Britaniya jinoyat va musibatlarning onasidir

105
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Britaniya jinoyat va musibatlarning onasidir

Shayx Isom Amira – Baytul Maqdis

Biz musulmonlarning Britaniyadan buyuk tarixiy qasosimiz bor. Zero, Islom davlati butun olamga dinni yetkazdi, insonlar Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirib keldi. O‘n asrdan ko‘proq vaqt davomida qadimgi dunyoning uchdan bir qismida tinchlik va xavfsizlik hukm surdi. Shu davr mobaynida jinoyatlar nisbati pasaydi, quldorlik mutlaqo tugatildi, qashshoqlik va savodsizlik bartaraf etildi va ilmu ma’rifat gullab yashnadi. Mana shunday bir paytda, Britaniya yovuz niyatli mustamlakachi davlat sifatida o‘rtaga chiqdi. Yer yuzida buzg‘unchilik bilan izg‘idi, o‘z nufuzini musulmon va g‘ayrimusulmon xalqlarning boyliklarini talon-toroj qilish va qonlarini so‘rish evaziga kuchaytirdi, butun serquyosh yurtlarda o‘z imperiyasini o‘rnatdi.

Biz yirik davlatlarning qilmishlari bilan birga, Britaniyaning siyosiy, harbiy va iqtisodiy faoliyatlarini birma-bir o‘rgansak, dunyoning besh qit’asidagi krizislar oloviga gugurt chaqqan ham, aksar yurtlar aholisi tarkibini o‘zgartirgan ham, Avstraliya kabi yurtlardagi asl aholini yo‘q qilgan ham, islomiy yurtlardagi musulmon xalqlar orasida fitnalar tarqatib, millatchilik va vatanparvarlik nizolarini keltirib chiqargan ham mana shu Britaniya ekaniga guvoh bo‘lamiz. Oqibatda u musulmon yurtlarini birin-ketin kemirdi, mustaqillik berish niqobi ostida yirik qismdagi ko‘plab yerlarni Usmoniy Xalifalik jismidan sug‘urib oldi. Bu yurtlarda hokimiyatni tortib olib, uni butparastlar, buddistlar, hindular va botiniy harakatlarga berdi. Britaniya 1924 yilda Xalifalik davlatini qulatguniga qadar, unga qarshi to‘xtovsiz harakat qilishda davom etdi. Oxirgi Usmoniy xalifani yurtdan badarg‘a qilib, Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirgan odamlarni undan to‘p-to‘p qilib chiqarib yubordi! Butun dunyoni ikkita Jahon urushiga tiqib, millionlab insonning yostig‘ini quritgan ham, Yevropa davlatlaridan ko‘pchiligining halokatiga sabab bo‘lgan ham, Rossiyani xonavayron qilib, AQSHni Afrika va Osiyodagi hukmronlik qilayotgan davlatlarda og‘ir muammolarga kiritishga harakat qilgan ham Britaniyadir.

Bu mamlakat Islom davlatini yiqitish bilan kifoyalanmadi, balki musulmonlarni avval siyosiy Xalifalik tuzumlarini o‘zgartirgandan so‘ng ularni o‘z diyorlarida ta’qib ostiga oldi… Shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, ta’lim va boshqa sohalarda oila qonunlarini o‘zgartirdi… Shuncha jarohatlarga qo‘shimcha, Shom yurtlarining yuragi bo‘lmish Falastinga zaharli xanjar sifatida yahudiylar vujudini sanchib qo‘yib, uning ahlini o‘z yurtlaridan chiqarib yubordi… Aynan shu mamlakat Falastin fojiasiga, yashab turganimiz xorlik va xo‘rlikka, baxtsiz hayotimizga sabab bo‘ldi… Aynan shu mamlakat butun musulmonlarni islomiy shaxsiyalarini yo‘qotib, sel ko‘pigiga aylantirdi… Xuddi shu mamlakat Islom davlati bekor qilgan quldorlikni qayta tiriltirdi. Hatto buyuk ahror ulamolarimizdan biri – xuddi onalar o‘z farzandlarini go‘sht va suyaklarini o‘stirish uchun emizganlari kabi farzandlaringizni Britaniyadan nafratlanish bilan ozuqalantiring degan!

