Oʻzbekiston bosh vaziri Qirgʻizistonga keldi

795
0

Oʻzbekiston bosh vaziri Qirgʻizistonga keldi

 Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 16 avgust kuni ishchi tashrif bilan Qirgʻizistonga keldi.

 Abdulla Aripovni “Manas” xalqaro aeroportida Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbeokv kutib olgan.

 Qirgʻiziston prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Ala-Archa” davlat rezidentsiyasida prezidenti Almazbek Atambayev Abdulla Aripovni qabul qilgan.

 Atambayev bilan boʻlgan uchrashuv chogʻida Abdulla Aripov Oʻzbekiston Qirgʻiziston bilan bundan keyin ham doʻstona munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha ishlarni olib borishga tayyor ekanligini maʼlum qilgan.

 Xabar qilinishicha, tomonlar ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligiga aloqador dolzarb masalalarni muhokama etishdi.

 Almazbek Atambayev Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirgʻiz-oʻzbek hamkorligini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasini taʼkidlab oʻtdi va Abdulla Aripovning tashrifi “ikki tomonlama munosabatlarni doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik anʼanalari, oʻzaro manfaatli sheriklik asosida yanada rivojlantirishga yangi turtki berishiga” ishonch bildirgan.

 Abdulla Aripov Qirgʻiziston rahbariga Shavkat Mirziyoyevdan salom yetkazdi va mamlakat rahbariyati bundan soʻng ham davlatlar oʻrtasida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni olib borishga tayyor ekanini xabar qildi.

Turkiston: 

Oʻzbekiston Qirgʻizistonda yuz berayotgan prezident almashuvi ortidan kutilayotgan jarayonlarga etiborsiz emas albatta. Lekin asosiy eʼtiborli joyi uning bu jarayonda tutgan siyosiy pozitsiyasidir.

Oʻzbekiston avvalambor Qirgʻizistonda siyosiy xotirjamlikni ushlab qolishdan manfaatdor. Chunki Mirziyoyevning Oʻzbek elitasi ichida olib borayotgan ichki siyosati va mustabid tuzumdan qolgan rejimga qarshi olib borayotgan siyosiy reformalari uchun, qoʻshni davlatlaridagi xavfsizlik va xotirjamlik holati oʻta muhimdir. Negaki Oʻzbekistondagi Karimov shakllantirgan boshqaruv tizimi har bir tarmoqni faqat xavfsizlik sistemasi asosiga bogʻlagan holda shakllantirilgan. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekistonning boshqaruv tizgini deyarli Inayatov bosh boʻlgan xavfsizlik xizmati taʼsiri ostiga oʻtib qolgan deyish mumkin. Shunga koʻra, mamlakat ichkarisida hamda mintaqada roʻy beradigan har qanday xavfli vaziyatlar faqat Mirziyayev kurashayotgan xavfsizlik tizimi uchun qoʻl keladi va uning taʼsir quvvatini yanada  kuchaytiradi.

Qirgʻizistondagi vaziyat esa, muxolif kuchlar kanchalik kuchli va elita vakillarining koʻpchiligini oʻz tomoniga ogʻdirib olishganiga qaramay, ularning aksariyat qismi Rossiyaning qoʻllovidan umidvor boʻlib turishibdi. Chunki Gʻarb sistemasining Qirgʻizistonga eʼtibori juda kam va taʼsir quvvati ham oʻta zayifdir.

Rossiya esa, hozirgacha Atambayev oʻziga oʻrinbosar deb ilgari surib kelayotgan Sooronbay Jeenbekovni qoʻllashga vaʼda berib kelyapti. Shuning uchun Oʻzbekiston ham hotirjam pozitsiya sifatida Rossiya bilan parralel yurishni ixtiyor qildi. Chunki mintaqalardagi har qanday inqilobiy yoki boshqa xalq toʻpalonlarining barchasi faqat ikki lagerga boʻlingan xalqaro kuchlarning manfaat talashuvi ortidan yuzaga keladigan kurashlarning kasofatidan boshlanadi. Oʻzbekiston esa, xalqaro siyosatga taʼsir oʻtkaza oladigan davlatlar safiga kirmaydi. Shuning uchun u Rossiyaning ixtiyoriga teskari borishda hech qanday manfaat topa olmasligini juda yaxshi biladi.

 Bu safar Gʻarb kuchlarinining Qirgʻiziston ichki siyosatidagi keskin pozitsiyasi deyarli koʻrinmayapti. Buni, Tekebayevning 8 yilga qamalishi bilan inson huquqlari va fuqarolik huquqlari oyogʻ osti qilinayotgan bir paytda Gʻarb mashinasining asosiy quroli boʻlgan “inson haq huquq himoyachilar”ining deyarli ishtiroki koʻrinmaganidan bilib olish mumkin.  Demak maydonda faqat Rossiyaning manfaati qoldi.

Bundan tashqari Jeenbekov shunday siyosatchiki, uni har qanday kuch oʻta qulaylik bilan yetaklab ketishi mumkin. Atambayev ham uni faqat shu xususiyati uchun tanladi. Oʻzbekiston ham Jiyanbekovni oʻz maqsadlarida ishlatishda qulay siyosatchi deb bilyapti. Lekin Rossiya oxirgi vaqtda oʻz pozitsiyasini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Chunki Rossiya boshqa kuchlar tarafidan osonlik bilan yetalanadigan zaif siyosatchini faqat oʻzining manfaati asosida boshqarib borishda koʻp qiyinchiliklarga uchraydi. Shundan kelib chiqib, Putin siyosatda pishib yetilgan, mustaqilroq pozitsiya va printsip egasi boʻlgan boshqa bir siyosatchini ixtiyor qilishi kutilyapti. Bundan umidvor boʻlgan siyosatchilar biri qoʻyib, ikkinchisi Maskva ostonasiga bosh urib borishyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.