Birodarlik haqqini ado qilyapmizmi!?

506
0

Birodarlik haqqini ado qilyapmizmi!?

Qirgʻiziston hukumati ham boshqa qoʻshni davlatlar izidan borib Islom va musumonlarga qarshi kurashni avjiga chikarib kelyapti. Musulmonlarga terrorist va ekstremist tamgʻasi yopishtirib, yolgʻiz Robbim Alloh degani uchun qamoqqa tashlangan musulmon birodarlarimiz uchun alohida turma qurdirdi va diniy ayblovlar bilan qamalgan musulmon birodarlarimizni shu turmaga joylashtiryapti.

Turmadagi shart sharoit esa hammaga maʼlum. U yerda oddiy bir insondek yashash uchun shart-sharoitni yoʻq boʻlgani yetmaganidek, qamoqdagi yaqinlari va turmush oʻrtoqlari uchun farzandlari rizqidan qisib-qimtib, toʻplab olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlaridan qamoqxona xodimlari urib qolishi ortiqcha.

Bundan tashqari, mazlum musulmonlarga qamoqxona maʼmuriyati tomonidan qilinayotgan noinsoniy muomilalar, jazo turini qonunga zid ravishda oʻzgartirilishi qamoqdagi aka-ukalarimizni ochlik eʼlon qilishga majbur qildi. Bugungi kunda Chuy viloyatida joylashgan 47- va 27- sonli qamoqxonalardagi birodarlarimiz 2017yil 1-yanvardan beri non-tuz totmay och oʻtirishipti. Yana bir qamoqxona Pokrovkadagi musulmon birodarlar ham ochlik eʼlon kilishdi. Chunki, ularda ham yuqoridagiga oʻxshash sharoit bir xil.

Qirgʻiziston hukumati esa oʻz fuqarolariga eʼtibor qaratish haqida oʻylab ham koʻrgani yoʻq. Holbuki, ochlik eʼlon qilgan birodarlarimiz oʻz haq-huquqlari toʻliq taʼminlanishini talab qilishyapti. Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlari esa oʻzlari daʼvo qilgan inson erkinliklarini taʼminlash yoʻlida biror bir sas-nido ham chiqarishgani yoʻq.

Agar ozodlikda yurgan inson bir kun, yoʻq yarim kun och qolsa uning sillasi qurib, qanday ahvolga tushadi. Shunday ekan 15 kun och holatda oʻz noroziligini bildirayotgan, buning ustiga ozodlikdan ham mahrum qilingan insonning ahvolini koʻz oldingizga keltirib koʻring. Ularning bor-yoʻq noroziligi qamoqxona sharoitini asli uning sharoiti qanday boʻlishi kerak boʻlsa, shunday yaratib berishni talab qilishyapti xolos.

Qonunan toʻgʻri talabni esa hukumat xal qilib berishdan ojizlik qilyapti. Qamoqxonalarda oddiy insoniy shart-sharoitni taʼminlab berishga qodir emas ekan, hukumatga hech qanday ziyoni boʻlmagan musulmonlarni qamab nima qiladi!?

Ey, Qirgʻiziston musulmonlari!

Bunday holat bugun daʼvatchi musulmonlar boshiga tushib turipti. Ulardagi sabot har bir musulmonni befarq qoldirmasligi kerak. Agar shu holat davom etaversa ularni birin-ketin yoʻqotishimiz aniq. Butun olamlar Robbisi huzurida ularning ham ustidan javob berishimiz bor. Ularning oilalari, ota-onasi, ahli ayoli, oʻgʻil-qizlari Qiyomat kunida bizlarga daʼvo qilishlari aniq.

Alloh taolo Qurʼoni Karimda moʻmin-musulmonlarni:

“Moʻminlar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar”, deb taʼriflagan. (Tavba,71).

Bizlar birodarlik haqqini ado qilyapmizmi?

Muslima singlingiz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.