Amerikaning Rossiya va Xitoyga nisbatan amaliy siyosati

475
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Amerikaning Rossiya va Xitoyga nisbatan amaliy siyosati

Savol: Amerika prezidenti Obama 2016 yil 29 dekabrda, yaʼni Oq uydan ketishidan uch hafta oldin Rossiyaga qarshi qator kuchli jazo choralari joriy qilinishini bildirdi. Jumladan, josuslik qilgan, degan bahona bilan Amerikadan 35 rus diplomati haydab chiqariladigan hamda Merilend va Nьyu-Yorkdagi rus diplomatik missiyalari yopiladigan boʻldi… Bunday keskin choralarning barchasi Amerika Rossiyani Amerikadagi saylovlarga qarshi xakerlik hujumida ayblaganidan keyin qoʻllandi… Bu choralarning barchasini mana shu taqozo qilyaptimi? Yoki ruslarning Suriyadagi rolida shu choralarni taqozo qilgan biron oʻzgarish bormi? Yoki bu yerda boshqa sabablar bormi? Tramp Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash zarurligini aytayotgan bir paytda Obamaning bu aloqalarni keskinlashtirayotganiga sabab nima? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob: Javob aniq boʻlishi uchun avvalo yuz bergan ish voqesini, soʻngra savolda kelgan soʻrovlarni koʻrib chiqamiz:

Birinchi: Yuz bergan ish voqesi: Toʻgʻri, AQShning hozirgi maʼmuriyati Amerika-Rossiya aloqalarini haqiqatdan ham keskinlashtiryapti. Rossiya bu “noma”ni tushundi. Shuning uchun bunga darhol qarshi munosabat bildirdi. Kreml rasmiy vakili Peskov “Amerika jazo choralari buzgʻunchilik va dushmanlik ruhidagi kutilmagan choralar boʻlganligini bildirib: Obama maʼmuriyati eng quyi darajaga yetgan Rossiya-Amerika aloqalarini butunlay yemirmoqda – dedi. U Moskva Vashington choralariga qarshi munosib javob berish ustida ishlamoqda – deb bildirdi”. (Rusiyal Yavm kanali va frantsuz kanali, 2016 yil 29 dekabr). Ana shu aloqalarni keskinlashtirish yoʻnalishlaridan biri Amerikaning quyidagi qadamlari boʻldi:

