Ey musulmonlar! Sharqiy Turkistondagi birodarlaringizga yordam bering!

698
0

Ey musulmonlar! Sharqiy Turkistondagi birodarlaringizga yordam bering!

Ustoz Osiyo Uyg‘ur

Ey yer yuzining g‘arbiyu sharqidagi musulmonlar!

Sharqiy Turkistondagi birodarlaringiz qattiq azob-uqubatlarni boshdan kechirmoqdalar. Ular ming yildan beri Islomga e’tiqod qilib, uni mahkam ushlab keladilar. Darhaqiqat, Sharqiy va G‘arbiy Turkistondagi o‘zbek, tojik, qirg‘iz va qozoqdan iborat turkiy xalqlar hijriy to‘rtinchi asrda Qorahon davlati yetakchiligi ostida buyuk Islom doshqozonida toblanib yetishganlar.
Milodiy o‘n sakkizinchi asr oxirlarida mustamlakachi Xitoy bosqinchiligiga qarshi Turkiston xalqlari g‘ayrat bilan mardona kurashdilar. Shunga qaramay, 1949 yilda Xitoy Sharqiy Turkistonni bosib olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shandan buyon Sharqiy Turkiston xalqlari zolim jinoyatkor Xitoy rejimi qo‘lida vahshiyona qirg‘inlar va azob-uqubatlarni boshdan kechirib kelmoqdalar.
Kommunist Xitoy davlati, bir jihatdan, Sharqiy Turkiston boyliklariga ega chiqib olgan bo‘lsa, boshqa tomondan, mintaqa aholisining aksar qismini tashkil qiluvchi uyg‘ur musulmonlariga nisbatan repressiv siyosat qo‘llamoqda.
Shuningdek, Xitoy musulmonlarni xitoylashtirish siyosatini olib borib, bu siyosatiga e’tiroz bildirganlarni qamoq lagerlariga tiqmoqda, ularni qattiq qiynoqlarga solmoqda. Oqibatda, butun Sharqiy Turkiston «ulkan qamoq lageri»ga aylanib qoldi.
Xitoyning Sharqiy Turkistonda sodir etayotgan vahshiyona qiynoqlarini ta’riflashga til ojiz.
U Sharqiy Turkistonni bosib olgandan beri o‘zining turli vahshiy uslublari bilan 35 million musulmonni qirib tashladi. 2016 yil «qayta tarbiyalash lageri», deb nomlangan harbiy lager qurdi va u yerga 3 million bilan 5 million o‘rtasida musulmonni joylashtirdi.
Lagerda 14 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan shaxslar, jumladan, qariyalar, bolalar, ayollar, bemorlar, boy-badavlat, mashhur va oddiy kishilar, ziyolilar, ulamolaru professorlar xitoy saqofatini olishga majburlanmoqda. U yerdagi vaziyatning yomonligi sababli o‘lim holati kundan-kunga ortmoqda.
Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonda yashovchi muslima qizlarni kofir xitoy erkaklarga turmushga chiqishga majburlamoqda. Shuningdek, ularni Xitoyning turli mintaqalariga jamoiy foydalanish uchun ko‘chirib yubormoqda. Yaqinda ikki mashhur shirkat muslima ishchi qizlarni arzon narxda sotuvga qo‘yganini e’lon qildi.
Hukumat qamoq lageriga hukm qilgan musulmon ota-onalarning bolalaridan bir milliondan ziyodini «mehribonlik uyi», deb atalgan lagerga topshirib, ularga kommunistik saqofat beryapti. Qamalgan musulmonlarning xonadonlaridagi muslima opa-singillar bilan birga yashash uchun xitoylik erkaklarni kiritmoqda. Xitoy hukumati tarqatgan rasmiy xabarga ko‘ra, 2018 yilda musulmon oilalarga 30 million marta xitoy erkaklar kiritilgan. Bu qilmish «egizak yaqinlar», deb atalgan loyiha asosida olib borilmoqda.
Hukumat 25 mingta masjidni vayron qildi. Tarixiy masjidlarni ko‘ngilochar maskanlarga aylantirdi. Musulmonlar xonadonidagi Qur’onlarni yoqdi, ularga namoz o‘qish va ro‘za tutishni taqiqladi, hatto uchrashganda bir-birlariga assalomu alaykum, deb salomlashishni man qildi.
Qamoq lageridan chiqqan bir singlimizning hikoya qilishicha, lagerda uni qattiq qiynoqqa tutishadi, og‘ir azob sababli uning og‘zidan «Alloh», degan kalima chiqib ketadi… Shunda xitoy polisiyasi unga «allohingni chaqir, seni qutqarsin», deydi va singlimizni yanada qattiqroq qiynoqqa tutadi. Uning aytishicha, lagerda musulmonlarga xuddi ular xavfli kasallardek qaraladi. Shu bilan birga, Xitoy hukumati musulmon chekayotgan azob-uqubatlar tashqariga chiqmasligi uchun ularni xorijdan butunlay uzish siyosatini olib boryapti. Xorijda qarindoshlari bor musulmonlarga ham ular bilan aloqalariga cheklov qo‘ygan, maqsadi, o‘zining dahshatli jinoyatlarini tashqariga chiqarmaslik, uyg‘ur musulmonlarni esa, dunyo ko‘ziga terrorchilar qilib ko‘rsatish. Alhol, bu kommunist kofir davlat ayni jinoyatlarini butun dunyoning ko‘z o‘ngida sodir etmoqda.
Musulmon o‘lkalari hukmdorlari Sharqiy Turkistondagi musulmonlarga nisbatan sodir etilayotgan bu jinoyatlarni guvohi bo‘la turib, lom-mim deyishmayapti. Bu esa, Xitoyga jinoyatlarini yanada kuchaytirishiga shijoat beryapti. Chunki bu xoin hukmdorlar uyg‘ur musulmonlarining o‘ldirilayotganidan ko‘z yumib, buning muqobilida Xitoy bilan savdo shartnomalarini imzolash bilan mo‘may daromadlar olishyapti. Ular Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi turkiy xalqlar rahbarlari bo‘lishlariga qaramay, og‘izlaridan bu jinoyatlarga qarshi hech narsa chiqmayapti. Aksincha, uyg‘ur muhojirlarini Xitoy hukumati qo‘liga topshirishmoqda.
Arab hukmdorlari ham uyg‘urlarni terroristlar, deyilishini qo‘llab-quvvatlashdi va bu Xitoy hukumatining ichki masalasi, deyishdi. Ular uyg‘ur musulmonlarning qiynoqqa tutilishiga sukut qilishlari evaziga olayotgan dollardan foydalanishga qanday jur’at qilisharkin?! Ularning Arshi A’loni larzaga soluvchi nolalari bu hukmdorlar quloqlariga yetib bormadimi?! Qachon quloq solishadi?! Axir, ularning bu qo‘rqoqligi sababli Xitoy o‘z zulmini yanada kuchaytirayotganini bilishmaydimi, buni butun dunyo bilmoqda-ku?! Yo‘q, bu qilmishlari Allohga yashirin emas, Alloh ularning xoinliklarini albatta fosh etadi!

