Shom qo‘zg‘oloni makkor fitnalar bilan rostgo‘y farzandlari o‘rtasida

89
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom qo‘zg‘oloni makkor fitnalar bilan rostgo‘y farzandlari o‘rtasida

Shom qo‘zg‘oloni til biriktiruvlar kuchaygan, chor atrofdan ta’na-malomatlar yog‘dirilayotgan, boshi berk ko‘chadan chiqishni kafolatlovchi «yo‘l xaritasi» haqida tinmay gapirilayotgan hamda ko‘pchilik nusrat yo‘lini qidirayotgan og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda.

Kimning qaysi safdan joy olganiga kelsak, rostgo‘y (haqiqiy) qo‘zg‘olonchilarning boshqalardan ajralib turuvchi mumtoz safdan joy olganiga guvoh bo‘lamiz. Ularning safi o‘zlarini qo‘zg‘olon vakillari deya da’vo qilgan koalitsiya va uning rahbarlari, amaldagi hukumat vakillari va o‘z qaroriga ega bo‘lmagan jangari guruhlar kabi turk rejimi bilan aloqa qiluvchilar safidan ajralib turadi.
Ular yillar davomida o‘z ishlarini qo‘llab-quvvatlovchi xo‘jayinlari qo‘liga topshirib qo‘ygan munofiqlarning aldovlari ortidan sinalib elakdan o‘tganlaridan keyin ushbu mumtoz safdan joy oldilar. Biroq, bu yillarda katta qurbonliklar berildi va bu qurbonliklar buyuk maqsad uchun, eng ashaddiy qonxo‘r, jinoyatchi rejimni qulatish yo‘lida berildi.

Ushbu mumtoz safdan joy olish keyingi ishlarga poydevor qo‘yish uchun tashlangan yaxshi qadam bo‘ldi. Qo‘zg‘olon ahli qo‘zg‘olon va uning qurbonlarini sotib pul qilayotganlar safidan boshqa mumtoz safdan joy olgan ekan, bugun ularning burchi o‘z saflarini tartibga keltirishdir. Ular o‘z saflarini shunday tartibga keltirsinlarki, berilgan ulkan qurbonliklar saqlab qolinib, qo‘zg‘olon omonlik va nusrat qirg‘og‘iga olib chiqilsin.

Bu mumtoz safni tartibga keltirish qo‘zg‘olon taqdirini belgilaydi. Chunki javobgarlikdan chiqilsa va vazifadan qochilsa qo‘zg‘olon taqdiri xiyonat botqog‘iga botib, funksional rejimlar bilan aloqa qilayotgan yetakchilar qo‘liga o‘tib ketadi. Bu rejimlar esa, Shom qo‘zg‘oloniga qarshi til biriktirib, uni yo‘q qilish harakatida. Shunga binoan Shom qo‘zg‘oloni ahli o‘z vazifalariga jiddiy kirishib, Alloh ularga farz qilgan ishlarni bajarmoqlari shart. Chunki qo‘zg‘olon taqdiri ularning pozitsiyalariga bog‘liq.

Shom ahli yuqorida aytib o‘tilgan vazifalarini ado etmoqlari uchun fitnachilar ularning dillariga solmoqchi bo‘layotgan umidsizlikni yo‘q qilmoqlari kerak. Alloh ularga imkoniyatlar va energiya ato etganiga imon keltirib, har biridan oqilona foydalanmoqlari lozim. Kimda fikr bo‘lsa, uni qo‘zg‘olon masalasi yo‘lida sarflasin, kimda odamlarni to‘plash va ularga ta’sir o‘tkaza olish kuch-qobiliyati bo‘lsa, u odamlarni qo‘zg‘olonning tarkibiy qismlarini birlashtiruvchi loyiha atrofiga yig‘sin, kimda jangovarlik qobiliyati bo‘lsa, uni qo‘zg‘olon va omillarini mudofaa qilishga va qo‘zg‘olonning tarkibiy qismlarini birlashtiruvchi loyihani himoya qilishga sarflasin.

Qo‘zg‘olon bugun hal qiluvchi pallada. Uning farzandlari Alloh ato etgan imkoniyatlarini ishga solib, Alloh Azza va Jalla rozi bo‘ladigan rostgo‘y pozitsiyani egallamoqlari kerak. Chunki ular ayri yo‘lga kelib qoldilar: yo o‘z rollarini egallab hamda barcha sa’y-harakatlarini energiya va imkoniyatlarini birlashtirishga sarflab, hokimiyatlarining o‘g‘irlanishi va qo‘zg‘olonlari tortib olinishiga qarshi turadilar, yoki qo‘l qovushtirib, ularni qon tujjorlari qanday halokat jarligiga yetaklayotganini kuzatib turaveradilar. Chunki qo‘zg‘olonlarini o‘g‘irlamoqchi bo‘layotganlar ularni yolg‘ondan «yarashuv», deb atalayotgan o‘limga yetaklamoqda… Vaholanki, «yarashuv» 2254-sonli rezolyutsiyani tatbiq qilish bosqichlariga asos bo‘lgan «siyosiy yechim»ning o‘zginasidir!