“AQSh prezidenti Barak Obama 2016 yil 15 dekabrda Qoʻshma Shtatlar ruslarning Amerikadagi saylovlarga taʼsir oʻtkazish uchun uyushtirgan xakerlik hujumiga qarshi javob choralarini koʻradi, dedi. Obama “NPR” (National Public Radio) radiosiga bergan intervьyusida izoh berib: har qanday ajnabiy hukumat saylovlarimizning toza oʻtishiga taʼsir qilishga urinadigan boʻlsa biz hech shubhasiz choralar koʻrishga majburmiz, deb bilaman – dedi”. U qoʻshimcha qilib: “Biz oʻzimiz ixtiyor qilgan vaqt va joyda javob chorasini koʻramiz” dedi. Amerika prezidenti soʻzini davom ettirib: “Javob chorasidan baʼzisi aniq-oshkor boʻladi, baʼzisi esa bunday emas…”. (Frans 24 sayti, 2016 yil 16 dekabr). Mana Amerika maʼmuriyatining javobi Obama Rossiyaga qarshi eʼlon qilgan jazo choralarida koʻrindi.
AQSh prezidenti Obama Rossiyaga masxaralash tarzida hujum qilib uni “bir kichkina davlat” deb atadi. U bunday dedi: “Ular kichkina va zaifdir, ularning iqtisodi boshqalar sotib olishni istaydigan biron narsani ishlab chiqarmaydi, neft, gaz va qurol-aslahalardan boshqani ishlab chiqarmayapti va rivojlanmayapti…”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 17 dekabr).
“Reyter axborot agentligiga koʻra Amerika moliya vazirligi 2016 yil 20 dekabrda yetti rus biznesmeniga va sakkizta shirkatga qarshi yangi jazo choralari joriy qilinganini bildirdi. Bu jazo choralari Rossiyaning Qrim yarim orolini anneksiya qilganiga qarshi va Ukrainada boʻlayotgan kurashga norozilik sifatida joriy qilindi… Bu jazo choralari yetti shaxsga qarshi qaratilgan boʻlib, ularning orasida rus hukumatiga yaqin hisoblangan “Rossiya banki”ning bir necha xodimlari ham bor. Moskva oʻziga qoʻshib olgan Qrim yarim orolida ish olib borayotgan toʻrt qurilish va transport shirkatlariga nisbatan ham jazo choralari qoʻllanadigan boʻldi… AQSh maʼmuriyati bu qadam “Rossiyaning Qrimni bosib olishini rad etishni va bu yarim orolni oʻziga qoʻshib olish urinishini tan olishni rad etishni taʼkidlaydi” deb qoʻshimcha qildi…”. (DotMsr, 2016 yil 20 dekabr).
Rossiyaning oʻz yadroviy qurollarini takomillashtirishni davom ettirishiga qarshi javob sifatida Amerika yulduzlar urushi programmasiga qaytish haqida “hirgoyi” qila boshladi. Bu borada fazoni harbiylashtirishga ruxsat beradigan Amerika qonunlariga tuzatish kiritildi “shuni koʻrsatib oʻtish kerakki, Amerika kongressi tasdiqlanish bosqichida turgan qonun loyihasiga ikkita muhim tuzatish kiritdi, ulardan biri Vashingtonning raketaga qarshi mudofaasini yoyib joylashtirishi cheklangan boʻlishini bekor qilsa, ikkinchisi bu sistemadagi yangi komponent (tarkibiy qism)larni loyihalashtirish ishini boshlashni taqozo qiladi, bu ish kelajakda shu sistemani fazoda joylashtirishga yoʻl hozirlash uchundir. “Los-Anjeles Tayms” gazetasi respublikachilar partiyasidan saylangan namoyandalar palatasi aʼzosi va ikkala tuzatishni ilgari surganlarning eng kattasi Trent Frenksning eʼtirofini keltirdi. Uning tan olishicha ikkala tuzatish “strategik mudofaa tashabbusi” programmasiga asoslanadi, bu programmani prezident Ronalьd Reygan 1983 yilda boshlagan edi, uni “yulduzlar urushi” deb ham ataladi…”. (Dorul Axbor sayti, 2016 yil 24 dekabr). Undan maqsad Rossiya bilan vaziyatni keskinlashtirishdir.
Amerika namoyandalar palatasi 2016 yil 2 dekabr juma kuni 2017 yilda Amerika mudofaa vazirligiga “Rossiyani tiyib qoʻyish” uchun 3,4 milliard dollar ajratib beradigan qonun loyihasini qabul qildi. Bu qonun loyihasini namoyandalar palatasining 390 aʼzosi maʼqulladi, faqat 30 namoyandagina qarshi ovoz berdi. Amerika mudofaa vaziri Eshton Karter mudofaa byudjeti loyihasini kongressga taklif qilish chogʻida Qoʻshma Shtatlarning “NATOdagi ittifoqchilarini rus agressiyasiga qarshi turishda qoʻllab-quvvatlash uchun oʻzining Yevropadagi pozitsiyalarini kuchaytirishini” bildirgan edi…”. (Rus sputnik agentligi, 2016 yil 3 dekabr).
Bunga qoʻshimcha oʻlaroq Amerika Rossiyaning Suriya krizisini hal qilishdagi martabasini tushirdi va Kerri-Lavrov ikkiligini Rossiya-Turkiya ikkiligiga almashtirdi. Moskva Kerri-Lavrov ikkiligi bilan koʻp faxrlanib kelayotgan va unga Rossiya buyukligining qayta tiklanishining bir ishorasi sifatida qarab kelayotgan edi. Amerika garchi rus va turklarning Suriyadagi harakatlarini – oʻzining Suriyadagi rejalarini shu taraflar amalga oshirishini kafolatlash uchun – qoʻllab-quvvatlab, doimiy aloqada boʻlib kelayotgan boʻlsa ham lekin Rossiya-Amerika ifodasi oʻrniga Rossiya-Turkiya ifodasi qoʻllanadigan boʻlgani Rossiyaning xalqaro martabasini Turkiyadek davlat darajasiga tushirib qoʻyish hisoblanadi. Buni ham Amerikaning Rossiyaga bosim oʻtkazishi doirasiga kiritish mumkin.
Bu keskinlashish Rossiyani haqiqatdan ham qoʻrqitib yubordi. Chunki Obama joriy qilgan Amerika jazo choralariga qarshi javob berish borasida Rossiya prezidenti quyidagilarni aytdi: “Moskva oʻziga qarshi joriy qilingan yangi Amerika jazo choralariga qarshi oʻzining javob berish huquqini saqlab qoladi. Lekin Moskva Amerika maʼmuriyati tushgan hozirgi darajagacha tushmaydi va diplomatlarni aslo nishonga olmaydi”. U bunday deb qoʻshimcha qildi: “Biz amerikalik diplomatlar uchun muammolarni paydo qilmaymiz va birontasini haydab chiqarmaymiz. Biz ularning oila-aʼzolari va bolalarining yangi yil bayrami chogʻida odatda foydalanib kelishgan joylardan foydalanishlarini man qilmaymiz. Bunga qoʻshimcha oʻlaroq biz Rossiyadagi amerikalik diplomatlarning bolalarini Kremlda oʻtkaziladigan yangi yil tantanalariga va rojdestvoga taklif qilamiz…”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 30 dekabr). Moskvaning odatda bunday holatlarda muomalaga qarab muomala qilish boʻlgan qarshi javob berishdan ortga chekinganligi quyidagi ikki masalaga dalolat qiladi:
Birinchi masala: Moskvaning Vashington bilan yuz bergan bu krizis maqsadlaridan va oqibatlaridan qattiq qoʻrqayotgani.