Men Britaniyaga borganimda o‘z iqtisodida boshqa xalqlar boyliklarini talon-toroj qilishdan boshqa tayanchga ega bo‘lmagan davlatning infratuzilmasi nihoyat darajada hashamatli ekaniga guvoh bo‘ldim. Britaniya muzeyiga kirdim, ammo u yerda mamlakatning o‘ziga tegishli bitta ham bo‘limni topolmadim, balki islomiy bo‘lim, yunon bo‘limi, Fir’avn bo‘limi va boshqa bo‘limlarni ko‘rdim. Bu esa, Britaniya xalqlar hazoratining o‘g‘risi ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Agar Britaniyaning ayniqsa musulmonlarga qarshi jinoyatlarini sanab, batafsil to‘xtalishni istasak, bu o‘ringa aslo sig‘maydi. Biroq, biz Misr, Sudan, Arakan, Hindiston, Yaman, Somali, Liviya, Shimoliy Afrika, G‘arbiy Afrika, Uzoq Sharq, Iroq, Suriya, Livan, Falastin va boshqa ko‘plab yurtlarimizdagi jarohatlarimizdan oqayotgan qonlar Britaniya sanchgan xanjar sababli ekanini, u hamon Islom Ummati tanasiga zarbalar berayotganini qat’iy ayta olmamiz. Musulmonlar orasida chuqur ildiz otgan qashshoqlik, savodsizlik va qattol ixtiloflar ham mana shu ustamon makkor Britaniyaning qilmishi ekanini qat’iy ta’kidlay olmamiz. Agar biz Britaniyaning musulmonlar ustidagi qilmishlari borasida sud tashkil qilmoqchi bo‘lsak, uning jinoyatlari va keltirgan baxtsizliklari shu qadar ko‘pki, buning uchun bir asr ham yetmaydi. Shuning uchun unga jinoyat va musibatlar onasi, deya laqab qo‘ysak, haqqimiz bor va u shunga loyiqdir. To Xalifalik qo‘shini oldida Britaniyaning mag‘lub bo‘lishini va Islom bilan boshqarilishini ko‘rmagunimizcha… to dunyodan Britaniya quyoshi abadiy so‘nib, u bilan birga makru tuzoqlar ham yo‘q bo‘lishini va insoniyat tarixida eng jirkanch zamon bo‘lgan Britaniya qirolligi zamoni barham topishini ko‘rmagunimizcha, bu davlatga bo‘lgan yuraklarimizdagi nafrat olovi so‘nmaydi.

Ta’kidlash lozimki, Xalifalik davlati ag‘darilgach, musulmon yurtlaridagi arabu ajam, hech istisnosiz barcha hukmdorlar Britaniyaga malay bo‘lishdi. Bu davlat ularning aksariga hukmronlik qildi va hamon shunday bo‘lib turibdi. Ularning tinchlik va urush siyosatlarini, razvedka faoliyatlarini, hammasidan ham muhimi dinni barpo etish va qayta Xalifalikni tiriltirish uchun faoliyat olib borayotganlarga qarshi siyosatlarini mana shu mustamlakachi davlat tuzib bermoqda.

Hukmdorlarni Alloh halok qilsin. Chunki ular Allohning shariatini bekor qilib, insonlarga qattiq mashaqqatlar tug‘dirishdi. Ularning nopok boshqaruvlari davrida qashshoqlik ko‘paydi, savodsizlik kuchaydi va Payg‘ambarimiz ﷺning ushbu so‘zlari yana bir bor o‘z isbotini topdi:

«مَنْ أُذِلَّ عِنْدَهُ مُؤْمِنٌ فَلَمْ يَنْصُرْهُ وَهُوَ قَادِرٌ عَلَى أَنْ يَنْصُرَهُ أَذَلَّهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ عَلَى رُءُوسِ الْخَلَائِقِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»

«Kimning oldida bir mo‘min xorlansa va unga yordam berishga qodir bo‘la turib yordam bermasa, qiyomat kuni Alloh Azza va Jalla uni xaloyiq oldida xor qiladi».

Biroq, musulmonlar orasida ularni uyg‘otish uchun faoliyat olib boruvchilar maydonga chiqqanidan keyin Allohning nusratiga bo‘lgan umid ziyodalashdi. Ummat shuncha baxtsizliklardan keyin Islomsiz xalos bo‘lish yo‘q ekanini, Islom musulmonlarning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatisiz kuch-qudratga to‘lmasligini anglab yetdilar. Ushbu nusrat kuniga yaqin qolganini, yashayotganimiz zolim podshohlik ortidan uning alomatlari ko‘kda bo‘y cho‘zayotganini, uni barpo etish uchun jiddiy harakat qilayotganlarga nusrat berishni Alloh Subhanahu o‘zining quyidagi kalomida va’da qilganini tushundilar:

﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً﴾

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni (yer yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar».
[Nur 55]
Musulmonlar shuningdek, Rosululloh ﷺning imom Ahmad rivoyat qilgan hadisi sharifda zolim podshohlikdan keyin Xalifalik barpo bo‘lajagi to‘g‘risidagi ushbu so‘zlarini ham angladilar:

«ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi».

Allohim, bizni ushbu Xalifalik davlatining shohidlari va askarlaridan qil. Ushbu davlatimizning Britaniyadan va boshqa amerikalik, rossiyalik, xitoylik qonxo‘rlardan qasos olishini o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rishimizga nasib ayla.

﴿وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ﴾

«Alloh O‘z ishida g‘olibdir. Lekin odamlarning ko‘plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]

Roya gazetasining 2022 yil 2 noyabr chorshanba kungi 415-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.