Qimorxona ochishga litsenziya berildi

119
0

Qimorxona ochishga litsenziya berildi

Xabar: Qirg‘izistonda kazino faoliyatiga ruxsat berilgandan beri birinchi marta kazino ochishga litsenziya topshirildi. Bu haqda 2 mayda Davlat moliya nazorat departamenti bildirdi.

 Ma’lumotga ko‘ra, litsenziyani “Grand Kazino” yopiq aksionerlik jamiyati olgan. Mazkur kazinoning faoliyatiga ruxsat berish bilan davlat budjetiga 84 mln som tushgan.

 Yustitsiya vazirligining ma’lumoti bo‘yicha, mazkur YOHJ 2022 yili 14 noyabrda Bishkek shahridagi 12-kichik tumanda xususiy deb ro‘yxatga olingan.

 Izoh: Qirg‘iziston xalqining aksar qismi mamlakatda qimorxonalar ochilishiga qarshi chiqdi, ammo hukumat xalq yuziga oyoq qo‘yib, musulmon aholining tuyg‘ulariga zarracha parvo qilmay harom bo‘lgan qimorxonalarni ochish masalasida qat’iy turib oldi. Parlamentda hukumat tomonidan taqdim etilgan qimorxonalar to‘g‘risidagi qonun deputatlar o‘rtasida tortishuvlar keltirib chiqarib, ayrim deputatlar qonun loyihasiga qarshi ovoz bergani, ba’zi siyosatchilar ham qimorxonalar ochilishiga qarshi pozitsiyani egallaganidan keyin MXDQ raisi qarshi ovoz bergan deputat va siyosatchilarga ularning har bir qing‘ir ishlaridan xabardor ekanligini aytib tahdid qilishgacha yetib bordi.

 Vazirlar mahkamasi tashabbusi bilan ilgari surilgan “Ko‘ngilochar o‘yinlar masalalari bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 2022-yil 11-may kuni Jogorku Keneshning barcha tegishli qo‘mitalarida ko‘rib chiqilib, shu kuning o‘zida navbatsiz parlament yig‘ilishi kun tartibiga kiritildi. Aslida bu qonunni ko‘rib chiqish parlament kun tartibida yo‘q edi. Natijada ushbu qonun loyihasi Jogorku Kenesh yig‘ilishida birinchi o‘qishda qabul qilindi. 2022-yilning 30-iyunida Sadir Japarov Qirg‘izistonda kazino faoliyatiga ruxsat bergan qonunni imzoladi. Japarov imzolagan qonuni “investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali davlat budjetiga qo‘shimcha resurslarni olib kelish” bilan xaspo‘shlamoqchi bo‘ldi. Ammo endilikda esa qimorhonalar soliqlarini pasaytirish bilan ovora.

 Qimorxonalar turistlarni jalb qilish yoki budjetni to‘ldirish, aholi farovonligi va ish haqini oshirish uchun degan gaplar odamlarni chalg‘itish uchun o‘ylab topilgan quruq gap xolos.  Qolaversa harom narsada hech qachon baraka bo‘lmaydi. Bu rasmiy hukumatning o‘z xalqi halqumini bulg‘ashdan boshqa narsa emas.

Alloh taolo aytadi:

ياأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

“Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz. Albatta, shayton hamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko‘rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni xohlaydi. Endi to‘xtarsizlar?!” (Moida surasi, 90-91 oyatlar)

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.