Ikkinchi masala: Moskvaning Vashingtondagi yangi Tramp maʼmuriyati ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar strukturasini Moskva rozi boʻladigan asoslarda qayta yoʻlga qoʻyishiga umid bogʻlayotgani. Rossiya oʻzining hammaga tanish zaif siyosiy tajribasi sababli boʻlgʻusi prezident Tramp Rossiyaga nisbatan qarashda oʻzining oʻtmishdoshi Obamadan farq qiladi deb xayol qilmoqda. Ruslar Amerikadagi boshqaruvning keng muassasalari har qanday prezidentni – u qaysi partiyadan boʻlmasin – oʻz mamlakatining tashqi siyosatini davom ettirishga majburlashini va Obama bilan Tramp oʻrtasidagi farqdan ham Amerikaning allaqachon chizib qoʻyilgan siyosatini amalga oshirish maqsad qilinishini hisobga olishmayapti.

Ikkinchi: savolda kelgan soʻrovlarni koʻrib chiqish:

Obama maʼmuriyati Rossiyaga qarshi joriy qilgan bu kuchli jazo choralari Amerika ruslarning Suriyadagi xalqaro vazifani bajarishda oʻzgarishsiz davom etaverishlariga ishonch hosil qilib xotirjam boʻlgan bir sharoitda yuzaga kelmoqda. Zero, Rossiya oʻziga yuklangan bu vazifani eng mukammal tarzda bajarmoqda. Amerika Rossiyani Suriya botqogʻiga undan chiqolmaydigan darajada puxta botirib tashladi. Amerika bundan xotirjam boʻlgach Rossiya martabasini oʻzining yugurdak vakili turk rejimi bilan Suriya boʻyicha sherik boʻlish darajasiga tushirdi. Rossiya asosiy oʻyinchi Amerika rejimi bilan sherik boʻlish oʻrniga turk rejimi bilan sherik boʻladigan boʻldi… Shular sababli demak Amerikaning Rossiya bilan boʻlgan aloqalarini keskinlashtirishining va unga tobora koʻproq bosim oʻtkazishining Suriya masalasiga hech bir aloqasi yoʻq. Chunki Rossiya hozirgina aytib oʻtganimizdek Suriya borasida Amerika manfaatlariga xizmat qilishni qattiq turib davom ettirmoqda. Bunga Amerika aslo shubha qilmaydi. Aksincha Rossiyaning Suriya borasidagi siyosati Amerikaning Eron, uning yugurdaklari, Suriya rejimi, Turkiya va unga malay boʻlgan oppozitsiyadan iborat tobelari ixtiyoriga qamalib qoldi. Shuning uchun Rossiya oʻzining mustaqil siyosatini yurgizolmaydi va Suriyadan uni nomaʼlumlikka tashlab chiqib ham ketolmaydi. Shuning uchun ham Rossiya oʻzining Loziqiya va Tartusdagi harbiy bazalarini mustahkamlab kengaytirmoqda… Rossiya – agar uning Suriyada eʼtiborli quruqlik kuchlari yoʻqligini hisobga olinadigan boʻlsa – Suriyadagi jang harakatlariga oʻz hukmini ham oʻtkaza olmaydi. Shular sababli demak ruslarning Suriyadagi roli nafaqat oʻzgarmas boʻlib qoldi, balki Amerika siyosati bilan, uning Suriya krizisida rol oʻynayotgan tobelari bilan kishanlanib ham qoldi… Shuning uchun demak bu keskinlikka sabab Rossiyaning oʻziga Suriya borasida Amerika chizib bergan roldan voz kechgani emas, chunki Rossiya oʻziga Amerika chizib bergan roldan voz kechgani yoʻq.
Prezident Obama eʼlon qilgan Amerika jazo choralari demokratlar partiyasi va bu partiyaning prezidentlikka koʻrsatgan nomzodi Xillari Klintonning saylovda yutqazishiga hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan xakerlik hujumiga qarshi gʻazabga toʻlib bildirilgan reaktsiya (qarshi munosabat)dir, deb oʻylash hargiz joiz boʻlmaydi. Chunki agar shunday boʻlganida edi Obama maʼmuriyati – hali saylov kollegiyasi Trampning 2016 yil 19 dekabrda Qoʻshma Shtatlarning rasman prezidenti etib saylanganini tasdiqlashidan oldinoq – jazo choralari mavzusini darhol tezlatgan boʻlardi… Bu masalani yangi prezident saylanib boʻlib va uni ulardagi konstitutsion institutlar tasdiqlab boʻlganidan keyin qoʻzgʻash esa ana shu saylovlarning haqiqiy boʻlganiga va boʻlgʻusi prezidentning haqiqiy saylanganiga kuchli shubha tugʻdirar edi. Bunga hissa qoʻshishni esa hech qaysi Amerika maʼmuriyati istamaydi… Biz qandaydir shart-sharoitlar jazo choralarining saylov natijalari tasdiqlanishidan oldin boʻlishiga toʻsqinlik qildi deb taxmin qilgan taqdirda ham buyuk davlatlarning siyosiy tushunchasi shuni taqozo qiladiki bunday davlat boʻlgʻusi prezidentning gʻalaba qozongani tan olinganidan keyin saylov natijalarini eʼlon qilishga majbur boʻlib qolsa xakerlik hujumidan boshqa ishlarni sabab qilib koʻrsatadi, maʼmuriyatga kelayotgan prezidentning haqiqatdan ham gʻalaba qozongani haqidagi shak-shubhalarni bartaraf qilish uchun shunday qiladi. Rossiyaning saylovlarga aralashganini hujjat qilib bu jazo choralari yangi prezidentning gʻalaba qozongani rasman tasdiqlanganidan keyin qoʻllandi. Demak, Rossiyaning saylovlarga aralashgani keskinlikning haqiqiy sababi emas.
Rossiyaning oʻz yadroviy arsenalini va ballistik raketalarini takomillashtirishi Amerikaning hozirgi bosimlariga sabab boʻldi, bu rus prezidenti aytgan gaplarga qarshi bildirilgan munosabat boʻldi, degan fikr aytilishi ham mumkin “Prezident Putin Moskvada mudofaa vazirligi rahbariyati bilan oʻtkazgan yigʻinda: “Yadroviy strategik kuchlar qobiliyatini yangi sifat darajasiga koʻtarish zarur, bunday daraja Rossiyani qurshab kelayotgan harbiy xatarlarga qarshi kurashish imkonini beradi” dedi…”. (Onadoli agentligi sayti, 2016 yil 22 dekabr). Buning biron taʼsiri boʻlganida ham lekin Rossiya iqtisodining kichik hajmda ekanligi Moskvaning bu yoʻnalishdagi harakatlarini jiddiy boʻlmagan harakatlar qilib qoʻyadi. Qolaversa, Qoʻshma Shtatlar va umuman Gʻarb Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin Rossiya sanoatining keng tayanchlarini yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Natijada Rossiya – garchi oʻz harbiy sanoatining katta miqdorini saqlab qolgan boʻlsa ham – xom-ashyolarni eksport qiladigan davlatga aylanib qoldi. Yaʼni Rossiya xalqaro maydonda Amerika bilan raqobatlashishga harakat qilmaydi. Aksincha u Amerikadan Rossiyaning xalqaro siyosatdagi rolini qabul qilishini talab qilyapti, xolos. Amerika esa bu talablarni butunlay rad etmoqda. Hatto Rossiyaning Suriyada Amerikaga xizmat qilayotgani ham Amerikani Rossiyani bir buyuk davlat sifatida tan olishga va uni boshqa xalqaro masalalarda sherik qilishga tortolmadi. Yaʼni, Sovet Ittifoqi merosxoʻri boʻlgan va Amerika-Sovet kelishuvi tarixi sahifalarini meros qilib olgan Rossiya oʻzining Suriyada Amerika bilan hamkorlik qilishi keng doiradagi kelishuvga olib keladi, deb umid qilgan edi. Shuning uchun Rossiya Amerikadan xalqaro maydonda yanada koʻproq hamkorlik qilishni talab qilib kelayotgan edi. Bu esa faqat ruslarning siyosiy kaltabinligiga dalolat qiladi, xolos. Chunki, Amerika Sovet Ittifoqi bilan tuzgan kelishuvi sahifalarini allaqachon yirtib, maydalab tashlagan. Amerika Sovet Ittifoqi bilan kelishuvni – Sovet Ittifoqining olam boʻylab taʼsirli va sezilarli taʼsiri bor paytida – tuzgan edi. Shunday ekan Amerika hozir Obama kichkina davlat deb atagan Rossiya bilan bunday kelishuv tuzishni qanday qabul qilishi mumkin, axir?! Zero Rossiya bunday yangi kichik hajmi bilan Amerikaga – bu keskinlikni taqozo qiladigan – haqiqiy tahdid sololmaydi. Bularning barchasi Rossiyaning oʻz yadroviy arsenalini takomillashtirish haqidagi bayonotlari Obamaning Rossiya bilan aloqalarni keskinlashtirishining haqiqiy sababi emasligini koʻrsatib turibdi.
Uchinchi: shunday qilib demak yuqorida aytilgan holatlar bu keskinlikning haqiqiy sabablari emas. Aksincha sabab boshqa narsadir. Buni quyidagi ishlarni tadabbur qilish bilan tushunib olish mumkin:

