Trassalarni ochish Amerika strategiyasidir, qo‘zg‘olonga yordam berish strategiyasi emas Undan Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish ko‘zlangan

533
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Trassalarni ochish Amerika strategiyasidir, qo‘zg‘olonga yordam berish strategiyasi emas Undan Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish ko‘zlangan

Doktor Muhammad Hivroniy

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi

Shom qo‘zg‘oloni boshlangandan beri Amerika o‘zining tobe davlatlar va malaylari yordamida uni yo‘q qilishga urinib kelmoqda. Buning uchun o‘zining eng kuchli makrlarini va eng yomon nopokliklarini ishga soldi, barcha qo‘g‘irchoqlarini safarbar qildi, imkoniyatlarini ayamay sarfladi. Bugungi kungacha, ayniqsa, uchlik davlatlari (Eron-Rossiya-Turkiya) orqali bu ishda sezilarli yutuqqa erishdi. Darhaqiqat, Amerika bu yutuqni Ostona va Sochi konferensiyalarida qabul qilingan qarorlar orqali qo‘lga kiritdi. Ayni rejimlar qonxo‘r rejimga bir nechta mintaqalar va ulkan maydonlarni qaytarib berishdi, qo‘zg‘olon boshlangandan beri bu yerlarning hammasi qo‘zg‘olon ahli qo‘lida edi. Qaytarib berish ishi nopok reja bo‘yicha, ya’ni, eng kuchli qirg‘inbarot qurollar yordamida quturgan hamlalar bilan amalga oshdi… Oddiy insonlar boshiga bir tomondan strategik bombardimonchi samolyotlar havodan va suvdan tinimsiz bombalar yog‘dirib turdi, boshqa tomondan raketalar va snaryadlar uy-joylarni aholisi bilan qo‘shib vayron qildi… Insoniyat tarixida bunday dahshatli jinoyatlar ko‘rilmagan.
Lekin hamlalar shu darajada quturgan bo‘lsa-da, biz Suriya rejimi kuchlarining tugayotganiga, yurtni nazorat qila olish imkoniyatini yo‘qotishganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bugun rejim armiyasi tarqoq guruhlarga aylangan. Ularning birdan-bir tashvishi, aholisi dahshatli bombardimondan qochib-hijrat qilishi hamda jangchi guruhlar ham chiqib ketishi natijasida bo‘shab qolgan uylarni talon-toroj qilish va buyumlarni o‘zlashtirish bo‘lib qolgan.
Biz rejim bostirib kelgan mintaqalarning barchasida shu holni ko‘rdik, Halabdan tortib, G‘uta, Qalamun, Hivron, Hama, Xon Shayxun, Sharqiy va G‘arbiy Sikka kabi.
Shom ahlining holi ham bir xil: dahshatli bombardimondan yurtlari va mollarini tashlab chiqib ketmoqdalar hamda Turkiya o‘rnatgan devorli chegaraga yaqin yerlardagi jamloqlarga joylashmoqdalar. Bu jamloqlar esa, yaxshi yashash sharoiti u yoqda tursin, mutlaqo yashab bo‘lmaydigan xor ahvolda.
