AQSh tomonidan chizilgan yangi Suriya xaritasi

2125
0

AQSh tomonidan chizilgan yangi Suriya xaritasi

AQSh Suriya uchun yangi xarita hozirlagani aytilmoqda. Yangi xaritaga koʻra, Suriyanining shimolidagi uch mintaqa va olti viloyat terrorchi tashkilot hisoblangan PKK (Kurd ishchilar partiyasi)ning Suriyadagi qanotiga beriladi. AQSh Mudofaa vazirligi Pentagon tarafidan chizilgan xaritada Turk armiyasi va Suriya ozod qoʻshini hamkorligida “Furot qalqoni” operatsiyalari ostida IShIDdan ozod qilgan mintaqalar Turkiyaning ashaddiy dushmani hisoblangan PKKga nisbat berilishi diqqatga sazovordir. Bu bilan Pentagon PYDga soʻnggi ikki oy davomida 1100dan ortiq yuk mashinasida harbiy anjomlar yuborishidan maqsadini oshkor qilgan boʻldi.

Xabarlarda aytilishicha, AQSh va PYD vakillari oʻrtasida amalga oshirilgan uchrashuv paytida PYD davlatining chegaralari belgilangan. AQSh tarafidan tuzilgan rejani amalga oshirish uchun hayotiy ahamiyatga ega uning yana bir maqsadi mavjud. U muxolifat qoʻlidagi Idlibni qoʻlga kiritishdir. Chunki Afrin-Kobani vioyatlarini birlashtirishni koʻzda tutgan rejaga binoan Oqdengizga erishishi uchun Idlibni ham egallashi kerak boʻladi. Shunga koʻra, IShID bahonasida Suriya shimolini PYDga topshirgan Pentagon Idlibni ham bosib olib PYDga berish uchun harakatini tezlashtirdi.

Turkiston:

AQShning bu harakatlari Erdugʻonning yuziga tushirilgan tarsakdir. Chunki u Suriya masalasida AQShning chizgan chizigʻidan chiqmay, xizmat qildi. Oʻziga tobe muxolif guruhlarni Furot qalqoni amaliyotiga tortish orqali Halabning qulashiga katta hissa qoʻshdi. Agar Turkiya hukumatining katta xiyonati boʻlmaganda edi, AQShning ham, Rossiyaning ham qoʻlidan hech narsa kelmas edi. Buni  AQSh diplomatlarining oʻzlari ham bir necha bor tan olishdi.

Shunday boʻlishiga qaramay, Turkiyaning AQSh-PYD hamkorligiga qarshiligi umuman inobatga olinmadi. Janob Erdogʻan AQShga qilgan safarida bu masala haqida Donald Tramp bilan gaplashishini va unga tushuntirishini aytgan edi. Biroq Tramp bu haqida ogʻiz ochishga ham izn bermadi.

AQSh Turkiyaning dushmani bilan hamkorlik qilish orqali goʻyo Turkiya hukumatiga “Toʻgʻri, siz bizning hamkorimizsiz. Ammo bizning matfaatimiz turganda yoʻlni boʻshatib qoʻyishga majbursiz. Bizning manfaatlarimiz hamkorligimizdan ustundir”, demoqchi boʻlyapti.

Shuning uchun Erdogʻan hukumatining oldida turgan eng toʻgʻri yoʻl AQSh bilan hamkorlik qilishni rad etish va oʻzinig musulmon xalqi bilan birga boʻlib, uarga ishonishdan iboratdir. Agar Erdogʻan kufr bilan hamkorlikni uloqtirib, Islom ahkomlarini mahkam tutsa, butun Turkiya xalqi, qolaversa barcha Islomiy oʻlkalardagi musulmonlar uning orqasida turadi. Bu 2016 yil 15 iyulda oʻz isbotini topdi. Oʻsha paytda Erdugʻon birgina telefon orqali musulmonlarni koʻchalarga chiqishga daʼvat qilishi bilanoq butun insonlar yopirilib chiqishdi. Hatto ularni oʻlim ham qaytara olmadi. Garchi Turkiya hukumati ularning koʻchalarga chiqishini “demokratiya uchun chiqishdi”, deb taʼvil qilgan boʻlsa ham, aslida ular faqat Islom uchungina koʻchalarga chiqishganligi koʻz yumib boʻlmaydigan haqiqatdir. Bu esa, ularning faqat Islomiy shiorlarni baralla hayqirganliklaridan ham yaqqol ayon boʻldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.