Hindiston milliy tergov agentligi Hizb ut-Tahrir xususida jamoatchilikka yolg‘on gapirmoqda

276
0

Matbuot bo‘limi

Hindiston milliy tergov agentligi Hizb ut-Tahrir xususida jamoatchilikka yolg‘on gapirmoqda

Hindiston milliy tergov agentligi (NIA) Bangalordagi ikki kishiga, 40 yoshli Ahmad Abdulqodir va 33 yoshli Irfon Nosirga ayblov e’lon qildi. Ular 2020 yil 8 oktyabrda qamoqqa olingan edilar. Razvedka xizmati bu ikki shaxsning IShIDning terrorchilik faoliyatlariga, Qur’oniylarga va Hizb ut-Tahrirga aloqadorligi to‘g‘risidagi da’voni ilgari surdi. (The News Minute).

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ushbu asossiz da’volarni rad etib, eskirgan bunday hiyla-nayrangni fosh qiladi. Zero, ma’lumot va haqiqatlarning oshkor bo‘lishi oson bo‘lgan ushbu davrda odamlar bunday hiyla-nayranglar tuzog‘iga ilinmaydigan bo‘lib qolganlar.

Xavfsizlik xizmati rasmiylari, xususan, mustamlakachi davlatlarga quloq tutib, o‘z xalqi ishonchini suiiste’mol qiluvchilar tomonidan bunday xiyla-nayranglarning qo‘llanishi odatiy tusga aylangan. Ular Hizb ut-Tahrirni obro‘sizlantirishni istaganlarida, o‘z da’volarini quvvatlaydigan biron bir dalil bo‘lmagan holda, o‘zlarining qoloq aqliyalari bilan uni nohaqdan terrorchilikda ayblashga urinishadi.  Shuning uchun yolg‘on xabarni to‘qib chiqarib, uni ommaviy axborot vositalarida tarqatishadi. Ular o‘zlarining kalta o‘ylari bilan «jamiyat bizning aytganlarimizga ko‘r-ko‘rona, so‘rab surishtirmasdan ishonadi», deb o‘ylashadi.

Ayni paytda Hizb ut-Tahrirning o‘z fikrlarini etkazishdagi vositalari tinch dialog vositalari ekanligi butun dunyoda jamoatchilik fikriga aylangan. Ayniqsa, Hizb ut-Tahrirning o‘z fikrlarini yoyishda zo‘ravonlikni qabul qilmaganligi G‘arb mamlakatlaridagi mufakkirlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va siyosatchilar tomonidan e’tirof etilgan. Bu esa, Hizbga butun dunyo poytaxtlarida va asosiy shaharlarida ochiq faoliyat olib borish imkonini berdi. Er sharining sharqi Avstraliyadan boshlab, uning g‘arbi Amerikagacha bo‘lgan barcha qit’alarda Hizb ut-Tahrir o‘zining konferentsiyalari, seminarlari va tadbirlarini tinch, ochiq va ommaviy tarzda o‘tkazib kelmoqda.

Hizb ut-Tahrirning tashkil topganidan buyon qat’iy ishonchi shuki, teran va sof fikrlar aqllar tomonidan o‘rganilib, hayotda qo‘llanishi kuzatilganidan keyingina qalblarga kirib boradi. Fikrlarning shaxs va jamoatning turmush tarziga ta’sir o‘tkazib, uning yuksak turmush tarziga aylantirishiga imkon beradigan eng to‘g‘ri yo‘l mana shudir. Buning zo‘ravonlik (terror) yo‘li bilan amalga oshishi mumkin emas.

Hindiston milliy tergov agentligi Hizb ut-Tahrirga tegishli deb atagan sifatlar, Hindistonda va butun dunyoda o‘nlab yillar davom etgan Hizb tarixiga bir nazar tashlashdayoq inkor etiladi. Bu tarix eng muhim siyosiy ma’lumotnomalarda, akademik arxivlarda, shuningdek, saqofiy entsiklopediyalarda qayd etilgan bo‘lib, Hizb tarixi haqidagi ma’lumotlar internet paydo bo‘lganidan beri internetda tarqalgan.

Hindistondagi hukumat rasmiylari ushbu qat’iy faktlardan xabardor bo‘lganliklari sababli, Hizb ut-Tahrir saytlariga to‘siq qo‘yish orqali o‘z yolg‘onlarini yashirishni, shuningdek, ushbu ma’lumotlar va faktlarning odamlarga etib borishiga to‘siq qo‘yishni istashmoqda. Bu holat rasmiylari dunyodagi eng katta demokratik mamlakat deb atayotgan davlatda yuz bermoqda! Biroq, ularning rejalari chippakka chiqadi. Chunki Hizb ut-Tahrir va uning faoliyati haqidagi yangiliklar nafaqat Hizb saytlarida, balki butun internetda mavjuddir. Hizb ut-Tahrir odamlar yadrosidan chiqqan va ular orasida yashaydigan chinakam global Hizbdir.

