Al-Va’y guruhi Falastin universitetlarida Balьfur deklaratsiyasiga qarshi bir qator tadbirlar uyushtirdi

394
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Al-Va’y guruhi Falastin universitetlarida Balьfur deklaratsiyasiga qarshi bir qator tadbirlar uyushtirdi

Al-Va’y guruhi Quddus, Xalil, Bir Zayt, politexnika va Huzuriy universitetlarida turli tadbirlar uyushtirdi. Tadbirlarda talabalarga Balьfur deklaratsiyasining asl basharasi va uning to bugungi kunimizgacha bo‘lgan salbiy oqibatlari bayon qilindi.

Universitetlardagi talabalarga «Balьfur deklaratsiyasi va g‘alati paradoks» sarlavhali minglab nusxada varaqa tarqatildi. Varaqada bu deklaratsiyaning xalqaro hamjamiyat va mustamlakachi davlatlar tomonidan Millatlar Ligasi va BMT yordamida qonuniy hujjatga aylantirilgani, BMT esa yahudiy vujudini saqlab qolish vositalari bilan ta’minlayotgani izohlandi.

Al-Va’y guruhi Falastin rejimining Balьfur deklaratsiyasini rad eta turib, uning achchiq mevalariga rozi bo‘layotgani bilan bog‘liq savollarni o‘rtaga tashladi. Quyidagilar ana shu savollardan:

–             Falastinni ozod etish bo‘yicha xalqaro hujjatlar va xalqaro qonuniy qarorlarga tayanish durustmi, holbuki, Balьfur deklaratsiyasini kuchga kiritgan shular bo‘lsa?!

–             Oslo shartnomasi mana shu mash’um Balьfur deklaratsiyasining samarasi emasmi?!

–             Rejim Balьfur deklaratsiyasini jinoyat, deb hisoblab, bir vaqtning o‘zida ikki davlat echimiga rozi bo‘lyapti va yahudiy vujudini tan olyapti, bu bir-biriga to‘g‘ri keladigan narsami?!

–             Yahudiy vujudi bilan kurashga barham berish borasida muzokara o‘tkazish shu mash’um Balьfur deklaratsiyasi tatbiqi emasmi?!

–             Balьfur deklaratsiyasiga e’tiroz bildirish mintaqada yahudiylarni saqlab qolishga harakat qilayotganlarga e’tiroz bildirishni va boykot qilishni talab qilmaydimi?!

–             Balьfur deklaratsiyasini rad etish bilan Falastin davlati deklaratsiyasiga rozi bo‘lish o‘zaro qarama qarshi narsa emasmi?!

Ta’kidlash lozimki, tadbirda ko‘plab plakatlar ilindi. Shu bilan birga, talabalar bilan uyushtirilgan suhbat va munozaralar davomida Balьfur deklaratsiyasining asl basharasi ochib tashlandi. Shuningdek, ushbu mash’um deklaratsiyaga va uning asosidagi siyosiy shartnomalarga nisbatan qarshilik pozitsiyasini egallash zarurligi ta’kidlanib, Falastin rasmiylarining e’tiroz bildirib qo‘yish bilan bir vaqtda, yahudiy vujudi tomonidan Falastinning 78 % eri egallab olinishini qonuniy, deya tan olishayotgani yoritib berildi.

Abu Dis shahridagi Quddus universitetida dars o‘tildi. Darsda Balьfur deklaratsiyasining siyosiy davomati fosh etildi hamda Falastin masalasi BMT qarorlarini va xalqaro qonuniylikni kutish bilan hal etilmasligi, aksincha, ularning o‘zi ayni mash’um deklaratsiyani kengaytirib, mustahkamlashayotgani bayon qilindi.

Roya gazetasining 2019 yil 13 noyabr chorshanba kungi 260-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.