Rossiya mudofaa harajatlarini qisqartiradi

420
0

Rossiya mudofaa harajatlarini qisqartiradi

 RIA “Novosti” bergan xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, 2018 yilda mudofaaga harajatlar kamaytirilishini maʼlum qilgan. Biroq uning taʼkidlashicha, bu armiya va flotni qayta jihozlash boʻyicha rejalarga taʼsir koʻrsatmaydi.

 “Shuni eslatib oʻtmoqchimanki, keyingi yil uchun byudjetni jiddiy tejash mudofaaga harajatlarni kamaytirish hisobidan nazarda tutilmoqda. Bu bizning armiya hamda flotni qayta jihozlash boʻyicha rejalarimizga bogʻliq boʻlmaydi. Biz davlat mudofaa buyurtmasini bajaramiz va yangi dasturni ishlab chiqamiz”, – degan Putin “Yagona Rossiya” fraktsiyasining Davlat dumasidagi rahbari Vladimir Vasilьev bilan amaliy uchrashuvida.

 Putinning taʼkidlashicha, Davlat dumasida mamlakatning asosiy moliyaviy hujjatini tayyorlash jarayonida paydo boʻlayotgan masalalarni jiddiy koʻrib chiqish lozim.

 “Bu mudofaa, xavfsizlik, iqtisodiyot, iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy soha, sogʻliqni saqlash, ish haqi darajasi, fuqarolar daromadiga tegishli. Bunga eʼtibor qaratishni soʻrayman”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtgan Putin.

Turkiston:

Amerikaning Rossiya ustidagi qariyb 25 yillik strotegiyasi nihoyasiga yetib boryapti. AQSh Rossiyaning sobiq sovetlar ittifoqidan qolgan siyosiy elitasini Putinning komandasi vositasida yoʻq qildi. Ularning oʻrniga siyosiy zaif davlat arboblaridan iborat ochkoʻz, faqat shaxsiy iqtisodiy manfaatlarini asos qilgan elitani olib kelishga imkon yaratib berdi. Natijada Rossiya oʻzining ogʻir sanoatidan va asta-sekin yengil sanoatidan ham ayrilib, energetik resurslarni sotish bilan kun koʻrayotgan xom ashyo bazasiga va Gʻarbning sanoat motohlari bozoriga aylanib qoldi. Xalqini esa, uzoq yillar jamgʻarma fondidan datatsiya qilish bilan boqib keldi. Shu yoʻl bilan Putinning rejimi, boshqaruvidagi iqtisodiy krizis holatini yashirmoqchi boʻldi.

Endi Rossiyaning jamgʻarma valyutalari ham deyarli tugadi. Putin Trampning kelishi bilan AQShning Rossiyaga boʻlgan muomilasi oʻzgaradi deb, siyosiy elitani va fuqorolarini bir qancha vaqt mobaynida aldab keldi. Lekin AQShni prezidentlar emas, yetakchi guruhlar mavjud siyosiy elita vositasida boshqarishini Putin yaxshi bilar edi. Shunga qaramay, AQShning manfaatini himoya qilib, Rossiyaning jamgʻarma fondiga zarar keltirishini eʼtiborga olmay, Suriyaga harbiy quvvatlarini olib kirib, qirgʻinbarot uyushtirdi. Ukrainada esa, siyosiy betainlik paydo qilish uchun harbiy va moliyaviy quvvat bilan juda katta mablagʻ sarflab kelyapti. AQSh uning shuncha harakatlarini inobatga olmadi va munosib taqdirlamadi. Chunki kapitalist sistemasida mamlakatlarni faqat manfaat boshqarib boradi.

Putinning yuqoridagi qaroridan, u Rossiya strotegiyasini oʻzgartirayotganini tushunish mumkin. Yaʼni, rus armiyasini xalqaro harbiy mashina sifatida namoyon qilib, raqiblarini qorquvda ushlab turishi uchun oʻzini AQShga xizmatkorlikka taklif qilish strotegiyasidan voz kechgandek koʻrinyapti. Bu Putinning olib borayotgan siyosatidan kutilayotgan holat edi. Yaʼni u, mamlakat ichkarisida iqtisodiy krizis hukum surib turgan vaqtda, harbiy yurishlar uyushtirish bilan oʻzini  olamiy yetakchi davlat sifatida namoyon qilmoqchi boʻldi. Biroq bu quruq va qalbaki harakatlar uchun, mamlakat harbiy sohani uzoq vaqt moliyalashtira olmasligi aniq edi.  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.