Islom o‘z fazilatlari bilan dushmanlarining istaklari o‘rtasida

86
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islom o‘z fazilatlari bilan dushmanlarining istaklari o‘rtasida

Shayx Isom Amira

Islom insoning o‘zi bilan, boshqalar insonlar bilan va yaratuvchisi bilan bo‘lgan aloqasini tartibga solish uchun Alloh tomonidan Rosuli Muhammad ﷺga nozil qilingan dindir. Islom o‘ziga xos yashash tarzi bo‘lib, insoniyat bilgan barcha yashash tizimlaridan farq qiladi. Ushbu farq sog‘lom aqidada va mukammal qonunchilikda ko‘rinadi. Xususan, bu farq Islomning zulm qilmay va birovlarning boyligiga ko‘z olaytirmay qoniqarli va jozibali yo‘l bilan tarqalib, kengayishida, hatto zulmatdan nurga, dinlar adolatsizligidan Islom adolatiga, dunyo torligidan dunyoyu oxirat kengligiga insonlarni olib chiqishida namoyon bo‘ladi.

Islomning mavjudligi va tarqalishi bilan bog‘liq o‘ziga xos fazilatlari mavjud. Shuningdek, Islomning musulmonlar bilan bog‘liq va ularga vazifa yuklaydigan intilishlari ham mavjud bo‘lib, musulmonlar ularni hayot voqeligida vujudga keltirishga har doim harakat qilishlari lozim. Islomlarning intilishlari bo‘lishi barobarida, Islom dushmanlarining ham o‘z intilishlari bor. Dushmanlarning intilishlari Islom Makkada dunyoga kelgan ilk kundan beri paydo bo‘lgan bo‘lib, to bugungi kungacha turli shakllarda davom etmoqda. Ikki tomonning intilishlari turli xil bo‘lgani sababli, Islom o‘z dushmanlariga qarshi kurashda davom etadi. Bu holat to Alloh O‘zi taqdir qilgan ishni ro‘yobga chiqarib, haq botil ustidan g‘alaba qozonguniga, adolat nohaqlikni mag‘lub etib, Islom o‘trog‘u ko‘chmanchining uyigacha kirib borguniga va Islom Ummatining mulki yer yuzining mashriqiyu mag‘ribiga qadar azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan yetib borguniga qadar davom etadi… Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi.

Islom dinining fazilatlari quyidagilarda ko‘rinadi:

Koinot, inson, hayot hamda ularning o‘zidan oldingi vujudga va o‘zidan keyinga vujudga aloqasi haqida to‘g‘ri aqidani berish.
Ushbu aqidadan balqib chiquvchi tuzumni ichkarida keng miqyosda va to‘liq tatbiq qilish.
Islom da’vatini Alloh yo‘lida jihod qilish orqali butun dunyoga olib chiqish.

Musulmonlarning intilishlari quyidagilardan iborat:

Insonlarni majburlamagan holda Allohning diniga to‘p-to‘p ravishda kiritish.
Butun olamga Islom hokimiyatini o‘rnatish.
Alloh Azza Jallaning rizosiga yetishish.

Biroq, Islom dushmanlarining intilishlari musulmonlar intilishiga batamom zid bo‘lib, butunday farq qiladi. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

وَلَن تَرْضَى عَنكَ الْيَهُودُ وَلاَ النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

«Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo‘lmaydilar» [Baqara 120]

Yana bunday deydi:

وَلَئِنْ أَتَيْتَ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ بِكُلِّ آيَةٍ مَّا تَبِعُواْ قِبْلَتَكَ وَمَا أَنتَ بِتَابِعٍ قِبْلَتَهُمْ

«Qasamki, agar Siz ahli kitoblarga bor mo‘jizalarni keltirsangiz ham ular qiblangizga boqmaydilar, siz ham ularning qiblasiga boquvchi emassiz» [Baqara 145]

Yana bunday deydi:

وَدَّ كَثِيرٌ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَوْ يَرُدُّونَكُمْ مِنْ بَعْدِ إِيمَانِكُمْ كُفَّاراً حَسَدًا مِنْ عِندِ أَنفُسِهِم مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْحَقُّ

«Ahli kitoblarning ko‘pchiligi sizlarni, iymonli bo‘lganingizdan keyin (ya’ni hozir), ularning o‘zlariga ham haqiqat ochiq ravshan bo‘lganidan keyin hasad qilganlari sababli kufrga qaytarishni istaydi» [Baqara 109]

Musulmonlarning ushbu intilishlari qadimdan, Islom tongi otgandan buyon ochiq gavdalanib, musulmonlarning keyingi asrlarida ham davom etdi va kofirlar qariyb bir asr oldin Usmoniy Xalifalik davlatini ag‘darishga muvaffaq bo‘lgunga qadar susaymadi. Keyin musulmonlar Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali o‘z Ummatlarini uyg‘otish va uning ulug‘ligini tiklash loyihasi uchun jiddiy harakat qila boshlaganlaridan so‘ng ushbu intilishlari qayta ochiq ravishda yangilandi.

