Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qismi kampaniyasi

54
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qismi kampaniyasi

Bugungi kunda gunoh, zino, daxlsiz narsalarni toptash hamda ota-ona va murabbiyning g‘amxo‘rlik va boshqaruvchilik sifatiga zarba berishga moslashtirilgan nopok ijtimoiy tarmoqlar orqali farzandlarimiz va yoshlarimiz qalbida joylashgan Islom dini qadriyatlariga va musulmonlik o‘zligiga qarshi sistematik ravishda hujum qilish «madaniyat»i hukmron.

Tunisdagi musulmonlar shunday murakkab, sarosima holatiga tushib qolganlarki, odamlar bir burda non topish uchun yelib yuguradigan bo‘lib qolgan. Mamlakatda asosiy ehtiyoj mollari yetishmaydi. Farzandlarimiz infratuzilmaga ega bo‘lmagan bugungi ta’lim tizimi ostida davomli ta’limdan mosuvo bo‘lganlar. Zero, bunday ta’lim tizimida zo‘ravonlik va tartibsizlik hukmron bo‘lib, zamonaviy davlatning surunkali loqaydlik siyosati ostida murabbiylar ma’naviy va moddiy jihatdan tahqirlanadi. Davlat esa krizisning davosini hamma krizislarga sabab bo‘lgan tizimning ichidan qidirib yotibdi.

Yurtdagi mana shunday murakkab vaziyat qarshisida Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi ayollar qismi «Ilmoniylik farzandlarimizga tuzoq qo‘ymoqda, ularni qutqarish o‘z qo‘limizda» nomli kampaniya uyushtirmoqda.

Kampaniya ikki qismdan iborat:

Birinchi qism: Ilmoniy ta’lim dasturi illatning manbai va yurtdagi axloqiy buzilishning sababchisidir.

Ikkinchi qism: Islom butun Ummat, xususan yosh avlod uchun muolajadir.

Roya gazetasining 2023 yil 3 may chorshanba kungi 441-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.