Shom zaminida qolgan guruhlarning xolis jangchilariga

271
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom zaminida qolgan guruhlarning xolis jangchilariga

Arablarda «Qo‘lingdan kelmadi, puflading, xolos», degan maqol bor. Buni o‘zining halokatiga o‘zi sababchi bo‘lgan kishiga nisbatan aytiladi. Biz ham muborak Shom zaminida qolgan guruhlarning xolis jangchilariga bunday deymiz:

Sizlar o‘zingizning, ahlingizning va qo‘zg‘oloningizning halokatiga o‘zingiz sababchi bo‘ldingiz. Chunki siz avval ustingizdan past-rasvo kimsalarni etakchi qilib oldingiz, holbuki, ular shu darajada past ediki, birortasi ham umrida o‘zini etakchilik maqomiga ega bo‘laman, deb o‘ylamagan edi.

Bundan ham yomoni, bu etakchilar etakchilik omonatiga xiyonat qilishdi va anavi «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlar uzatgan qo‘llarga qo‘l berishdi. Vaholanki, bu davlatlar sizning va qo‘zg‘oloningizning orqasidan urilgan xanjar edi. Boshdan ular o‘zlarini sizga kafil davlatlar qilib ko‘rsatishdi, aslida esa, ular sizni yo‘q qilish va qo‘zg‘oloningizni tiriklayin ko‘mishga kafil bo‘lishgan edi. Ayniqsa, Erdogan Turkiyasi. Erdogan sizning qo‘llaringizni bog‘ladi, Allohning kalimasini oliy qilish uchun bergan qurbonliklaringizni, shahidlaringiz qonini va butun qimmatli narsalaringizni sotdi. U Suriyadagi qonxo‘r rejimni saqlab qolish uchun konferentsiyalar uyushtirdi, muzokaralar tayyorladi, kelishuvlar tuzdi… Bularning barchasi dushmanga nafaqat mintaqalaringizni topshirishga, hatto butun qo‘zg‘oloningizni sotishga olib keldi. O‘zingiz esa, bu kimsaga va boshqa qo‘llab-quvvatlovchilarga ham qo‘zg‘oloningizni topshirdingiz.

Barchamizga lozim bo‘lgan narsa shuki, biz o‘z qarorimizga qayta o‘zimiz ega bo‘lib, yo‘limizni to‘g‘rilab olishimiz kerak. Shuning uchun sizni da’vat qilishda davom etamiz va bu da’vatimiz albatta qo‘zg‘oloningiz tomonga o‘tasiz va hanuz sizdan umidini uzmay turgan ahlingizga qo‘shilasiz, degan umidda qilingan da’vatdir. Zero, bu ahlingiz jinoyatchi rejimga qarshi har qanday xolis harakatni qo‘lidan kelgancha qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor.

Bas, egningizdan tobelik choponini echish, xorlik va xo‘rlik chang-g‘uborlarini qoqish vaqti allaqachon keldi. Ushbu Shom qo‘zg‘olonining shu ahvolga tushishiga sabab bo‘lganlarni ag‘darib, qo‘zg‘olonni «Alloh uchun, Alloh uchun», deya boshlaganingiz avvalgi holiga qaytaring. Maqsadingiz rejimni ag‘darib, o‘rniga Islomni barpo etmoq edi, shu yo‘lga qayting. Yolg‘iz shundagina ahlingizning qo‘llab-quvvatloviga va muhabbatiga erisha olasiz. Shundagina Allohning nusratini jalb qila olasiz, chunki sizga Allohdan o‘zga nusrat beruvchi yo‘q, yolg‘iz Allohning roziligi uchungina jonlaru qonlar fido etiladi.

Roya gazetasining 2020 yil 18 noyabr chorshanba kungi 313-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.