga qarshi kurashga chaqiramiz! Rossiya yoki gʻarbparast kuchlar oʻz manfaatlari yoʻlida Islom va musulmonlar nomidan xavf xatarlar yoki boshqa provokatsiyalar uyushtirishga harakat qilishadi. Biz bu harakatlar haqiqatlarini ham ochib, xalqni toʻgʻri tomonga yoʻnaltirib boramiz!

Abdurazzoq Moʻʼmin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.