Tramp koronavirus krizisini jilovlashdagi qobiliyatsizligini Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga ag‘darmoqda

373
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tramp koronavirus krizisini jilovlashdagi qobiliyatsizligini Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga ag‘darmoqda

Bi-Bi-Si veb-sayti (hijriy 1441 yil 22 sha’bon, milodiy 2020 yil 14 aprel chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Seshanba kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp AQShning Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga qo‘shayotgan hissasini to‘xtatishga farmon berganini e’lon qildi. BMTning ushbu tashkilotiga ko‘p ayblovlar yo‘llab, «epidemiyadagi yuqish va o‘lim holatlari bo‘yicha butun dunyoga juda ko‘p noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqaldi», dedi. So‘ng bu tashkilotning «o‘zining asosiy vazifasini ado etolmaganini hamda Covid-19 epidemiyasi Xitoyda paydo bo‘lganidan keyin unga qarshi ko‘rgan choralari uchun hisob berishi shart»ligini qo‘shimcha qildi. Ilgari ham Tramp Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotini Xitoyga xayrixohlik qilayotganlikda ayblagan edi».

Bu AQSh prezidentining o‘zi epidemiyaga nisbatan ko‘rgan choralari uchun ichki tanqidlarga uchrayotgan bir paytda yuz bermoqda».

Roya gazetasi sharhi:

AQSh Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotini moliyalashtirish uchun boshqa davlatlar tomonidan beriladigan umumiy mablag‘ning beshdan birini beradi va bu 400dan 500 million dollar o‘rtasida. Shunday bir qaltis paytda bunday ta’minlovni taqiqlashning o‘ziga xos siyosiy va moliyaviy sabablari bor. Moliyaviy sababga kelsak, Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga shunday katta mablag‘ni butun dunyoni to‘lashga majbur qilib, o‘z yurtini bunday katta yukdan forig‘ qilmoqchi. Siyosiy sababiga kelsak, u o‘z ma’muriyatining ulkan va sharmandali muvaffaqiyatsizligini hamda koronavirusga nisbatan yomon chora-tadbirlar ko‘rganini yashirishga urinmoqda va bu masalada aybdorlikni goh Xitoyga, goh Evropaga yuklab keldi. Endi bo‘lsa, o‘z vazifasini ado etmadi, AQSh va dunyoni adashtirib, ko‘plab odamlarning vafot etishiga sabab bo‘ldi, degan dastak bilan aybni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga yuklamoqda. Aslida unday emas. Aksincha, ayni javobgarlik va uning oqibatlari Tramp ma’muriyati zimmasiga tushadi. Chunki ayni epidemiya boshlangan paytda unga e’tiborsiz qaragan, keyin sog‘liqni saqlash bo‘yicha choralar ko‘rishda sekin harakat qilgan shu Trampning ma’muriyati bo‘ladi. Ayniqsa, Tramp ma’muriyati tomonidan epidemiyaga qarshi kurashda yomon chora-tadbirlar ko‘rilayotgan bir paytda, Amerika prezidentlik saylovlari arafasida turar ekan, barcha javobgarlik shu ma’muriyat zimmasiga tushadi.

Tramp esa, amerikaliklar e’tiborini AQSh ushbu tashkilotga millionlab dollar sarflayotgan bir paytda, amerikaliklarning boshqa birovlar tomonidan berilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar qurboni bo‘lishganiga qaratmoqda.

Roya gazetasining 2020 yil 22 aprel chorshanba kungi 283-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.