Har qanday siyosatchi bugun Amerika oldida turgan asosiy qiyin muammo Xitoyning yuksalib kelayotgani ekanligini osonlik bilan tushuna oladi. Xitoy bir gigant iqtisodni barpo qilishga erishdi. Bunday iqtisod Amerikaning olamdagi iqtisodiy yakka xoʻjayinligiga tahdid qilishning haqiqiy imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Xitoyning harbiy sarf-xarajatlari ham tezlik bilan oʻsib bormoqda. Bu sarf-xarajatlar Rossiya, Britaniya va Frantsiya kabi davlatlar sarf-xarajatlarini birgalikda olganda ham ulardan ancha ortiqdir. Bugina emas, balki Xitoyning koʻpgina harbiy programmalari sirliligicha qolmoqda. Shuning uchun Xitoy amerikalik siyosatchilarning kundalik tashvishi boʻlib qoldi. Amerikalik rasmiylarning bayonotlari oxirgi paytlarda shu yoʻnalishda boʻlib qoldi. Masalan Amerika mudofaa vaziri Eshton Karter Xitoyning yanada harbiylashish ehtimoli yuqoridir, dedi. Uning aytishicha Amerika hozir oʻtish davri bosqichida turibdi… “Vashington – “DPA”: Amerika mudofaa vaziri Eshton Karter Kaliforniya shtatidagi mudofaa klubida: “Isyonga qarshi kurashish va terrorizmga qarshi kurashishdan 14 yil keyin… biz hozir kelajagimizni belgilab berishi mumkin boʻlgan xavfsizlik tahdidlariga qarshi javob zarbasi berish uchun strategik oʻtish davri bosqichi girdobida turibmiz” dedi. Karterning aytishicha Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi yerlarni oʻzlashtirishi yanada harbiylashish va yanada yomonroq xatar ehtimolini oshirdi…”. (Qudsul Arabiy, 2016 yil 8 noyabr). Qolaversa prezident Obamaning aytishicha Amerikaning kelajagi bugun Osiyoda belgilanadi. “Amerika prezidenti Barak Obama oʻzining Amerika tashqi siyosati muvozanatini – bu siyosat Osiyoga yanada kattaroq eʼtibor qaratishi uchun – qayta tiklashga boʻlgan urinishi oʻz prezidentligining bir “oʻtkinchi yangiligi” emasligini aytdi…”. (“Vьentьyan”, “Reyter”, Yettinchi kun, 2016 yil 6 sentyabr). Uning butun eʼtiborni Osiyoga qaratishi Xitoy bilan qarama-qarshilikka kirishish demakdir.
Amerika Sovet Ittifoqi davrida Xitoy bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida kommunistik partiyaning birligi undovi bilan oʻzaro yaqinlashish boʻlganiga guvoh boʻlgan edi. Oʻsha davrda Amerika Sovet Ittifoqini magʻlub qilishga jiddiy harakat qilayotgan edi. Shuning uchun Sovet Ittifoqining Xitoy bilan yaqinlashishini jiddiy xatar sifatida qabul qildi. Shu bois bu oʻzaro yaqinlashishni boʻlib ajratib tashlashga harakat qila boshladi. Bu Sovet Ittifoqini zaiflashtirib uni magʻlub qilish uchun tashlangan bir zaruriy qadam edi. Oʻsha davrda Kissinjerning Xitoy bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasidagi aloqalarga putur yetkazishga oid rejasi paydo boʻldi va Kissinjer bu borada katta muvaffaqiyat qozondi… Hozir esa ana shu voqelikning aksi boʻlyapti. Chunki endilikda Amerika Xitoyning kuchayishidan qoʻrqmoqda va Xitoy bilan Rossiya oʻrtasida oʻzaro yaqinlashish sodir boʻlayotganini sezmoqda. Amerika bu yaqinlashishni – Xitoyni yakkalab qoʻyib zaiflashtirish uchun bir zaruriy qadam sifatida – yoʻq qilishni istaydi. Yaʼni Amerika ilgarigidek ish tutmoqchi, lekin bu safar boshqacha yoʻl bilan. “Vashington Post” gazetasi mana shunga ishora qildi. “Rusiyal Yavm” 2016 yil 18 dekabrda shu gazetadan olingan quyidagi soʻzlarni keltirdi: “Maqolada kelishicha 45 yil oldin sobiq Amerika prezidenti Nikson “uchlik”: Sovet Ittifoqi-Qoʻshma Shtatlar-Xitoy tuzilmasini oʻzgartirishga urindi. Bunda u Pekin bilan aloqalarni rivojlantirishga kirishishga umid bogʻladi. 1972 yil 4 fevralda Nikson oʻzining oʻsha paytdagi milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Kissinjer bilan uchrashib oʻzining Xitoyga qiladigan safarini u bilan muhokama qildi. Kissinjer ana shu uchrashuv chogʻida prezident Niksonga “Xitoylar ham ruslar kabi bab-baravar xatarlidir, hatto ular yaqin kelajakda ruslardan ham xatarliroq boʻlishadi” dedi. U prezident Niksonga xitob qilib “20 yildan keyin keladigan Amerika prezidenti sizga oʻxshagan dono boʻlsa oʻzining xitoyliklarga qarshi siyosatida ruslarga tayanadi” deb qoʻshimcha qildi”.