Ammo Hizb ut-Tahrirning siyosiy va fikriy faoliyatini IShIDning harbiy faoliyati bilan bog‘lash masalasiga kelsak, bu hech bir hujjatga tayanmagan bog‘lashdir. Hizb ut-Tahrir IShID metodologiyasi va uning xatti-harakatlariga tanqidiy qarashni qabul qilib, uni ommaviy ravishda tarqatgan. Qabul qilingan ushbu qarashga qarshi chiqqan har qanday a’zo Hizb ut-Tahrirga mansub emas.

Hindiston milliy tergov agentligi rasmiylari uchun jamiyatni haqiqiy xavfdan, masalan, yurtni xarob qilgan korruptsiyachilardan, keng tarqalayotgan ommaviy mojarolarni qo‘zg‘ovchilardan, shuningdek, Hindiston boyliklarini mustamlakachi davlatlar manfaatlari uchun ishlatmoqchi bo‘lgan G‘arb davlatlari malaylaridan himoya qilish yaxshiroqdir. Bundan ko‘rinib turibdiki, Hindiston milliy tergov agentligi rasmiylari Hizb ut-Tahrir bilan odamlar o‘rtasiga dushmanlik solish uchun jamoatchilikni aldashga urinib, odamlar oldidagi majburiyatlarini yo‘qqa chiqarishdi. Alloh Taolo aytadi:

وَقَدْ مَكَرُوا مَكْرَهُمْ وَعِندَ اللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ

«Darhaqiqat, ular (ya’ni Makka mushriklari) o‘zlarining makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog‘lar emirilib ketadigan bo‘lsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (ma’lumdir)» [Ibrohim 46]

Ommaviy axborot vositalariga kelsak, biz ularning ushbu tuzoqqa tushib qolishlarini yoki jamiyat oldidagi burchlaridan voz kechishga rozi bo‘lishlarini, shuningdek, haqiqatlarni soxtalashtirib, jamoatchilikka yolg‘on gapirishlarini yoki Hindistondagi odamlarni bir-biriga qarshi qo‘zg‘ashda ishtirok etishlarini istamaymiz. Agar ommaviy axborot vositasi o‘z ishida samimiy bo‘lsa, Hizb ut-Tahrir saytlariga qo‘yilgan ushbu to‘siqni buzishi hamda Hizb manhaji va jamiyat bilan ishlashi bilan bog‘liq haqiqatni etkazishi kerak.

Hindiston rasmiylarining Amerikaning Islomga qarshi urishish siyosatini qabul qilish orqali qilayotgan ishlaridan odamlarni ogohlantirish ham ommaviy axborot vositalarining vazifasidir. Chunki Amerika o‘z manfaatlari yo‘lida ko‘plab xalqlarni qirg‘in qilgan va ko‘plab davlatlarni vayron qilgan xavfli davlatdir. Hindiston rasmiylarining Amerika quchog‘iga o‘zlarini otishi o‘z xalqlariga va ularning kelajagiga xavf tug‘diradi. Agar ular ushbu kalta o‘yli siyosatni davom ettirishsa, mamlakatni Amerika keltiradigan ko‘proq azob-uqubatlarga mahkum qilishadi.

Hizb ut-Tahrir haqiqiy to‘g‘ri uyg‘onishga va Xalifalik nizomini barpo etishga chaqiradi. Uzoq tarixga ega bo‘lgan ushbu nizom 1342 yilga qadar davom etgan bo‘lib, Hindistonda eng oxiri yigirmanchi asr boshlarida bo‘ldi. O‘sha paytda Hindiston mustaqilligi harakatiga rahbarlik qilgan G‘andi musulmonlarni o‘zi bilan birga jamlash uchun Xalifalikning butunligi masalasini o‘zining asosiy masalalaridan biri qilib belgilagan edi. Bundan maqsad 1924 yilda Xalifalik qulashidan oldin uni himoya qilish edi. Chunki u Xalifalikning qulashi bilan Hindiston xalqi ustidan ingliz mustamlakachiligi mustahkamlanishini anglab etgan edi.

Hizb ut-Tahrir dunyoning har bir joyida, shu jumladan Hindistonda fikriy va siyosiy faoliyat olib bormoqda. U odamlar bilan munozara va dialog orqali uzoq muddatli samimiy aloqa o‘rnatib keladi. Alloh Taolo aytadi:

قُلْ هَذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي

«Ayting: «Mening yo‘lim shudir. Men Allohga da’vat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga-ishonchga egamiz. (Har qanday sherikdan) Allohni poklayman. (Zero) men mushriklardan emasman»»  [Yusuf 108]

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.