Kapitalistik tsivilizatsiya «meva»laridan: 18 yoshga to‘lmagan qizlarga hijob kiyish taqiqlangan, 15 yoshdan boshlab zinoga ruxsat berilgan!

297
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik tsivilizatsiya «meva»laridan: 18 yoshga to‘lmagan qizlarga hijob kiyish taqiqlangan, 15 yoshdan boshlab zinoga ruxsat berilgan!

Quds arabiy veb-saytida (hijriy 1442 yil 28 sha’bon, milodiy 2021 yil 10 aprel shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Yozuvchi Prayya Agarval Britaniyaning «Independent» gazetasida nashr qilingan o‘z maqolasida Frantsiya rejimining bo‘linishdan va ulkan ziddiyatlardan aziyat chekayotganini ta’kidladi. Yozuvchiga ko‘ra, frantsuz parlamenti 15 yoshga to‘lgan qizlar jinsiy aloqa qilishda mustaqillik va erkinlik bilan ta’minlangan bir paytda, 18 yoshga to‘lmagan qizlarning hijob kiyishini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda!

Yozuvchi ushbu qonunning Frantsiya davlatining «erkinlik, tenglik, birodarlik» shioriga zidligiga, unda adolat va tenglik yo‘qligiga, xotin-qizlar huquqlarini jinsiy erkinlik masalasiga cheklab qo‘yilganiga alohida urg‘u berdi!

Yozuvchiga ko‘ra, niqob bilan hijobni taqiqlash frantsuzlarning xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi da’volariga tamoman zid bo‘lib, bunday qadam, Islomga qarshi gap-so‘zlarga asoslangan. Bu – barcha muslima ayollar repressiya qilingan, hijobni majburan kiyadilar degan hamda erkaklar hukmronligiga qarshi kurashishlari uchun ularga yordam berish kerak, degan mazmundagi gap-so‘zlardir.

Yozuvchining ta’kidlashicha, hijob kiyishni taqiqlashga qaratilgan navbatdagi bu taklif qator irqchilik siyosatlari sirasidan bo‘lib, u butun musulmonlarga, ayniqsa, muslimalarga qaratilgan. Ayni siyosatlar «Frantsiya respublikasining qadriyatlarini va boshqa asoslarini hurmat qilish», da’vosi bilan muslimalarning o‘z haq-huquqlaridan mahrum etmoqda.

Yozuvchi Frantsiyaning hijobga qarshi kampaniyasi 2004 yil fevralda boshlaganini ta’kidladi. O‘shanda Frantsiya Milliy Assambleyasi o‘quv dargohlarida diniy belgilarni, shu jumladan, muslimalar hijobi, yahudiylar do‘ppisi va nasroniylar krestini taqiqlashga doir bir qonun ishlab chiqish ustida qator muhokamalar boshlagan edi. Bundan avval 2003 yil sentyabrda esa, Germaniyaning ber nechta federalь shtatlarida muallimalarning hijob kiyishlarini taqiqlash to‘g‘risida qadamlar tashlangan.

Yozuvchiga ko‘ra, 2011 yil birinchi bo‘lib muslima ayollarning jamoat joylarida har qanday turdagi niqobni taqishga taqiq qo‘ygan davlat Frantsiya bo‘ldi. O‘sha paytda niqobni taqiqlash Frantsiyaning musulmon fuqarolariga nisbatan tutgan pozitsiyasi to‘g‘risida ko‘plab savollarni keltirib chiqargan edi. 2014 yil Evropa inson huquqlari sudi Frantsiyaning niqob kiyishni taqiqlovchi qonunini qo‘llab-quvvatladi hamda Frantsiya ayni qonunning o‘zida musulmon fuqarolarning shaxsiy hayotini, so‘z va e’tiqod erkinligini buzmasligini da’vo qildi. 2016 yil Frantsiyaning juda ko‘p sohillarida «burkini» kiyishga taqiq qo‘yildi.

Yozuvchi ayolning hisoblashicha, frantsuz hukumati «xolislik roli»ni o‘ynashni eplay olmayapti. Chunki etnik ozchilik hisoblangan ayollarni qo‘llab-quvvatlashini da’vo qila turib, ularga qanday kiyinish kerakligini majburlayapti. Axir, ayollarning erkinligini va tanlash huquqlarini tortib olish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash mumkinmi?!».

Roya gazetasining 2021 yil 14 aprel chorshanba kungi 334-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.