Nazarboyev Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish huquqiga ega boʻldi

879
0

Nazarboyev Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish huquqiga ega boʻldi

 Qozogʻiston parlamenti Senati (yuqori palatasi) payshanba kuni Xavfsizlik kengashi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi, hujjat, xususan, amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevga XKga umrbod rahbarlik qilish huquqini beradi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.

 Fevral oyida Qozogʻiston Adliya vaziri Marat Beketayev jurnalistlarga Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nazarboyevga Xavfsizlik kengashini umrbod boshqarish huquqining berilishi – mamlakatda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar va barqarorlikning mustahkamlanishi tufayli ekanligini maʼlum qilgan edi.

 “Qozogʻiston respublikasining birinchi prezidenti – Yoʻlboshi oʻzining tarixiy missiyasi tufayli Xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qilish huquqi berilishi oʻrnatildi”, – deyiladi senatning konstitutsiyaviy qonunchilik, sud tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari qoʻmitasi yakuniy xulosasida.

 Ushbu qonunchilik loyihasi imzolanish uchun Qozogʻiston prezidentiga yoʻnaltirildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.