Suriyaning o‘zi haqida gapiradigan bo‘lsak, qo‘zg‘olon dushmanlari uni o‘z maqsadlarini amalga oshirish hamda uchlik davlatlari hukmdorlari kelishib olgan rejalarni tatbiq qilish uchun strategik maydonga aylantirib olishdi. Bu Amerikaning ularning har biriga bo‘lib bergan rollar doirasida bajarilmoqda. Ularning hammalari asosiy maqsadni, ya’ni, muborak qo‘zg‘olonni yo‘q qilish va mag‘rur Shom ahlini siyosiy yechim orqali kofir Amerikaga tiz cho‘ktirish maqsadini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilishmoqda. Siyosiy yechim qo‘zg‘olonni tugatish, aholini qonxo‘r rejim qo‘yniga qaytarish va shundan so‘ng Shom ahli bergan shuncha qurbonliklarni havoga kuldek uchirib, behuda ketkazishdan iboratdir.
Mana shunday strategiya o‘z maqsadi sari ketyapti. Yomonlik alyansi zulukdek yopishib olgan ayni maqsadning eng xavfli nuqtasi shuki, hozirda ular trassa-xalqaro yo‘llarni nazorat ostiga olishga urinishyapti. M4 va M5 bilan ifodalangan bu trassalar, agar Alloh saqlasin-rejim qo‘liga o‘tadigan bo‘lsa, ozod etilgan mintaqalarning aksarini qo‘ldan boy berish mumkin bo‘ladi hamda rejim mintaqalari, Turkiyaning rasmiy o‘tish yo‘laklari bilan qo‘shiladi. Ana shunda Turkiya yo‘laklarni lang ochib qo‘yadi va u bilan rejim o‘rtasida ochiq-oshkor rasmiy munosabatlar boshlanadi. Qo‘zg‘olonchilar nazoratidagi mintaqalar esa, atroflari turk devorlari bilan o‘ralgan kichik-kichik uyalarga aylanadi, u yerlarda yuzlab chodirlar paydo bo‘ladi, butun dunyo u yerni terroristlar to‘plangan so‘nggi boshpana joyi o‘laroq qaraydigan bo‘ladi. Ular yo Suriya-Iordaniya chegarasidagi Rukbon jamlog‘i singari turli holatdagi dahshatli qamal ostida qolishi yoki uning boshiga Bog‘uz mintaqasi boshiga tushgan narsa tushishi mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, bu jinoyatkor davlatlar va ularning qo‘g‘irchoqlari qo‘zg‘olonni tugatdik, Suriyani o‘zining asl egasiga topshirdik, deb o‘ylashyapti. Masalan, turk rejimi bir necha bor shu mazmunda bayonot bergani kabi.
Mudom dushmanlarimiz tuzishgan va o‘shanga binoan ishonch bilan harakat qilishayotgan strategiya shu ekan, tabiiy savol tug‘iladi: Shom ahlida ham o‘z qo‘zg‘olonlariga yordam berib, yutuqqa erishtiradigan biror strategiya bormi?!
Buning aniq va to‘g‘ri javobi shuki, hozirda Shom ahli qo‘lida hech qanday strategiya yo‘q. Chunki ularning xolis ongli yetakchilari yo‘q!
Shom ahli rejimga qarshi qo‘zg‘algan paytlarida ularning siyosiy yetakchiliklari bo‘lmadi, balki son-sanoqsiz xalq qo‘zg‘oloni bo‘ldi, xolos. O‘shandayoq bu jinoyatkor davlatlar ko‘ksini tanklarga tutgan majruh xalq oldiga yetib kelishga oshiqishdi.

