Mirziyoev: O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilmaydi

418
0

Mirziyoev: O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilmaydi

“O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilmaydi. Kuzatuvchi degani a’zo emas”. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisda yangi hukumatning birinchi yig‘ilishida ma’lum qildi.
U AQSh ajratgan 2 milliard dollarga qishloq xo‘jalik maxsulotlari va meva-chevalarni ishlab chiqarish jarayoni boshlanganini aytib, uni Yevropaga eksport qilish uchun bir standartga solish zarurligini qo‘shimcha qildi.
Mirziyoev O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida tashkilotning ijobiy va salbiy jihatlarini kuzatishini qo‘shimcha qildi. Bunga qadar Rossiyaning xalqaro masalalar bo‘yicha Kengashi raisining o‘rinbosari Farit Muhametshin O‘zbekistonning YeOIIdagi kuzatuvchi maqomi 2020-yili xal bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Bulardan ma’lum bo‘lganidek, O‘zbekiston so‘ngi vaqtlarda G‘arb va Rossiyaning nufuz talashuvchi maydoniga aylanib bormoqda. Rossiya chegara, migratsiya masalalarini bahona qilib YeOIIga olib kirish uchun bosim o‘tkazib kelyapti. AQSh O‘zbekistonga turli iqtisodiy, texnik yordam ko‘rsatish va “S5+1”, “Afg‘oniston” masalasini bahona qilish orqali ta’sirini kengaytirishga harakat qilmoqda. Agar O‘zbekiston butunlay G‘arbga yuz buradigan bo‘lsa Rossiya tartibsizliklar keltirib chiqarishi tahdidi bor. Agar to‘lig‘icha Rossiyaga itoat qiladigan bo‘lsa G‘arbning qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘ladi. Shu sababli “ikki tog‘”ning o‘rtasida eplab bir muvozanat topishga majbur. Shu tufayli Mirziyoev YeOIIga qarshi gapirgandek bo‘lib, unga a’zo bo‘lishin kechiktirish orqali G‘arbning ko‘nglini olmoqchi. Shu bilan bir vaqtda Rossiyani tinchlantirish uchun mazkur tashkilotga kuzatuvchi sifatida qo‘shilmoqda.
Mumtoz Mavoraunaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.