Hizb ut-Tahrir – Britaniya «2019 yil Kashmir konferentsiyasi»

398
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Britaniya

«2019 yil Kashmir konferentsiyasi»

Joriy yil 27 oktyabr yakshanba kuni Hizb ut-Tahrir – Britaniya mamlakat janubidagi Luton shahrida konferentsiya o‘tkazgan edi. «2019 yil Kashmir konferentsiyasi» nomli ushbu yig‘inda asosan to‘rtta ma’ruza tinglandi. Ulardan birida yangi xalqaro vaziyat, unda Xitoyning Qo‘shma Shtatlarning kuchli raqibiga aylangani, Kashmir va uning tevaragida kechayotgan ishlarning barchasi asosan mana shu raqobat doirasida bo‘layotgani, AQSh Xitoy faoliyatini «blokada» qilib, cheklashni istayotgani haqida so‘z yuritildi.

Ma’ruzalarda AQSh o‘zining mintaqadagi manfaatlarini amalga oshirishda Pokiston o‘rniga kuchli ittifoqchi sifatida Hindistondan foydalanmoqchi bo‘layotgani yoritildi. Notiqlar o‘z nutqlarida quyidagilarni ta’kidladilar: Bu hukmdorlar dajjol rolini o‘ynashyapti. Chunki ular Pokistonni Hindistonga nisbatan zaif davlat sifatida ko‘rsatib, Kashmir muammosini AQSh va BMT yordamida hal qilish kerak qabilida ish tutishyapti. Ammo aslida Ummat kambag‘al ham, zaif ham emas. Aksincha, shaxslar va resurslarga shu darajada boyki, u butun dunyoni boshqarishga loyiq. Ummatga etishmayotgan narsa xolis etakchilik, xolos.

Konferentsiyada nutq so‘zlagan notiqlariga ko‘ra, Kashmir muammosi Kashmir ahli yoki Pokiston ahlining ichki muammosi emas… Yo‘q, u butun musulmonlar muammosidir. Hamma balo shundaki, Pokiston hukmdorlari bu masalani Kashmirning ichki ishi, deya Kashmirdagi musulmonlarni yordamsiz qoldirishyapti, ammo Afg‘onistondagi AQShga yordam berishga kuchlarini ayashmayapti.

Ma’ruzalar nihoyasida muhim bir nuqtaga diqqat qaratildi. Ya’ni, musulmonlarning musibati va bo‘linishiga sabab, Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqaruvchi rahbarning yo‘qligidir. Chunki bu rahbar-xalifa musulmon yurtlarini G‘arb kirlaridan tozalaydi va nafaqat Islom davlati ichkarisida, balki butun dunyoga adolat va omonlik ulashadi.

Roya gazetasining 2019 yil 13 noyabr chorshanba kungi 260-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.