Xitoy: Hech kimning koʻz yoshlariga qarab oʻtirmaymiz

718
0

Xitoy: Hech kimning koʻz yoshlariga qarab oʻtirmaymiz

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp prezidentlik vazifasini boshlagandan keyin ham Tayvan ustidan “bir butun Xitoy” siyosatiga nisbatan provakatsion hamlalarini davom ettiraversa, Pekin maʼmuriyatining ham unga nisbatan qattiqqoʻl siyosat olib borishdan boshqa chorasi qolmaydi. Bu haqida davlatning rasmiy “China Daily” gazetasi xabar tarqatdi.

“AQShning yangi prezidenti ikki davlatga ham zarar keltirishini inobatga olmay, oʻynayotgan “Tayvan oʻyini” qanchalik jiddiy oqibatlarga sabab boʻladigan muammo ekanligini uning toʻlovini toʻlagandan keyin yaxshi bilib oladi. Pekin bu borada hech kimning koʻz yoshlariga qarab oʻtirmaydi”, deyiladi Tramp paydo qilayotgan keskin vaziyatlar har ikki davlatga ham zarar keltirishi taʼkidlangan maqolada.

Pekin maʼmuriyati Trampning diplomatik konvensiyalarga zid ravishda Tayvan rahbari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri telefon orqali bogʻlanishiga aks munosabat bildirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tarafidan oʻtgan kuni berilgan bayonotda aytilishicha, Dunyoda faqat bir butun Xitoy bor. Tayvan muammosi muhokama qilinishi mumkin emas.

Tramp oʻtgan hafta “Wall Streyet” jurnaliga bergan intervьyusida Xitoy hukumati bilan bir qancha mavzularni, shu jumladan “bir butun Xitoy” siyosatini ham muhokama qilishi mumkinligi va yechim sifatida Pekinning valyuta siyosati hamda xalqaro tijorat borasidagi munosabatini belgilashi haqida aytib oʻtgan edi.

Shuningdek, Donald Tramp rahbarligi davrida AQSh tashqi ishlar vaziri boʻlishi kutilayotgan Reks Tillerson “Biz Xitoyning Janubiy Xitoy dengizi orollaridan foydalanishiga toʻsiq qoʻyishimiz kerak. Xitoyning armiya kuchi va harbiy tayyorgarligini koʻz oldimizga keltiradigan boʻlsak, Oq uyning yangi maʼmuriyati katta jangni zimmasiga olmay turib, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizi orollaridan foydalanishiga toʻsqinlik qilish borasi muvaffaqiyatga erisha olmaydi”, degan edi. Bunga javoban Pekin maʼmuriyati, agar AQSh Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidan foydalanishiga toʻsqinlik qiladigan boʻlsa, Xitoy bunga qarshi harbiy jangga tayyor ekanligi haqida ogohlantirdi.

Amerikaning Rossiya va Xitoyga nisbatan amaliy siyosati (“Siyosiy savollarga javoblar”mavzusidan olindi)

Har qanday siyosatchi bugun Amerika oldida turgan asosiy qiyin muammo Xitoyning yuksalib kelayotgani ekanligini osonlik bilan tushuna oladi. Xitoy bir gigant iqtisodni barpo qilishga erishdi. Bunday iqtisod Amerikaning olamdagi iqtisodiy yakka xoʻjayinligiga tahdid qilishning haqiqiy imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Xitoyning harbiy sarf-xarajatlari ham tezlik bilan oʻsib bormoqda. Bu sarf-xarajatlar Rossiya, Britaniya va Frantsiya kabi davlatlar sarf-xarajatlarini birgalikda olganda ham ulardan ancha ortiqdir. Bugina emas, balki Xitoyning koʻpgina harbiy programmalari sirliligicha qolmoqda. Shuning uchun Xitoy amerikalik siyosatchilarning kundalik tashvishi boʻlib qoldi. Amerikalik rasmiylarning bayonotlari oxirgi paytlarda shu yoʻnalishda boʻlib qoldi. Masalan Amerika mudofaa vaziri Eshton Karter Xitoyning yanada harbiylashish ehtimoli yuqoridir, dedi. Uning aytishicha Amerika hozir oʻtish davri bosqichida turibdi… “Vashington – “DPA”: Amerika mudofaa vaziri Eshton Karter Kaliforniya shtatidagi mudofaa klubida: “Isyonga qarshi kurashish va terrorizmga qarshi kurashishdan 14 yil keyin… biz hozir kelajagimizni belgilab berishi mumkin boʻlgan xavfsizlik tahdidlariga qarshi javob zarbasi berish uchun strategik oʻtish davri bosqichi girdobida turibmiz” dedi. Karterning aytishicha Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi yerlarni oʻzlashtirishi yanada harbiylashish va yanada yomonroq xatar ehtimolini oshirdi…”. (Qudsul Arabiy, 2016 yil 8 noyabr). Qolaversa prezident Obamaning aytishicha Amerikaning kelajagi bugun Osiyoda belgilanadi. “Amerika prezidenti Barak Obama oʻzining Amerika tashqi siyosati muvozanatini – bu siyosat Osiyoga yanada kattaroq eʼtibor qaratishi uchun – qayta tiklashga boʻlgan urinishi oʻz prezidentligining bir “oʻtkinchi yangiligi” emasligini aytdi…”. (“Vьentьyan”, “Reyter”, Yettinchi kun, 2016 yil 6 sentyabr). Uning butun eʼtiborni Osiyoga qaratishi Xitoy bilan qarama-qarshilikka kirishish demakdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.