Yahud askari yaradorlarga yordam berayotgan hamshira qizni otib oʻldirdi

1376
0

Yahud askari yaradorlarga yordam berayotgan hamshira qizni otib oʻldirdi

Falastinning Xon Yunus mintaqasida xizmat qilayotgan koʻngilli hamshira Rezan Najjor yaradorlarga yordam berayotgan payda yahud askarlari tomonidan iftorlikdan avval otib oʻldirildi. Hamshira qizning yahud snayperchisi tomonidan otib oʻldirilganligi aniqlandi.

Falastinlik 24 yoshli hamshira qiz Rezan Najjor Quddusni muhofaza qilish jarayonida yahud askarlari tarafidan otilgan oʻqdan jarohat olgan yaradorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun koʻngilli ravishla faoliyat yuritayotgan edi. Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligining Gʻazodagi matbuot kotibi Ashraf al-Kudra oʻzining yozma bayonotida, koʻngilli hamshira Najjor yahud askarlari tarafidan Gʻazoning janubidagi Xon Yunus shahrida otib oʻldirilganligini maʼlum qildi. Hamshira qiz bir hafta oldin “Falastindagi Buyuk yurish” chodirda unashtirilgan edi.

Falastinlik musulmonlar tarafidan yahud bosqiniga qarshi Gʻazo sohilida oʻtkazilayotgan qurolsiz, tinch namoyishning oʻninchi haftasi davom etmoqda. Yahud askarlari qurolsiz norozilik namoyishi oʻtkazayotgan musulmonlarga qarshi haqiqiy oʻqlar bilan hujum qilmoqda. Yahud askarlarining hujumlari natijasida shu kungacha 110 nafardan ortiq musulmonlar halok boʻldi va minglagan namoyishchilar jarohat oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.