Ba’zilari ularga o‘zini yordam beruvchi qilib ko‘rsatib, oldilaridan qizil chiziq tortib berish bilan aldashdi… Ba’zilari esa, jangchi guruhlar tepasida o‘zlarini o‘zlari saylab olgan va xalq tomondan saylanmagan rahbarlariga yirik dollarlarni to‘kishdi. Shu tarzda bu davlatlar ayni guruh rahbarlari bilan aloqa o‘rnatib, ularni o‘z nazoratlari ostiga olish bilan guruhlar qarorini ham o‘z nazoratlariga olishdi. Bu rahbarlar bo‘lsa, o‘zlari mustaqil qaror qabul qilisholmadi, Shom qo‘zg‘oloni va qurbonlari ustida savdo qilishdi.
Shu bilan birga, bu davlatlar ba’zi kimsalarni tanlab olib, ularga siyosiy muxolafat, degan nom berishdi, ularni poytaxtma-poytaxt sudrab yurishdi. Bu «muxolafat» ham Shom qo‘zg‘oloni va qurbonlari ustida savdo qildi… Va nihoyat, mana shunday halokatli oqibatga yetib keldik. Demakki, qo‘zg‘olon bugungi kunga qadar o‘ziga ushbu mayib-majruh xalqqa muvaffaqiyat yo‘lini ko‘rsatib beradigan ongli xolis yetakchini qabul qilib olgani yo‘q.
Nusrat uchun kerakli omillar mavjud. Biroq, hammasidan oldin ushbu aziz xalqimiz o‘z qarorini qayta qo‘lga olmog‘i darkor. Chunki u istak-irodasiz qoldi. Kim iroda va qarorini yo‘qotgan bo‘lsa, mag‘lub bo‘ladi, yiqiladi.
Nusrat uchun kerakli omillarga kelsak, ular uchta narsada ko‘rinadi: ongli xolis siyosiy yetakchilik, mohir xolis harbiy yetakchilik va ish rejasi. Chunki ongli xolis siyosiy yetakchilik qo‘lida albatta davlat barpo qilish loyihasi bo‘ladi. Bu birinchisi. Ikkinchisi, mohir xolis harbiy yetakchilik qo‘zg‘olon dushmanlari chizgan qizil chiziqni parchalab tashlab, mujohidlarni jihodga safarbar qilishga va asosiy maqsadga xizmat qilib, hal qiluvchi jangni, ya’ni, rejimni ag‘daruvchi jangni boshlashga qodir. U sahroga o‘xshagan yerlarda behuda janglar qilish bilan band bo‘lmaydi. Yo‘q, u rejimning o‘z markazida-inida keskin jang olib boradi. Uchinchi, ish rejasi. Bu – aksar insonlar kelishib-rozi bo‘ladigan rejadir, ya’ni, qo‘zg‘olonning yurishi uchun kerakli o‘zgarmas asoslardir. Ushbu o‘zgarmas asoslar quyidagilardan iborat:
a) Rejimni butun arkonu basharalari bilan qo‘shib ag‘darish va ushbu ulug‘ xalqning qonini daryo qilib oqizgan rejim bilan hargiz uchrashuv va muzokara o‘tkazmaslik;
b) Rejimlar, davlatlar, xususan, Turkiya va Fors Ko‘rfazi davlatlari kabi, Suriya xalqini aldagan davlatlar bilan aloqani butkul uzish;
v) Islom tuzumini barpo etish uchun faoliyat qilish. Ushbu tuzum butun insoniyatga ezgulik ulashadi, ularga baxtli hayot hamda hammalarini aldov bilan emas, haqiqatda tom ma’noda g‘amxo‘r boshqaruv bilan ta’minlaydi. Bu esa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi buyuk Islom tuzumisiz hargiz ro‘yobga chiqmaydi.
Nusrat uchun kerakli omillar mana shulardir. Alhamdu lillah, bu omillar albatta mavjud. Biroq, buning uchun jiddiy harakat darkor. Shom ahli o‘zlarining haqiqiy burchlarini zimmalariga olmoqlari zarur. Chunki mollari, farzandlari va yurtlarini qurbon qilganlar ham, ushbu masalasining egalari va shu masala bilan hukm yuritadiganlar ham Shom ahlidirlar. Ushbu masala to‘qqiz yildan beri siz Shom ahli dillaringizda qaynab, hajmi kengayib, to Allohning izni ila nusratga yetgunlaringizcha uni hal etishdan hargiz voz kechmaysizlar. Kofirlar ham shu kungacha sizning diningizni mag‘lub etishda noumidlikka tushishdi. Bugun ham, ertaga ham sizning buyuk qo‘zg‘oloningizni yo‘q qilishda albatta noumidlikka uchrashadi, insha Alloh. Darvoqe, qo‘zg‘olonning saboti va sizning ochiq nusratga erishish yo‘lidagi qat’iyatingiz dushman kattalarining sochlarini oqartirib yubordi. Ummat qoni siz Shom ahli qoningiz bilan birga qaynamoqda, harakat qilmoqda, uning ko‘zlari sizga umid bilan boqib, yuraklari entikib, nusrat quchishingizga muntazir bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, sizga Alloh Azza va Jallaning o‘zi kafildir. Bas, mana shu sizning strategiyangiz bo‘lsin, diningizga yordam berish va Robbingiz shariatini barpo qilishga otlaning, Ummatingiz ulug‘ligini qayta tiklang. Allohga qasamki, ochiq nusrat kunini yurakdan sog‘indik.
﴿فَلاَ تَهِنُوا وَتَدْعُوا إِلَى السَّلْمِ وَأَنْتُمْ الْأَعْلَوْنَ وَاللَّهُ مَعَكُمْ وَلَنْ يَتِرَكُمْ أَعْمَالَكُمْ﴾
«Bas, sizlar (hargiz) sustlashmang va o‘zlaringiz ustun-g‘olib bo‘lgan hollaringizda (kofirlarni) yarashga ham chaqirmang! Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizni (savob-mukofotini) kamaytirmas» [Muhammad 34]
Roya gazetasining 2020 yil 8 yanvar chorshanba kungi 268-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.