Bu bilan esa Amerikaning Rossiyaga qarshi oxirgi jazo choralari nega joriy qilinganinigina emas, balki Amerikaning Rossiyaga qilayotgan bosimlari bir muncha davrdan beri nega davom etib kelayotganini ham tushunib olish mumkin. Respublikachilar partiyasining, yaʼni yaqinda Oq uyga keladigan prezident Tramp partiyasining kongressdagi koʻpchilik aʼzolari mana shu bosim bilan chiqishmoqda. Demokratlar partiyasi ham shu bosim bilan chiqmoqda. Bu bosim Amerikaning Rossiyaga qarshi yangi siyosatidir. Undan maqsad Rossiyani Xitoyga qarshi Qoʻshma Shtatlar bilan ittifoqchi boʻlishga tortishdir. Goʻyo Amerika: Obama idorasi Amerika-Rossiya aloqalarini yemirib ularni eng quyi darajaga tushirib qoʻydi. Lekin Rossiya prezident Tramp Oq uyga kelishi bilan oʻzining Vashington bilan boʻlgan aloqalarini yaxshilash uchun bir oltin fursatga ega boʻladi – demoqda. Ruslar ham buni ochiq-oshkor aytishmoqda. Yaʼni Amerikadagi boshqaruvning oʻzgarmas muassasalari Obama idorasining qolgan kunlaridan Rossiya bilan munosabatlarni tez keskinlashtirish uchun foydalanmoqda. Buni qasddan qilmoqda. Chunki shunda Rossiya uchun bir najot chambaragi va umid qolmaydi. Rossiya uchun Oq uyga keladigan Tramp maʼmuriyati bilan, bitimlarga ishonadigan ana shu maʼmuriyat bilan til topishishdan boshqa yoʻl qolmaydi. Yaʼni Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash faqat Xitoy xususida Rossiya bilan bir yirik bitim tuzish bilangina boʻladi. Amerika bu ishni amalga oshirish uchun prezident Tramp prezident Putinni hurmat qilishi, shuning uchun ikkalasi Xitoyga qarshi doʻstlar sifatida ittifoqchi boʻlishlari mumkinligi haqida tarqalayotgan mish-mishlardan foydalanmoqchi.
Bu ehtimolni kuchaytiradigan narsa shuki, Oq uyga kelayotgan prezident Tramp hali oʻz mansabi vazifalariga kirishmay turib Amerika-Xitoy aloqalarini yanada keskinlashtirishga kirishdi. U Xitoy tovarlariga katta soliqlar solish va Amerika shirkatlarini qaytib kelishga qiziqtirish haqida saylov oldidan oʻzi bergan vaʼdalarni bajarishini aytmoqda. Bu esa Xitoy uchun katta tijoriy tahdiddir. Tramp Tayvan prezidenti bilan bogʻlanish tashabbusi bilan chiqdi. Bu bir xatarli hodisadir. Bu hodisa Amerika oʻzining Xitoyga bosim oʻtkazish, jumladan “bir butun Xitoy” siyosatidan voz kechish bilan tahdid qilish kartalarini aralash-quralash qilayotganini koʻrsatadi. Bu esa Xitoy bir katta siyosiy tahdiddir. Shuning uchun yangi Amerika maʼmuriyatining eng birlamchi vazifasi Xitoyning yuksalishi masalasini hal qilishdir. “Rusiyal Yavm” 2016 yil 18 dekabrda “Vashington Post”dan olgan ushbu xabarni tarqatdi: “Amerikaning saylangan prezidenti Donalьd Trampning ish yuritishi uning Xitoy borasidagi Amerika siyosatini qayta koʻrib chiqish imkoniyatini oʻrganib chiqayotganini aytib turibdi. Tramp Pekinga nisbatan qattiqqoʻl siyosatni koʻrsatishga chaqirdi. Buni u oʻzining intervьyularida va telefon orqali soʻzlashuvlarida bildirdi. Yangi saylangan Amerika prezidenti Tayvan prezidenti bilan telefon orqali bogʻlandi. Bu esa bir necha oʻn yillardan beri ilk marta boʻlmoqda. Yaqinda esa Tramp “Foks Nьyus” kanali bilan boʻlgan muloqot chogʻida Vashingtonning “bir butun Xitoy” siyosati printsiplariga yopishib olganligi toʻgʻri ish ekanligiga oʻzining shubhada ekanligini bildirdi. Maʼlumki Qoʻshma Shtatlar bu siyosatni prezident Niksonning Xitoyga qilgan tarixiy safaridan buyon yurgizib kelmoqda. Ayni vaqtda Tramp Xitoyni tijoriy sohada makru hiylalar ishlatganlikda ham aybladi”.
Ammo Trampning Xitoyga qarshi Rossiya bilan bitim tuzishi qanday boʻladi. Amerika albatta zaif rus iqtisodini Xitoyga qarshi qoʻyishni rejalashtirayotgani yoʻq. Amerika rus saqofatini Xitoyga qarshi ishga solishni ham rejalashtirayotgani yoʻq. Chunki Rossiya oʻzida sotsializm qulaganidan keyin oʻziga xos boʻlgan har qanday saqofatdan xoli boʻlgan bir mamlakat boʻlib qoldi. Aksincha Amerikaning koʻzi Rossiyaning harbiy qudratiga tikilmoqda. Amerika bu qudratdan Xitoy borasida foydalanishi mumkin. Masalan Amerika Rossiyani Shimoliy Koreyaning yadroviy qurollariga qarshi ishtirok etishga yoki Rossiyadan yoki Oʻrta Osiyodan Xitoyga energiya manbalarini yetkazib berishlarga tahdid qilishda ishtirok etishga taklif qilishi mumkin. Yoki Amerika Rossiyani hatto Xitoy dengizidagi kemalarning erkin qatnovi toʻgʻrisida bir maxsus siyosatni joriy qilishda ishtirok etishga va Xitoyni bu orollardan siqib chiqarishga oid Amerika harakatlariga sherik boʻlishga taklif qilishi ham mumkin… Bu variantlarning barchasi hamda Rossiyani Xitoy bilan bevosita qarama-qarshilikka kirishga