Shuni unutmaslik kerakki, haq bilan botil o‘rtasidagi kurash har doim bo‘ladi. Bas, haq egalari bu kurashdan voz kechsalar ularning o‘rniga boshqalari kelib, bu sharafli vazifani zimmalariga oladilar, albatta. Mana, suyukli Payg‘ambarimiz ﷺ bizga kurash voqeligini sifatlab, najot yo‘lini ochiq ko‘rsatib bermoqdalar:

«مَثَلُ القائِمِ علَى حُدُودِ اللَّهِ والواقِعِ فيها، كَمَثَلِ قَوْمٍ اسْتَهَمُوا علَى سَفِينَةٍ، فأصابَ بَعْضُهُمْ أعْلاها وبَعْضُهُمْ أسْفَلَها، فَكانَ الَّذِينَ في أسْفَلِها إذا اسْتَقَوْا مِنَ الماءِ مَرُّوا علَى مَن فَوْقَهُمْ، فقالوا: لو أنَّا خَرَقْنا في نَصِيبِنا خَرْقاً ولَمْ نُؤْذِ مَن فَوْقَنا، فإنْ يتْرُكُوهُمْ وما أرادُوا هَلَكُوا جَمِيعاً، وإنْ أخَذُوا علَى أيْدِيهِمْ نَجَوْا، ونَجَوْا جَمِيعاً»

«Allohning qonunlariga rioya qiladigan inson bilan ularga amal qilmaydigan kishi kemada hamroh bo‘lgan bir guruh odamlarga o‘xshaydi. Ba’zilari kemaning yuqori qismidan, ba’zilari esa quyi qismidan joy oldilar. Kemaning quyidan joy olganlar suv ichmoqchi bo‘lsalar, yuqoridagilarni bosib o‘tar edilar. Shunda ular yuqoridagilarni bezovta qilmay, shu yerdan teshib ola qolsakchi, deb qoldilar… Kemadagi hamrohlar ularni o‘z holiga qo‘ysalar, barcha halok bo‘ladi. Agar ularni qo‘lidan tutib to‘xtatib qo‘ya olsalar, o‘zlari ham, kemadagi hamrohlarning barchasi ham najot topadi».

Mana, til biriktirganlar va tujjorlar «qo‘zg‘olondagi o‘z nasiba»larini kemani teshish bilan olishda zo‘r berib harakat qilishmoqda. Agar tepadagilar o‘z burchlari ularni qo‘llaridan tutib, to‘xtatib qolishdan iboratligini anglab yetmasalar, halokat hammalariga yetadi. Najot shundan iboratki, qo‘zg‘olon ahli, qon qasoskorlari va masala sohiblari tashabbus tizginini qo‘lga olib, qon savdosiga barham berishlari hamda Shom qo‘zg‘oloni va uning qurbonlari behuda ketkazilishini to‘xtatib qolishlari lozim.

To‘xtatib qolish uchun esa, avvalo safni ongli tarzda tanlamoq, so‘ng ushbu safni amalda tartibga keltirib, Shom ahli orasidagi rostgo‘y insonlar bilan to‘ldirmoq va til biriktiruvchilarga aloqasi borki kimsalardan, hatto hamon haq bilan botilni ajratmay, do‘st kimu dushman kimligini tanimay aldanayotgan kimsalardan ham o‘z oralarini saralab olmoq kerak. Safning tartibga keltirilishi uchun albatta bu saf xolis rostgo‘y insonlar bilan to‘lishi, Alloh bergan imkoniyat va sa’y-harakatlar bir joyga to‘planib, Alloh rozi bo‘ladigan ishgagina sarflamog‘i darkor. Alloh rozi bo‘ladigan ish rejimni ag‘darish va Islomni hokimiyatga olib chiqishdan o‘zga narsa emas. Bu esa, Allohning arqonini mahkam ushlash va buyuk Islom loyihasi atrofiga birlashishsiz hargiz amalga oshmaydi.

Shuni bilish lozimki, o‘g‘irlangan qarorni qaytarib olish, botilga qarshi turib, undan saqlanishning badali sukut qilish, kutish va qarorni qaytarib olishni paysalga solish badalidan bir muncha yengil. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ وَلَتَنْهَوُنَّ عَنِ الْمُنْكَرِ، أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللَّهُ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَاباً مِنْهُ ثُمَّ تَدْعُونَهُ فَلَا يُسْتَجَابَ لَكُمْ»

«Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar albatta ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar, aks holda Alloh sizlarning ustingizga O‘z dargohidan bir jazo yuborur. Keyin duo qilaverasizlar (lekin) duolaringiz ijobat qilinmaydi».

Roya gazetasining 2022 yil 2 noyabr chorshanba kungi 415-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.