Tahrirush Shom hayʼati Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosi asbob-uskunalarini vayron qildi

647
0

Tahrirush Shom hayʼati Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosi asbob-uskunalarini vayron qildi

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʻlimi Kufr-Avid rayonidagi radiosi asbob-uskunalarining Tahrirush Shom hayʼati tomonidan buzib vayron etilishi toʻgʻrisida matbuot bayonoti nashr qildi. Bayonotda quyidagilar taʼkidlangan: Tahrirush Shom ayni hujumini Hizb ut-Tahrirning ochiq daʼvat faoliyati olib borishi ortidan qasddan sodir etdi. Zero, Hizb oʻz faoliyati orqali Sochi konferentsiyasini, qonxoʻr rejim uchun xalqaro yoʻllarning ochib berilayotganini hamda turk nazorat punktlari odamlarning rejimga qarshilik qilishlariga imkon bermayotganini fosh qilgan. Shuningdek, Hizb oʻz faoliyati orqali odamlarni Inqoz hukumatiga qonuniylik tusini berish maqsadida tuzilgan “shoʻro majlisi” deyilayotgan narsaga hargiz rozi boʻlmaslikka chaqirgan hamda bu hukumatning soliqlaru toʻlovlar solish va odamlarni ogʻiz ochirmaslik bilan tinkalarini quritgani, shu orqali xorijdan Amerikaning siyosiy yechimini amalga oshiruvchi yangi shakldagi yangi hukumatlar tuzilishiga zamin yaratayotgani taʼkidlangan. Bayonot soʻnggida Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosi haqida soʻz yuritilib bunday deyilgan: “Malomatchining malomatidan qoʻrqmay, haq soʻzni baralla aytuvchi ushbu radioda Ummatga hamda uning fuqarolar va harbiylardan iborat farzandlariga nasihat yoʻllanib, Shom ahliga qarshi Sochi konferentsiyalari va rejim uchun yoʻllar ochib berish kabi fitna toʻrlari toʻqilayotganidan, shuningdek, qoʻlidan hech narsa kelmaydigan hukumatlar tuzish va sariq chaqalik foyda keltirolmaydigan “shoʻro majlisi” tuzish singari shubha ostidagi takliflar kiritilayotganidan ogohlantirilgan. Ular mana shunday bir radioni ovozini oʻchirishga urinishmoqda”.

Roya gazetasining 2019 yil 11 aprel chorshanba kungi 230-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.