majbur qilish, bularning barchasi Rossiya uchun xalqaro maydonda oʻz joniga qasd qilish demakdir. Lekin Rossiya zohirda oʻzini buyuk davlat sifatida saqlab qolishi evaziga oʻzini Amerikaning mana shu siyosatlari tuzogʻida koʻrishi mumkin!! Rossiyaning Xitoyga qarshi uni oʻz tomoniga qoʻyish uchun Amerika oʻtkazayotgan bosimlardan qochib qutula olishini tasavvur qilish qiyin. Chunki Rossiya siyosiy kaltabinlik kasaliga chalingan. Uning bu kasalligi surunkali kasallikka aylandi. Shuning uchun Rossiya oqibatlarga baho berolmaydi. Masalan Rossiya oʻzining Suriyaga vahshiyona aralashuvi sababli musulmonlar bildirgan qarshi munosabatlarga ham beparvolik koʻrsatib kelmoqda. Bunga sabab Rossiyaning kaltabinligidir. Chunki u musulmonlarga nisbatan podshohlar va hozirgi prezidentlarga xos boʻlgan xarakterda qaramoqda. Natijada ularda oʻziga tahdid soladigan narsani koʻrmayapti. Rossiya Amerikaning ana shu podshohlar va prezidentlardan koʻra uzoqroqni koʻra olgani uchun Suriyadagi bu vazifani oʻzi bajarishidan bosh tortganini tushunib yetmayapti. Shularning barchasiga asoslanib demak aytish mumkinki Obama eʼlon qilgan jazo choralari va bu qasddan keskinlashtirishdan maqsad Rossiyani burchakka qisib qoʻyib uni “doʻsti” Tramp tomonga tortishdir! Natijada Trampning Rossiya bilan – uni Xitoydan yiroqlatishga oid – bitim tuzishgagina emas, balki Xitoyga qarshi dushmanlik harakatlarini amalga oshirishga ham yoʻl hozirlangan boʻladi. Bu keskinlikning kuchliroq ehtimol tutilgan sababi mana shudir. Obama oʻz prezidentligining oxirgi kunlarida Trampga yoʻlni hozirlab qoʻyish uchun shu keskinlikka tayanmoqda. Chunki ana shunda Tramp Amerikaning mazkur siyosatidan koʻzlangan maqsadni amalga oshira oladi. Bu siyosatni Amerika muassasalari yangi davr uchun ishlab chiqdi. Bunga ishoralar dalolat qilib turibdi… Chunki Amerika siyosatini muassasalar belgilaydi va uni prezidentlar – prezident qaysi partiyadan boʻlmasin – bajaradi.
Xitoy haqida aytadigan boʻlsak, u oʻzini xatar qurshab kelayotganini yaxshi tushunib turibdi. Shuning uchun Xitoy Rossiyani – garchi ehtiyotkorlik bilan boʻlsa ham – investitsiyalar bilan qiziqtirmoqda, Rossiya bilan birgalikda mushtarak harbiy manyovrlarni oʻtkazmoqda va Suriya xususida xavfsizlik kengashida vetoga taalluqli masalalarda Rossiyani yoqlab ovoz bermoqda. Bularning barchasini Xitoy Vashingtonning Rossiyadan oʻziga qarshi foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun amalga oshirmoqda. Lekin Rossiyaga nisbatan xitoylik siyosatchilar zehnidagi dushmanona qarash deyarli mustahkam tomir otib ulgurgandir. Biroq tobora ulkanlashayotgan Xitoy iqtisodi talab qilayotgan yangi manfaatlar va bu iqtisodning Rossiyada moʻl-koʻl topiladigan xom ashyolarga va energiya resurslariga oʻta muhtojligi ana shu dushmanlik qarashini parda ortiga yashirishga majbur qilmoqda.
Xitoy Amerikaning oʻziga dushmanligini ham yaxshi tushunadi. Shuning uchun Obama bilan – uning Xitoyga qilgan oxirgi safari chogʻida – yuz bergan hodisa – uni kamsitishning bir turi boʻlganligi ehtimoldan uzoq emasligi buni koʻrsatib turgan ishoralardan biridir “oʻzining Qoʻshma Shtatlar prezidenti sifatida Xitoyga qilgan oxirgi safari chogʻida Amerika prezidenti Barak Obama yigirmalik sammitida qatnashish uchun oʻzini Xanchjou aeroportiga olib kelgan samolyotning ortidagi favqulodda (avariya holatida foydalaniladigan) zinapoyadan foydalanishga majbur boʻldi. Bunga biron yongʻin yoki texnik nosozlik sabab boʻlgani yoʻq. Balki Xitoy maʼmurlarining unga odatdagidek samolyotning old qismidan chiqishi uchun maxsus zinapoyani hozirlamaganliklari sabab boʻldi. Kuzatuvchilarning fikricha Xitoy Amerika prezidentini qasddan tahqirladi va bu ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarning qanchalik keskinlashganini aks ettirib turibdi. Maʼlumki ikkala mamlakat bir qancha ishlar va masalalarda kelisha olmayapti. Bu masalalar boshida Qoʻshma Shtatlar va Janubiy Koreyaning shu Janubiy Koreya yerlarida raketaga qarshi mudofaa sistemasini joylashtirishni eʼlon qilganligi turibdi. Amerikaning janubiy Xitoy dengizi borasida Xitoy bilan Filippin oʻrtasidagi nizoga nisbatan tutgan pozitsiyasi va Vashingtonning Xitoy poʻlat importlariga qoʻshimcha boj soliqlarini solish toʻgʻrisidagi oxirgi qarori ham bor…”. (Al-Jazira, 2016 yil 5 sentyabr).

