Livandagi suriyalik qochqinlar va toifachilar zulmi!

73
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Livandagi suriyalik qochqinlar va toifachilar zulmi!

Suriyaning hamon Rossiya, Amerika va toifachi jangarilar bosqini ostida qolayotganiga qaramay, Livandagi ba’zi irqchi va toifachi nasroniy partiyalarning suriyalik qochqinlarni mamlakatdan chiqarib, qonxo‘r Asad rejimiga qaytarishga bo‘lgan talablari tobora kuchayayotgan bir paytda, Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi quyidagilarni ta’kidladi:

«Urushlardagi qochqin va muhojirlar masalasi gumanitar masala bo‘lib, siyosiy hokimiyat tomonidan insof va adolatli munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Livandagi siyosiy hokimiyat esa bu qochqin va muhojirlarning harakat erkinliklarini cheklash yoki ularni notinch va yashash uchun yaroqsiz lagerlarga joylashtirish orqali ularga nisbatan har doim adolatsiz va irqchilik asosida muomala qilib keldi. Dunyoga kelgandan beri shu holatda bo‘lgan bu partiyalarning irqchilik va toifachilik asosidagi bunday chaqiriqlari bizni ajablantirmaydi. Balki biz Livan xavfsizlik apparatining o‘z vakolatiga zid ravishda va hech qanday qonuniy asoslarsiz qochqinlarga nisbatan urush maydonlarida ko‘riladigan choralarni ko‘rayotganidan, bunga hukumat va uning vaziri miq etmayotganidan hayron qolyapmiz! Bu esa, Yevropa davlatlarini shantaj qilishga qaratilgan amerikalik xo‘jayinlarining rejasini amalga oshirishda ushbu hokimiyat va hukumatning qo‘li borligini tasdiqlaydi».

Matbuot bayonotida Livandagi musulmonlarga murojaat qilinib, bunday deyildi:

«Bu mamlakat siyosatchilarining xatti-harakatlaridan hamda xavfsizlik xizmati qo‘lini suriyaliklardan tiyib qo‘yish uchun ularga bosim o‘tkazishdan siz musulmonlar javobgarsiz. Chunki agar qochqinlar musulmonlar emas boshqalar bo‘lganida edi, bu toifachi elitadan bunday xatti-harakat sodir bo‘lmasdi! Misr, Saudiya va Turkiya rejimlarining Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirishi sizni aldab qo‘ymasin. Chunki bu rejimlar Amerikaning qarori bilan harakat qilishadi. Amerikaning mintaqa musulmonlariga nisbatan repressiv munosabatda bo‘layotganligining sababi musulmonlarning Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Livan va Erondagi Amerika dumlariga qarshi qo‘zg‘olon qilganliklaridir. Livandagi siyosiy hokimiyatning qochqin va muhojirlarga qarshi shunday irqchi va toifachilik siyosatini olib borayotganligi ham ayni normallashuvning bir ifodasidir».

Bayonot so‘nggida Livan hukumatini bunday siyosatni davom ettirishdan ogohlantirib, bunday deyildi:

«Mustamlakachilar qudrati pasayishni boshladi. Ular barcha shakl va malaylari bilan qo‘shib supurib tashlanmaguncha islomiy yurtlardagi musulmonlarning ko‘ngli xotirjam bo‘lmaydi. Shuning uchun ehtiyot bo‘linglar. Chunki kunlar aylanib turadi».

Boshqa jihatdan, Tripoli hokimligining Shom ahli muhojirlariga nisbatan chiqargan qarorlarini rad etgan holda, Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati Tripoli va shimoldagi irqchilik mantiqini rad etayotgan barcha insonlarni hokimiyat oldida ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazishga chaqirdi. «Shomlik qardoshlarimizga nisbatan bo‘layotgan adolatsiz irqchilikka qarshi biz bilan birga bo‘ling» nomli ushbu namoyishning hijriy 1444 yil 8 shavvol, milodiy 2023 yil 28 aprel juma namozidan keyin bo‘lishini ma’lum qilindi.

Hozirda Livan armiyasi Nabotiya shahri qochqinlar lageridan bir necha suriyalik qochqinlarni qamog‘ga olgan va hech kim buning sababini aniq bilmayotgan bir paytda, «Livan musulmon ulamolari hay’ati» quyidagilarni ta’kidladi: «Qochqinlar va muhojirlar masalasi xalqaro Islom arab mas’uliyati hisoblanadi. Qochqinni deportatsiya qilish yoki jinoyatchi rejimga ekstraditsiya qilish gunohi kabira bo‘lish bilan bir qatorda axloqiy va qonuniy jinoyatdir. Bu hatto qasddan odam o‘ldirish va insoniyatga qarshi jinoyat darajasiga yetadi». Hay’at o‘zining matbuot bayonotida quyidagilarni qo‘shimcha qildi: «Bu qochqin va muhojirlarni Livan xalqi, rasmiylari, arab va islomiy davlatlar hamda butun dunyo o‘z bag‘riga oldi, garchi xato va kamchiliklar bo‘lsa ham». Qirg‘in qilgan, o‘ch olgan va vayron qilgan tog‘ut jazodan qutulib qolmasligi kerak, binobarin, munosabatlarni normallashtirish bilan mukofotlanishi ham aslo mumkin emas, deya qo‘shimcha qildi. «Livan musulmon ulamolari hay’ati», shuningdek, o‘zining qardosh Suriya xalqi tarafida ekanini, ularning ulug‘vor qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlashini, livanliklar bilan qochqinlar orasida nafrat va irqchilik urug‘ini sochuvchi bayonotlarga qarshiligini ma’lum qildi.

Roya gazetasining 2023 yil 3 may chorshanba kungi 441-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.