Afg‘oniston qushxonaga aylanib qoldi, undan chiqish yo‘li bormi?

261
0

So‘nggi oylarda Afg‘onistonning shahar va qishloqlarida suiqasdlar, portlashlar, raketa zarbalari va o‘ylamay amalga oshirilgan tajovuzlar keskin ko‘paydi. Bu esa, masjid imomlari, nufuzli rahbarlar, hukumat amaldorlari, jurnalistlar, tahlilchilar, mashhur arboblar va begunoh tinch fuqarolarning turli vositalar orqali o‘ldirilishiga olib keldi. Odamlar portlash ovozlari bilan tong ottirishga, alamli yo‘qotishlar bilan tunni o‘tkazishga odatlanib qoldilar. Afg‘oniston tinch aholi, nufuzli kishilar va jurnalistlar uchun eng xavfli davlatlardan biriga aylandi. Biroq Afg‘on hukumati bu ishlarni qoralashdan, qomita tuzish va qurbonlar sonini hisoblashdan nariga o‘tmaydi. Yaqinda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi bir qator muxbirlarga bog‘lanib, agar ular o‘z xizmatchilarini himoya qilish uchun qurol sotib olish imkoniga ega bo‘lishmasa axborot stantsiyalarini yopishi lozimligini sharmandalarcha ma’lum qildi.

Hizb ut-Tahrirning Afg‘onistondagi matbuot bo‘limi halok bo‘lganlarga ta’ziya izhor etib, Allohdan yaradorlarning tezroq tuzalib ketishini so‘rab qoladi hamda so‘nggi hodisalarda qurbon bo‘lganlar oilalariga sabr tilab, quyidagilarni ta’kidlaydi:

Birinchidan: Suiqasdlar to‘lqini va terrorizmning tarqalishi yangi bir bosqichga o‘tilganini ko‘rsatmoqda. Ushbu loyiha bo‘yicha, Afg‘oniston tinchlik jarayonida ishtirok etayotgan tomonlar bu jarayonda sher ulushiga ega bo‘lish uchun razvedka hujumlarini amalga oshirishga, muxolif guruhlardan jamoatchilik e’tiborini burishga harakat qilishmoqda. Afsuslanarli jihati shundaki, Qo‘shma Shtatlar tinchlik jarayonida Afg‘on qatli omi stsenariysini jadallashtirish bilan bir qatorda o‘z qo‘shinlari va bazalarini himoya qilib, ulkan ustunlikka erishib oldi.

Ikkinchidan: Afg‘on hukumati voqealarni qoralash va qurbonlar sonini e’lon qilishdan nariga o‘tmadi. Zero, bu hukmdorlar mustahkam devorlar ortida yashab, zirhli transport vositalarida yuradilar hamda odamlar hozirgacha boshdan kechirayotgan og‘riqni his qilmaslik uchun ulardan butunlay o‘zlarini chetga olishgan. Hukmdorlar bir tomondan o‘zlarini insoniy qadriyatlar himoyachilari va respublika soqchilari sifatida taqdim etib, axborot vositalari orqali baland ovozda «Respublika»ga chaqirishmoqda. Biroq ularning saltanati va shaxsiy manfaati xatarga yo‘liqqach, telba qotillarga aylanishmoqda. So‘nggi paytlarda hukumatni tanqid qilishga odatlangan kishilarga qamoq yoki o‘lim bilan tahdid qilishmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, bu qotilliklar va terror amaliyotlari hozirgacha jamiyatning har bir bo‘g‘inini qiynayotgan tinchlik va respublika haqidagi hayqiriqlar natijasidir. Aslida esa, ular na Islomni hurmat qiladilar va na respublikaga rioya qiladilar. Ular faqat o‘z kuchini saqlab qolish va manfaat orttirish haqida o‘ylaydilar.

Shuning uchun, Afg‘onistondagi musulmon xalq ushbu qiyin ofatdan chiqish yo‘li basharalar o‘zgarishi bilan emas, balki hukmron buzuq rejimni ildizidan qo‘porib tashlash orqali bo‘lishini idrok etishi lozim. Bu o‘zgarish xalqqa begona bo‘lgan rejimlarni va hukmronlikka chanqoq rahbarlarni jarga uloqtirib, ularning o‘rniga Islomiy e’tiqod va qadriyatlarga muvofiq bo‘lgan nizomni o‘rnatadi. Boshqa tomondan, bu nizom odamlarning imoni, hayoti, mol-mulk va qadr-qimmatini himoya qilish uchun qayg‘uradigan haqiqiy rahbarlarni etishtiradi. Bunday nizom faqat Islom (Xalifalik) nizomidir. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«إنَّما الإمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِن ورَائِهِ ويُتَّقَى به»

«Imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.