Falastindagi saylovlar eski rejim qonuniyligini yangilashga qaratilgan chorasiz urinishdir

261
0

Falastindagi saylovlar eski rejim qonuniyligini yangilashga qaratilgan chorasiz urinishdir

Ozodlik yo‘li esa, Ummat va uning armiyasini Alloh yo‘lida jihodga chorlashdir

Falastin ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbos kecha juma kuni kechqurun umumiy saylovlarni uch bosqichda o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi. Ushbu farmonga ko‘ra, qonunchilik palatasi saylovlari 2021 yil 22 martda, prezidentlik saylovlari 2021 yil 31 iyulda o‘tkaziladi. Agar milliy kengash Falastin Ozodlik tashkiloti nizomi va milliy kelishuvga muvofiq 2021 yil 31 avgustgacha tuzilsa, qonunchilik kengashi saylovlari natijalari milliy kengashni shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Zero, milliy kengash saylovlari imkoniyat tug‘ilganda o‘tkazilaveradi.

Hodisalar jarayonini kuzatgan hamda ma’muriyat va uning rahbarlari voqeidan xabardor kishi biladiki, saylovlar o‘tkazilishiga jiddiy qaror qilinishi ma’muriyatning shaxsiy qarori emas. Balki u hukumat va Ozodlik tashkiloti qarib, o‘z nihoyasiga etganidan keyin hamda hukumat, tashkilot va Falastin aholisi o‘rtasidagi jarlik yanada kengayganidan keyin uning qonuniyligini yangilash uchun qo‘yilayotgan xalqaro talabdir.

Amerikada Falastin masalasini o‘z tushunchalari va mustamlakachilik rejalariga muvofiq tugata olaman, deya hisoblaydigan yangi ma’muriyat kelar ekan, Falastin hukumati va Ozodlik tashkiloti qonuniyligini yangilashdan hukumatning hayotiy tomiri hisoblangan G‘arb mustamlakachilik loyihalarini amalga oshirish va muzokaralar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ko‘zlangan.

Albatta saylovlar Falastinni ozod etish va yahudiy vujudiga qarshi kurashish uchun emas, balki muzokaralar va chekinishlar uchun o‘tkazilmoqda. Demak, bu saylovlardan maqsad, Falastinning qolgan eri borasida muzokara stoliga o‘tiradigan etakchilikni tanlashdir. Zero, boshi va oxiri ko‘rinmaydigan doirada bo‘lib o‘tadigan ushbu bema’ni muzokaralar orqali odamlar chalg‘iydi. Buning ortidan yahudiylar aholi punktlari kengayadi va yahudiy vujudining muborak zamindagi vujudi mustahkamlanadi.

Falastin masalasining boshi berk ko‘chaga kirib qolgani musulmon yurtlardagi rejimlarning xiyonatiga hamda Ozodlik tashkiloti qo‘l urgan sharmandali ittifoqlarga borib taqaladi. Shuning uchun bu masala aynan shu yo‘lda davom etish bilan hal bo‘lmaydi. Chunki mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqtirmaydi.

Falastin ma’muriyati va Ozodlik tashkilotining G‘arb rejalariga muvofiq ish tutishi hamda er, sharaf va muqaddas dargohlarga beparvo bo‘lish natijasida keltirib chiqargan siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy falokatlar ko‘lami Falastin xalqini taxmin qilinayotgan har qanday siyosiy jarayonlardan voz kechishni talab qiladi. Shuningdek, ularga shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar mustamlakachi G‘arbning barcha loyihalaridan bosh tortishni vojib qiladi. Chunki ikki davlat qaroriga asoslangan barcha kelishuvlar shar’an botil bo‘lib, Alloh va Rosuliga bo‘lgan xiyonatdir. Darhaqiqat, odamlar hukumatning mustamlakachi qo‘lidagi iflos quroldan boshqa narsa emasligini hamda mustamlakachi Falastin ahliga zulm qilayotganini, dinini vayron qilayotganini va masalani tezroq hal qilish va bosqinchilikni yanada mustahkamlash sari ketayotganini anglab etdilar.

Albatta ushbu saylovlar bosqinchi bilan «tinchlik» o‘rnatish va muzokaralar olib borish asosida o‘tkaziladi. Ular hech qachon Rosululloh sayr qildirilgan dargohni ozod qilish va yahudiy vujudini muborak zamindan butunlay ildizini quritishga chaqirish asosida o‘tkazilmaydi. Shuning uchun ularni qabul qilmaslik va G‘arb loyihasiga yurish degan e’tiborda rad etish lozim.

Albatta Falastin masalasi Islomiy Ummat masalasidir. U biror kun ham mustamlakachilarga malay bo‘lgan buzuq va buzg‘unchi tashkilot masalasi bo‘lmagan. Yovuz bosqinchilik ostida azob chekayotgan muborak zamin masalasi to‘la ozod qilish va Ummat himoyasiga qaytarish bilan hal bo‘ladi. Shunda u bugun musulmonlarning sevimli joyi bo‘lganidek, ularning yurtlari tojiga aylanadi. Darhaqiqat, yahudiy vujudi va G‘arb davlatlari Falastin masalasini Islom va Islomiy Ummatdan ajratishga qattiq harakat qildi. Bugun G‘arb davlatlari va Falastin ma’muriyati yahudiylar tinchlik va omonlikda bo‘lishi uchun mazkur ajratishni mustahkamlashga urinmoqda. Shuning uchun ushbu muborak zaminni Islom va Islomiy Ummatga qayta bog‘lash hamda uni ozod qilish va Alloh yo‘lida jihod qilish uchun Ummat va uning armiyalaridan yordam so‘rash lozimdir. Ozod bo‘lish yo‘li mana shu va u insha Alloh yaqindir. Mustamlakachilar va ularning hukmdorlardan iborat malaylari musulmonlar qalbidan Isro’ surasini o‘chira olmaganidek ushbu harakatni to‘xtata olmaydilar.

Biz Ummatimiz askarlari shu narsani ro‘yobga chiqarish uchun harakatga keladigan hamda Allohning yordami va fathi bilan tahlil aytgan holda Masjidul Aqsoga kiradigan kunni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Alloh Taolo uchun bu ish osondir. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تُقَاتِلُوا اليَهُودَ، حَتَّى يَقُولَ الحَجَرُ وَرَاءَهُ اليَهُودِيُّ: يَا مُسْلِمُ، هَذَا يَهُودِيٌّ وَرَائِي فَاقْتُلْهُ»

«Sizlar yahudiylarga qarshi urishmaguningizgacha qiyomat bo‘lmaydi. O‘shanda ortiga yahudiy yashirinib olgan tosh ham, ey musulmon, ortimda yahudiy yashirinib turibdi, kel, uni o‘ldir, deydi». (Buxoriy rivoyati).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.