Bu o‘tmish va hozirgi misollardan ko‘rinib turibdiki, demak, Islom dushmanlarining intilishlari bu dindan qo‘rqishayotganida mujassam bo‘lib, unga qarshi kurashda g‘irromlik yo‘lini tutishlarida va uning g‘olib kelishidan g‘azablanishayotganida gavdalanadi.

O‘tmishda ular Nabiy ﷺning Islom risolasini olamga olib chiqishlarini oldini olish uchun barcha yo‘llarni sinab ko‘rishdi. Islom da’vati Makka va uning atrofidagi, hatto Arab yarim orolining barcha mintaqalaridagi istehkomlarni yorib kirmasligi uchun ushbu din qarshisida mustahkam to‘siqlarni qo‘yishdi. Payg‘ambar alayhissalomga o‘z da’vatidan voz kechishi uchun turli xil jozibali takliflarni kiritishdi. Bunga misol, «Tarixi Ibn Hishom»da Muhammad ibn Ka’b Qurziydan bunday rivoyat kelgan: «Bu voqea Utba ibn Robia bilan bo‘ldi. U Quraysh sayyidlaridan edi. Bir kuni Rosululloh ﷺ masjidda yolg‘iz o‘tirganlarida Utba Qurayshning majlisxonasida edi. Utba «Borib Muhammad bilan bir gaplashaymi? Unga bir necha ishlarni taklif qilib ko‘raman, shoyad ba’zisini qabul qilib qolsa, nimani xohlasa, berar edik, so‘ngra bizni tinch qo‘yardi», dedi. O‘sha payt Hamza roziyallohu anhu Islomga kirgan va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ko‘payib borayotgani ko‘rinib turardi. Qurayshliklar: «To‘g‘ri, Ey Abul Valid, uning oldiga bor. U bilan gaplashib ko‘r», dedilar. Utba turib Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bordi va gap boshladi: Ey akamning o‘g‘li, o‘zingga ma’lum, sen bizning qarindoshlarimiz ichida hurmatli, nasabi ulug‘ insonsan… Ammo sen qavmingga og‘ir narsa olib kelding, u bilan jamoalarini bo‘lding, orzularini ahmog‘ga chiqarib, ilohlari va dinlarini ayblading. Ularning o‘tgan bobolarini kofir deding. Menga quloq sol, senga bir necha ishlarni taklif qilaman, o‘ylab ko‘r, birortasini qabul qilsang, ajab emas. Rosululloh ﷺ «Ey Abu valid, ayt, eshitaman», dedilar. U agar o‘zing keltirgan ushbu ish bilan molu dunyoni xohlayotgan bo‘lsang, senga mol-dunyo yig‘ib beraylik, ichimizda eng boyimiz bo‘l. Agar shon-shuhrat istayotgan bo‘lsang, seni o‘zimizga boshliq qilib olaylik, sening izningsiz biror ish qilmaylik. Agar u bilan podshohlikni xohlayotgan bo‘lsang, seni o‘zimizga podshoh qilib olaylik. Agar senga kelayotgan bu narsa biror jin yoki sharpa bo‘lsa, uni qaytara olmayotgan bo‘lsang, tabiblarni olib kelaylik. Toki tuzalib ketguningcha, molu dunyomizni sarf qilaylik. Ko‘pincha odamga shunday narsa kelsa, davolansa, tuzalib ketadi. Utba gapini tamom qilguncha quloq solib turgan Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abul Valid, gapirib bo‘ldingmi?» dedilar. «Ha», dedi Utba. «Endi mendan eshitgin», dedilar Rosululloh sollallohu alayhi vasallam. «Qulog‘im senda», dedi Utba. Shunda Rosululloh ﷺ ushbu oyatni tilovat qildilar:

حـمۤ * تَنزِيلٌ مِّنَ الرَّحْمَـنِ ٱلرَّحِيمِ * كِتَـابٌ فُصِّلَتْ آيَـاتُهُ قُرْآناً عَرَبِيّاً لِّقَوْمٍ يَعْلَمُونَ بَشِيراً وَنَذِيراً فَأَعْرَضَ أَكْثَرُهُمْ فَهُمْ لاَ يَسْمَعُونَ

«Ho, Mim. (Ushbu Qur’on) mehribon va rahmli (Alloh) tomonidan nozil qilingandir. U biladigan qavm uchun (mo‘minlarga) xushxabar berguvchi va (kofirlarni azobdan) ogohlantirguvchi — arabiy Qur’on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir. Bas (kofirlarning) ko‘plari (uning oyatlari haqida tafakkur qilishdan) yuz o‘girdilar, demak ular eshitmaslar» [Fussilat 1-4]

