O’zbekiston muslima ayollari nomidan Islom ummatiga xitob

499
0

 

Bugun biz O’zbekistonlik zulm ko’rgan ayollar, o’zini musulmonman degan, Muhammadga(صلى الله عليه وسلم) ummatman degan insonlarga nido qilamiz , xitob qilamiz!!!

Ayol – kim u? U – ona, mo”tabar inson, juftu halol, opa – singil, asralishi, avaylanishi vojib bo’lgan or-nomus va yana er mo”minni gunohdan saqlab turuvchi qo’rg’on va boshqa ko’plab eng oliy sifatlar bilan sifatlasa bo’ladigan ulug’ va nozik xilqat.

Xozirgi kundagi ayollarchi? Dini, or – nomusi, qadr – qimmati toptalgan, xorlangan, ishlatib bo’lgandan keyin tashlab yuboriladigan keraksiz buyum bo’lib qoldi. Ayollarni bu axvolga, bizlarga baxtli hayotni va’da qilgan demokratiya olib keldi.

Xususan O’zbekistonda tuzumni tatbiq qilayotgan rahbariyat tomonidan ayollarga bo’lgan taziyq kundan kunga ortib bormoqda, buni ba’zi misollarda ko’rishimiz mumkin: Qo’qon xokimiyati tomonidan amalga oshirayotgan ishlarga nazar tashlaydigan bo’lsak:

Rahbariyat tomonidan ma’lum bir guruh tuzilgan bo’lib, ular:

– xotin-qizlar qo’mitasining raisasi

– maxalla fuqarolar yig’ini raisi

– maxalla fuqarolar yig’ini xodimlaridir

Ular o’zlari bilan suratga oladigan kameralar bilan uyma uy yurishib, uylarida tinchgina yashayotgan ayollar tinchini buzib, xar bir chaqirilgan xonadondagi ayoldan ro’mol o’ramaslik, agar o’rayotgan bo’lsa uni echib tashlashlik xaqida ogohlantirishlar qilishib, xatto ba’zilarga ro’mollarini echdirishga majbur qilgan xollari xam bo’lmoqda. Bozorlardagi xolat esa, bu xaqda internetda gaplar allaqachon tarqalib ketdi, savdogar ayollarni boshlaridagi ro’mollarni tortib olingan xolatlari xam bo’ldi. Bu ishlarga rozi bo’lmaganlarni, bozorning o’zida, xech qanday asossiz, sotayotgan mollarini musodara qilingan xollari xam bo’ldi. O’tgan yili Toshkent bozorlarida katta o’raniladigan ro’mol sotganlarni sotmaslikka majburlangan edi, bu yil mana Qo’qonda xam “Senga ro’mol sotishga kim ruxsat berdi” – deb xaqoratlar bilan taqiqlanayapti. Davlat ishxonalarida, maktab, kollej, bog’cha va shunga o’xshash davlat idoralarida ro’molli kelib qolsa o’sha kunning o’zida “o’z arizasiga muvofiq” ishdan bo’shatilmoqda.

“Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” – deb jar solayotgan xukumatning ayollarni muqaddas tutishi shumi? Bunday xolatga qanday kelib qoldik? Bu nimaning oqibati?

Buning birinchi sababi, albatta, bizlarning er mo”minlarimiz kufr tuzumga rozi bo’lishib ayollarini ximoya qilish, qizg’anishni mutlaqo unutib yuborishdi. Bunga yana eng katta xissa qo’shgan din ulamolarimizning ayollar to’g’risida chiqarib bergan, shariatga xilof fatvolari xam bo’ldi, shundan keyin xukumat “mana din olimi aytdi dinda unday emas” degan bahona bilan ayollarni tahqirlashga katta yo’l ochildi. Bizlar muslima ayollar xatto qizlarimizni ko’chaga biron yumush bilan chiqarishga xam qo’rqib qoldik.

Musulmonlarning o’z davlatlari bo’lgan davrlarda, oddiy ayolning so’zini musulmonlarning Xalifasi tinglagan, unga munosib Islomiy muomala qilgan, er ximoya qilmasa davlat o’zi ximoya qilgan, xozirchi tahqirlashdan nariga o’tmayapti.

Bugungi kun muslima ayollariga, o’sha Xalifalarning o’rni xar doimgidan xam ko’proq bilindi. Ey Islom ummati! Shuni bilinglarki biz ertaga Qiyomatda

“Biz ojizalar edik, bizlarni esa ximoyachilarimiz ximoya qilishmadi, ximoya qilguvchi Xalifani topishga xarakat xam qilishmadi” – degan ta’nani butun dunyo muslima ayollari nomidan qabul qilib olishga o’zlaringizni qodir deb o’ylaysizlarmi?

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنْفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ ﴿٦﴾

Ey iymon keltirganlar! O’zingizni va ahli ayolingizni yoqilg’isi odamlaru toshdan bo’lgan o’tdan (jahannamdan) saqlang. Uning tepasida qo’pol, darg’azab farishtalar bo’lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.”

O’zbekistondagi muslima opa-singillaringiz

http://hizb-uzbekistan.info/

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.