AQSH ittifoqchilari Asad rejimi bilan uchrashdi

136
0

AQSH ittifoqchilari Asad rejimi bilan uchrashdi

Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq va Misr tashqi ishlar vazirlari Iordaniya poytaxti Ammonda Bashar al-Assad rejimining tashqi ishlar vaziri Faysal al-Mikdod bilan uchrashdi. Bu haqida Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, mazkur uchrashuv Saudiyaning Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi davlatlari yig‘ilishining davomidir. Ma’lumki, 2023 yil 14 aprel kuni Jidda shahrida Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi davlatlari, Misr, Iordaniya va Iroq tashqi ishlar vazirlari uchrashib, Suriya inqiroziga siyosiy yechim topish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qilgan edi.

Bundan avval Arab davlatlari Ligasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Damashqqa borganligi va Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal al-Miqdodning 12 aprel kuni Saudiya Arabistoniga borib, hamkasbi Faysal Bin Farhan bilan uchrashganligi e’tiborga molikdir.

Izoh: Hizb ut-Tahrir uyushmasi AQSHning tinimsiz yuz martalab “biz aslo Asad rejimi bilan munosabatlarni qayta tiklamaymiz va bu borada hech bir davlatni qo‘llab-quvvatlamaymiz”, degan mazmundagi bayonotlari hamda Turkiya va Saudiya kabi mintaqadagi hukumat va rejimlarning o‘zlarini qo‘zg‘olon tarafdori qilib ko‘rsatishlari quruq yolg‘ondan va hiyla nayrangdan iboratligini doim takrorlab keldi. Mana bugunga kelib, Asad rejimini qonuniylashtirishga qaratilgan AQSH boshchiligidagi mazkur harakatlar ularning asl basharalarini ochib tashlamoqda. AQSHdan Suriya rejimini qayta jonlantirish vazifasini olgan mintaqa rejimlari, kutilganidek, shu kungacha qotil deb kelgan Asad rejimi bilan yuzsizlarcha ochiq-oydin uchrashuv o‘tkaza boshladi.

Suriya qo‘zg‘oloni boshlangandan buyon Amerikaning rahnamoligi ostida unga qarshi til biriktiruvlar davom etib kelmoqda. Chunki qo‘zg‘olonni yo‘q qilish va Asad rejimini saqlab qolish G‘arb uchun ham va uning malaylari uchun ham “suv va havodek” zarurdir. Aks holda Asadning kulashi ular qattiq dahshatga tushgan Xalifalik davlatining tiklanishi bilan yakun topish ehtimoli katta edi. Shuning uchun bugungi kunda ham, garchi Suriya ahli siyosiy ongi o‘sganligi sababli bunday harakatlarni qat’iyan rad etib, Shar’iy boshqaruvdan boshqasiga rozi bo‘lmayotgan bo‘lsalar ham, AQSHning talabiga binoan Asad rejimini qonuniylashtirishga qaratilgan harakatlar avjida. Ushbu vazifa uchun mintaqadagi o‘ziga tobe davlatlarni safarbar qilgan AQSH o‘zining manfaatlarini himoya qilib kelayotgan Asad rejimini Rossiya, Turkiya va Erondan tashkil topgan “Ostona uchligi” bilan oyoqqa turg‘izib olishi ortidan BMT Xavfsizlik Kengashining 2254 sonli rezolyutsiyasi asosida Suriya qo‘zg‘aloniga so‘ngi nuqtani qo‘ymoqchi. Kuni kecha Moskvada Turkiya, Rossiya, Suriya va Eron, mudofaa vazirlari va razvedka rahbarlari o‘tkazgan to‘rtlik uchrashuvida ham BMT Xavfsizlik Kengashining 2254 sonli rezolyutsiyasiga bog‘liq holda ish olib borilayotgani ta’kidlandi. Bu rezolyutsiya Asad rejimini xavfsizlik va harbiy muassasalari va ilmoniy konstitutsiyasi bilan butunicha saqlab qolishga qaratilganligi ma’lum.

Shunday ekan, Shom ahli va barcha musulmonlar Islom Ummatining boshiga kelgan bu musibatlar va azob-uqubatlardan butunlay qutulish uchun kufr ahli bilan til biriktiruvchi va xoin hukumatlarning makridan ogoh bo‘lib, o‘zlaridan bo‘lgan ongli xolis siyosiy yetakchilikka yuz burishlari va ular bilan birga samarali ravishda jiddiy faol harakat qilishlari lozim. Ummat orasidan chiqqan ushbu xolis ongli yetakchilik musulmonlarning g‘am-tashvishlarini yelkasiga ortib, ular bilan birgalikda qo‘zg‘olonlarning maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun faoliyat qilmoqda. Bu yetakchilikning qo‘lida Ummatning aqidasidan balqib chiqqan xaloskorlik loyihasi mavjud. U loyiha ellikdan ortiq davlatchalarga parchalanib ketgan Islomiy o‘lkalarni bitta bayroq ostida birlashtirib, Rosululloh ﷺ buyurgan Xalifalik tuzumi soyasida Islomiy boshqaruvni barpo etish loyihasidir.

Xulosa sifatida shuni eslatmoqchimizki, Suriya qo‘zg‘oloni, butun dunyoning til biriktiruvi ostida qolsa-da, albatta zafar qozonadi. Chunki Shom ahlining kufr rejimini rad etib, Shariatga bo‘lgan talabi o‘zgargani yo‘q. Faqat qo‘zg‘olon buyuk xaloskorlik loyihasiga ega, xolis ongli siyosiy yetakchilikka juda-juda muhtojdir. Chunki ushbu yetakchilik musulmonlarning safini tartiblashtirib, Islom Ummatini zo‘ravonlardan xalos qiladi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.