Rossiya Qirgʻiziston va Tojikiston osmonini oʻz nazorati ostiga oladi

984
0

Rossiya Qirgʻiziston va Tojikiston osmonini oʻz nazorati ostiga oladi

Rossiya, Qirgʻiziston va Tojikiston yagona havo mudofaa tizimini tashkil etish toʻgʻrisida bitim ishlab chiqishdi.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu toʻgʻrisida Rossiya kosmik-havo kuchlari bosh qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari, Bosh shtab rahbari Pavel Kurachenko MDH Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi HMT masalalari boʻyicha qoʻmita yigʻilishida maʼlum qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda hujjat idoralararo kelishuv bosqichida turipti.

Kurachenkoning qayd etishicha, shunga oʻxshash bitim Armaniston, Belorus va Qozogʻiston bilan ham tuzilgan.

Avvalroq, Kosmik-havo kuchlari bosh qoʻmondoni Viktor Bondarev, mintaqaviy havo mudofaa tizimini markazlashtirish harbiylar uchun ustuvor masala ekanligini belgilab oʻtgan edi.

Xabarga koʻra, mazkur reja Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalarida yagona havo mudofaa tizimini tashkil etishni koʻzda tutadi.

Turkiston:

Putin Suriyada Asad rejimi bilan ham shunga oʻxshash bitim imzolagan edi. Biroq bu bitim Rossiyaning xavfsizligi yoki biror manfaati uchun hech qanday foydasi boʻlmagan natijalarga olib keldi. Putinning rejimi Rossiyaning manfaatlarini suisteʼmol qilib, uni har tomondan inqiroz holatiga olib keldi.

Iqtisodiy holati: Rossiya ogʻir sanoatidan deyarli ajrab qoldi. U neft va gaz xom ashyosi orqasidan tirikchilik qiladigan olamiy xom ashyo bazasiga aylandi. Bu esa, uchinchi olam (agrar) mamlakatlarining iqtisodiy sistemasi boʻlib, jahon iqtisodiyotining qoldiqlari bilan oziqlanishga majbur boʻlgan qashshoq iqtisodiy sharoitlarga olib boradi. Yaʼni, yengil sanoatning asosi boʻlgan ogʻir sanoat ishdan chiqsa, mamlakatning ishlab chiqarish tarmogʻi izdan chiqadi. Unday davlat chet el tovarlari uchun import bozoriga aylanadi. Rossiya shu holatga tushib qoldi. Bularning barchasiga Putinning davlat boyliklarini milliylashtirish nomi bilan, ularni davlat nazorati ostiga olish siyosati sabab boʻldi. Xususiy mulkchilik milliylashtirilishi oqibatida talon taroj boʻlib, olamiy taraqqiyot bilan birga yura olmay qoldi. Natijada “oligarxlar” nomi bilan, davlat xizmatida boʻlgan monopolist, oʻgʻri va milliarder boylar paydo boʻldi. Ular Putin va uning rejimi vakillari boʻlib chiqdi.

Siyosiy holati: Oxirgi vaqtda Rus xalqi bu mamlakat xiyonatkorlarining kirdikorlaridan xabar topib, nafrat bilan norozilik aktsiyalari uyushtira boshladi. Putin esa yaqinlashib kelayotgan “qora kun”ni ortga surish uchun AQSh bilan shartnoma tuzib, Rossiya manfaatlariga zid bitimlar bilan Suriyaga harbiy yurish qildi. Bir necha shaharlarni yer bilan yakson qilib, tinch aholini qirib yubordi. AQShning xizmati tugagach, Rossiyani qari, keraksiz koʻppak singari xizmatdan boʻshatib yubordi. Bunga qoʻshimcha tarzda AQShning oʻzi bosh boʻlib yana Rossiyaga jazo sanktsiyalari kuchaytirib boryapti, ichki siyosatida esa Gʻarb matbuot hujumi kuchayib boryapti. Putinning boshi qotib qoldi. U yana avvalgi iflos uslubiga qaytib, Peterburg shahrida oʻz fuqorolarini portlata boshladi. Metroda halok boʻlganlarga taʼziya bildirish uchun borganida, atrofdan “Putin qotil” degan qichqiriqlar yangray boshladi. Vaholangki Peterburg Putin tugʻilgan va u uchun eng ishonchli deb koʻrilgan shahar edi. Shunday boʻlishiga qaramay, Putin uchun qoʻporuv va urush kabi notinchlik keltirib chiqaradigan holat zarurligicha qolmoqda.

Putin Oʻrta Osiyodan boshqa mintaqada taʼsir quvvati qolmaganini yaxshi bilgan holda, rus millatchilarining tuygʻulari bilan oʻynab, Oʻrta Osiyodan kelgan ishchi muhojirlarga qarshi kurash maydonini ochib boryapti. Buning ortidan, u Oʻrta Osiyo davlat rahbarlariga bosim oʻtkazib, rus xalqini biroz tinchlantirib olguniga qadar urush holatini va “qalbaki islomiy vahima” uslubini Markaziy Osiyoda davom ettirmoqchi. Va buning uchun Afgʻonistondan kelayotgan qalbaki vahimalarni bahona qilmoqchi. U “dushmanni yurtimizga kirib kelgunicha, oʻz inida yakson qilish afzal” degan yasama shior bilan, hatto Oʻrta Osiyo tomonlarda urush paydo qilib boʻlsa ham, oʻz xalqini siyosiy yurishlardan chalgʻitib turishni maqsad qilyapti. Putin, oʻzini va rejimini saqlab qolishni hayotiy masala qilib oldi. Endi u shu maqsadga yetish yoʻlida hech narsadan, hatto Suriya holati va qirgʻinini Oʻrta Osiyoda paydo qilishdan ham toymaydi!

Shunga koʻra, aytish mumkinki, Putin Qirgʻiz va Tojik chegaralarini oʻz nazoratiga olib, u tomondan qalbaki harbiy vahimalar paydo qiladi. Bu vahimalarni boʻrttirib koʻrsatish bilan ichki siyosatimizda Islom va musulmonlarga qarshi nafrat va tazʼyiqlar kuchaytirmoqchi boʻladi. U Rossiya uchun ham bu holat xavfli va aloqador qilib koʻrsatish uchun, ishchi-muhojirlardan foydalanmoqchi. Putin Suriya muammosi ortida bir necha yil panoh topgan boʻlsa, Oʻrta Osiyodagi iflos rejasi amalga oshgudek boʻlsa, oʻz xalqi nafrati va intiqomidan qancha omonda qolmoqchi boʻlayotgan ekan!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.