Ey musulmonlar!

Uyg‘ur musulmonlarni kofir Xitoy qo‘lidan qutqarishning asl chorasi Xitoy mahsulotlarini boykot qilish emas. Shuningdek, ularni Amerika ham, BMT ham aslo qutqarmaydi. Ularning da’volari yolg‘on. Chunki ular kuch-qudratlarini musulmonlar qonini simirish va boyliklarini talash bilan to‘plashmoqda, savdo urushlarida musulmonlarni qurbon qilishmoqda, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishmoqda. Musulmonlardan manfaat chiqmay qolganda esa, ularni zolimlarga qo‘yib berishmoqda.
Shubhasiz, uyg‘ur musulmonlarni Mo‘’tasim Billah singari mard xalifalargina qutqaradi. Zero, u musulmonlar nolasiga quloq tutib, dushmanga qarshi qo‘shin tortgan.
Ey musulmonlar!
Shuning uchun odil va mard xalifani qayta saylash uchun harakat qiling. Ana shundagina musulmonlar zulmdan qutuladilar hamda Allohning rostgo‘y mo‘min bandalariga qilgan ushbu va’dasiga noil bo‘ladilar:
﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً﴾
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi» [Nur 55]
Roya gazetasining 2020 yil 1 yanvar chorshanba kungi 267-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.