Bursada ayollar konferentsiyasi o’tkazildi

416
0

Turkiyada faol harakat olib borayotgan Hizbut tahrir uyushmasining ayollar bo’limi “Xalifalikni qayta tiklash” haftaligida ayollarga xos konferentsiya tashkil qildi. Bursa shahrida tashkil qilingan “Xalifalik qulaganligi sababli tanazzulga yuz tutgan jamiyatning qayta oyoqqa turishi faqat Xalifalik bilangina amalga oshadi”, nomli konferentsiya Zohida Chetinbudak o’qigan go’zal tilovat bilan boshlandi. Xalifalikning qanday qulatilganligi va uning farzligi haqida namoyish qilingan hujjatli filmdan so’ng Darya O’zer “Xalifalik yo’qligining hasratlari” nomli she’rini o’qib eshittirdi.

Undan so’ngra so’zga chiqqan G’urbat Arat o’z nutqida Xalifalikning Islom olamidagi tutgan o’rni, Xalifalik yiqilgandan so’ng Musulmonlarning qanday xorliklarga mubtalo bo’lganligi haqida so’z yuritdi. U muslima ayol sifatida siyosiy va ijtimoiy etishmovchiliklar haqida ham bahs yuritdi.

Aratning ta’kidlashicha, Xalifaliksiz Islom hukmlarini hayotda ijro qilishning aslo imkoni yo’q. Shu bois musulmonlar qaerda bo’lishlaridan qat’iy nazar Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilishlari lozimdir.

Xususan Islomdan uzoq bo’lgan bir paytda ayol bo’lishning naqadar qiyin ekanligiga urg’u bergan Arat xonim ayollar boshidan kechirayotgan nohaqliklar va zulmlarning kundan kunga ortib borayotganiga qaramay, davlatning bu sohada e’borsiz qolayotganini qayd etdi.

Musulmonlarning avvalgi azizligiga qaytaradigan Xalifalikning yangidan tiklanishiga umid uyg’otib, g’ayrat va shijoatni yana ham kuchayishiga sabab bo’lgan Konferentsiya Zohida Chetenbudakning ta’sirli duosi bilan yakunlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.