Endryu Parker: Rossiya yakkalanib qoladi

423
0

Endryu Parker: Rossiya yakkalanib qoladi

 Buyuk Britaniya MI5 kontrrazvedka xizmati rahbari Endryu Parker dushanba kuni Berlinda yevropalik hamkasblari bilan uchrashuvda soʻzlagan nutqida Rossiyaga uni yakkalab qoʻyish bilan tahdid qilish rejasi borligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Nashrga koʻra, Parker oʻz nutqi davomida Razvedka Bbsh boshqarmasi sobiq xodimi Sergey Skripalning zaharlanishini Kreml tomonidan sodir etilgan “qasddan qilingan va aniq bir maqsadni koʻzlagan akt”, deya atagan. Ushbu hatti-harakatlar, Rossiya dunyo hamjamiyatida “yanada yakkalanib qolishiga” olib keladi, deyiladi nutq matnida.

 Parker Rossiya hukumatini xalqaro huquqni oʻta qoʻpol tarzda buzganlikda aybladi. Bundan tashqari, Parker “Skripal ishi” bilan bogʻliq Rossiya dezinformatsiyasi darajasini misli koʻrilmagan, deya baholadi.

 Britaniyaning Solsberi shaharchasida 14 mart kuni britaniyalik shpion Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomoni Skripallarning zaharlanishida Rossiyaning qoʻli borligini taʼkidlamoqda, Rossiya esa buni qatʼiy inkor qilib kelyapti.

 Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning soʻzlariga koʻra, OZXO tomonidan hodisa joyidan olingan namunalarni tahlil qilgan Shveytsariya tadqiqot markazi, Skripallarni zaharlashda BZ moddasidan foydalanilgan, degan xulosaga keldi. Bu modda AQSh va Britaniya qurol-aslahalari hisobida turgan, na Rossiya va na SSSRda ishlab chiqarilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.