Ukrainada saylovning yakuniy natijasi eʼlon qilindi

409
0

Ukrainada saylovning yakuniy natijasi eʼlon qilindi

 Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovda gʻalaba qozongani rasman eʼlon qilindi.

 Markaziy saylov komissiyasi protokollarning 100 foizi qayta ishlab chiqilgan holatdagi yakuniy natijalarni eʼlon qildi, unga koʻra Zelenskiy 73,22 foiz ovoz olishga erishgan. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko 24,45 foiz ovoz bilan kifoyalangan.

 Ukraina MSK maʼlumotiga koʻra, saylov byulletenlarining 2,31 foizi haqiqiy emas deb topilgan.

 Qayd etilishicha, bu Ukraina tarixida bir nomzod bu qadar yaqqol ustunlik bilan gʻalaba qozongan ilk saylov boʻldi. Bungacha bu boradagi eng yaxshi natijani 1991 yilgi saylovlarda gʻolib boʻlgan Leond Kravchuk qayd etgandi – u 61,59 foiz ovoz bilan Ukrainaning birinchi prezidentiga aylangan. Uning asosiy raqibi Vyacheslav Chornovol 23,27 foiz, yana bir nomzod Levko Lukьyanenko 4,49 foiz ovoz olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.