Zamon hazillaridan biri shuki, sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi va sobiq Amerika tashqi ishlar vaziri Kissenjerning shaxsan oʻzi – keksayib qolganiga qaramay – bugun ruslarning kelayotgan prezident Tramp bilan yarashuv tuzishining “choʻqintiruvchi otasi” boʻlib turibdi. Shuning uchun uning shaxsan oʻzi Moskvaga kelib mana shu yoʻnalishga, yaʼni Xitoyga qarshi Rossiya bilan ittifoqchi boʻlish yoʻnalishiga undash uchun Putin bilan uchrashmoqda. Rossiya Kissenjer oʻzining (yaʼni Rossiyaning) manfaatlari haqida qaygʻuryapti degan xayolda buni olqishlamoqda! Chunki “Rus prezidentining matbuot vakili Dmitriy Peskov, Moskva sobiq Amerika tashqi ishlar vaziri Kissenjerning Rossiya bilan AQSh oʻrtasidagi aloqalarni tiklashda ishtirok etishini olqishlaydi, deb bildirdi. Peskov seshanba kuni bergan intervьyularida sobiq Amerika tashqi ishlar vaziri Kissenjer eng dono, zakovatli va bilimdon siyosatchilardan biridir, u Rossiya ishlari boʻyicha va Amerika-Rossiya aloqalari sohasida chuqur tajribaga ega – dedi…”. (Arabiyya axborot tarmogʻi sayti, 2016 yil 27 dekabr).
Bu yoʻnalishga Yevropadagi baʼzi xabardor manbalar ham ishora qilmoqda. Masalan “Rusiyal Yavm” 2016 yil 28 dekabrda quyidagi xabarni tarqatdi: “Germaniyaning “Bild” gazetasi yozishicha, Kissenjer Xitoy qudratining oshib borayotganini hisobga olinsa Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash zarur, degan fikrdadir. Bu sobiq Amerika tashqi ishlar vaziri tajribali muzokarachidir, shuning uchun u shaxsan oʻzi prezident Putin bilan uchrashdi. U ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilashda vositachi boʻlishi ham mumkin. Nemis gazetasining yana bildirishicha Tramp Genri Kissenjerning maslahatiga binoan Rossiyadan jazo choralarini olib tashlashga harakat qiladi, buni maxsus Yevropa idoralari talabi bilan oʻtkazilgan tahlil ham koʻrsatib turibdi. Bu tahlil prezident Trampning oʻtish davri komandasidan olingan maʼlumotlarga asoslangan…”.

