Al-Va’y guruhi Falastin universitetlarida «CEDAW» deklaratsiyasiga qarshi talabalar ongini ochish kampaniyasini olib bormoqda

352
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Al-Va’y guruhi Falastin universitetlarida «CEDAW» deklaratsiyasiga qarshi talabalar ongini ochish kampaniyasini olib bormoqda

Al-Va’y guruhi Quddus, Najoh, Xalil, politexnika va Bir Zayt universitetlarida qator tadbirlar o‘tkazdi. Falastin rejimining «CEDAW» deklaratsiyasini amalda joriy qilishga, (shu jumladan, turmush qurish yoshini 18 yoshga balandlatishga) qaratilgan chora-tadbirlariga qarshi Hizb ut-Tahrir tomonidan olib borilayotgan kampaniya doirasida o‘tkazilgan ayni tadbirlar quyidagilardan iborat:

–             Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini tomonidan chiqarilgan «Falastin rejimi ayollarni buzish va oilalarni tarqatish uchun Islom dushmanlari dasturlarini amalga oshirmoqchi» nomli varaqa tarqatildi. Tadbir davomida shu narsa kuzatildiki, talabalar o‘zlarining bahs-munozaralari, dialoglari hamda rejimning bunday jinoyatiga nisbatan nafrat izhor etishlarida juda ham faol bo‘ldilar.

–             Najoh universitetida kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu tadbir xususan, talabalar bilan dialog o‘tkazish uchun xotin-qizlar tashkilotlari va «CEDAW» deklaratsiyasi mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir davomida universitet talabalari ajoyib qizg‘in munosabat bildirdilar. Al-Va’y guruhi yoshlari mazkur deklaratsiya tatbiq etilishi oqibatida yuzaga keladigan uning salbiy asoratlarini yoritib berdilar, masalan, oilalar buzilishi hamda yosh avlodning xorijiy davlatlar va ularning mahalliy malaylari tomonidan muntazam ravishda va qasddan sabotaj qilinishi kabi.

Roya gazetasining 2019 yil 13 noyabr chorshanba kungi 260-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.