Rosululloh ﷺ ushbu oyatni Utbaga o‘qib berishda davom etdilar. Utba unga quloq solib eshitgach, qo‘llarini orqasiga qilib suyangan holda tingladi. Rosululloh sajda oyatini o‘qib, sajda qildilar. So‘ngra: «Ey Abul Valid, eshitgan narsangni eshitding, endi o‘zing bilasan», dedilar. Utba o‘rnidan turib sheriklari tomon yurdi. Ular bir-birlariga: «Allohga qasamki, Abul Valid oldimizdan ketgandagi yuzidan boshqa yuz bilan kelmoqda», dedilar. U oldilariga kelib o‘tirgach: «Ey Abul Valid, nima gap olib kelding?» dedilar. Utba bunday dedi: «Allohga qasamki, men undan hech eshitmagan gapni eshitdim. Allohga qasamki, u sehr emas, she’r ham emas, folbinlik ham emas. Ey Quraysh jamoasi, menga itoat qilinglar. U odamni o‘z ishi bilan qo‘yib qo‘yinglar. Undan chetlaninglar. Allohga qasamki, eshitganim bu gaplar bir xushxabar keltirmay qolmaydi. Agar boshqa arablar uni daf qilsalar, boshqalar sizni Muhammaddan qutqargan bo‘ladi. Agar u arablardan ustun kelsa, uning mulki sizning mulkingiz bo‘ladi. Uning izzati sizning izzatingiz bo‘ladi. Eng saodatli odamlar bo‘lasiz». Utbaning bu so‘zlarini eshitishib – Ey Abul Valid, seni u o‘z tili bilan sehrlab qo‘yibdi, deyishdi. Utba: «Bu odam to‘g‘risida mening fikrim shu, bu yog‘ini o‘zlaring bilasanlar», dedi.

Endi, kofirlarning bugungi kundagi intilishlariga kelsak, Amerika va Rossiyadagi kufr yetakchilarining bayonotlari hamda o‘z mintaqalari va musulmon yurtlaridagi dinni barpo etilishiga qarshi qilmishlari hammaga yaqqol ma’lum narsa. Ulardan eng muhimi NATOning Osiyo va Yevropadagi kuchlari qo‘mondoni Uesli Klarkning bayonotidir. U quyidagi so‘zlari bilan Bushning 2001 yilda Afg‘onistonga qilgan urushi Islomga qarshi urush bo‘lganini fosh etdi: «Kim bizni Afg‘onistonga 11-sentyabr hodisasi uchun o‘ch olgani chiqdi, deb o‘ylayotgan bo‘lsa, xato qilibdi, xatosini tuzatib olsin. Biz undan ham xatarli narsaga-islomga qarshi urushga chiqdik. Biz islomning musulmonlar qaror qabul qiladigan loyihaga aylanishini istamaymiz, aksincha, ularga islomning qanday bo‘lishi kerakligiga biz qaror beramiz…».

Yaqinda musulmonlar bexabar qolgan yana bir ish bo‘ldi, Makron Fransiya Musulmonlar diniy Kengashini tarqatib yuborganini va uning o‘rniga Fransiya Islom Forumi, deb nomlangan yangi muassasa ochganini e’lon qildi. Uning ortidan matbuot anjumanida so‘nggi yillarda Islomga qarshi erishgan yutuqlari bilan maqtanib, musulmonlar yashaydigan uylardan 28 mingtasida shturm operatsiyasi amalga oshirganini, 906ta islomiy muassasa (masjid va jamiyat)larni butunlay yoki vaqtincha yopib qo‘yganini ma’lum qildi! U, shuningdek, musulmonlar pullaridan 52 millionni davlatga musodara qilganini, g‘ayrimusulmonlar tomonidan musulmonlarga qarshi gaplar nisbati oshganini, arab tili ta’limiga chek qo‘yilib, uy ta’limi yoki davlat doirasidan tashqaridagi ta’lim bekor qilinganini va barcha ajnabiy tillar ta’limining davlat nazorati ostiga kiritilgani bilan ham maqtandi! Bundan tashqari, juda ko‘p afsuslanarli gaplarni gapirdiki, ular xuddi hozirgi zamonning qirg‘in va inkvizitsiyasidan boshqa narsaga dalolat qilmaydi!

Xulosa qilib aytganda, Islomni yomon ko‘ruvchilar va makkorlar istamasalar-da, Islomning fazilatlaridan, dushmanlarining intilishlaridan g‘ofillar g‘aflatda qolsalar-da, biroq Islom o‘z fazilatlari bilan dushmanlarining intilishlari o‘rtasida o‘zining yo‘lini shiddat bilan yorib o‘tib, Alloh Azza va Jala va’da qilgan va Rosululloh ﷺ bashorat qilgan davlatning barpo etilishi tomon harakat qilmoqda. Buning uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish orqali ushbu dinni aziz qilish uchun faoliyat qilayotganlarning nusrat quchishiga Allohning izn berishi qoldi, xolos. Zero, Xalifalik davlati vayron qiluvchi zilziladan farqli o‘laroq, obod etuvchi zilzila bo‘ladi hamda dunyoning birinchi va yagona davlatiga aylanib, dunyoning kapitalistik va sotsialistik tuzumlar ostida zulmu zo‘ravonlikka to‘lishi ortidan, butun insoniyatni xayr-barakot, adolat va muhabbat sari yetaklaydi.

وَلَيَنصُرَنَّ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ

«Albatta Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarga nusrat berur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir» [Haj 40]

Roya gazetasining 2023 yil 29 mart chorshanba kungi 436-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.