Bularning barchasi Amerikaning ikki tomon: Rossiya va Xitoy yoʻnalishi boʻylab amaliy siyosatni amalga oshirayotganini koʻrsatib turibdi. Bu siyosatdan koʻzlangan asosiy maqsad Rossiyani Xitoyga qarshi Amerikaga xizmat qilishga majbur qilishdir. Obama maʼmuriyati bu siyosatni Rossiyaga bosim oʻtkazish bosqichini ochish bilan boshlab berdi va bu maʼmuriyat kelayotgan prezident Trampning bu bosqich bitimini tuzishini rejalashtirmoqda. Amerika Rossiyaning Amerika bosimlariga albatta boʻysunishi va Xitoyga qarshi Amerika bilan birgalikda harakat boshlashi xususida hech qanday shubha bildirmayapti.

Toʻrtinchi: shunday qilib yirik davlatlar va hatto yirik boʻlmagan davlatlar ham oʻz manfaatlariga erishishda oʻzaro kurashmoqda. Bunda farq bu davlatlar nufuzlaridagi farqqa qarab boʻladi. Bu davlatlar birgalikda keltirib chiqarayotgan oqibat esa olam boʻylab shundoq koʻzga tashlanib turgan mana shu baxtsizlik va yovuzlikdir… Alamlisi Islomning ishlar jilovini oʻz qoʻliga oladigan va bu olamni es-hushiga qaytarib, faqat Islom yurtlaridagina emas, balki olamning barcha tomonida yaxshilikni yoyadigan davlatining yoʻq boʻlib turganidir. Shunga qaramay Islomda

“Allohga bergan (U zotning yoʻlida jihod qilib, shahid boʻlish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq boʻlgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar oʻz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʻldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid boʻlishga) intizordir. Ular (Allohga bergan ahdu paymonlarini) oʻzgartirganlari yoʻq” [Ahzob 23]

haqiqiy er oʻgʻlonlari bor. Ular Alloh izni ila Islom davlatini, roshid Xalifalikni qayta tiklaydilar. Xalifalik olamdagi muvozanatni yaxshilik tomon buradi.

“Albatta Alloh Oʻzi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yoʻqdir). Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-oʻlchov qilib qoʻygandir” [Taloq 3]

7 robius-soniy 1438h

5 yanvar 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.