Musulmonlarni Islomdan uzoqlashtirish uchun

504
0

1262-390x290

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi yirik buyum bozorida 13 mingdan ziyod musulmon olimlarining ma’ruzalari yozilgan disklar sotuvdan musodara qilingan. Bu haqida respublika hukumati qoshidagi din ishlari bo’yicha qo’mita chorshanba kuni xabar tarqatdi.

“Karvon” bozorida joylashgan “Nur” videomaxsulotlar studiyasida diniy mazmundagi 13 423ta disklar borligi aniqlandi va musodara qilindi”, – deyiladi qo’mita xabarida.

Qo’mitaning belgilashicha, “musodara qilingan disklar tojik, arab, rus va o’zbek tillarida bo’lib, mamlakat qonunchiligi talablariga qaramay tegishli ruxsatnomasiz sotuvga chiqarilgan”.

Mazkur ma’ruzalarda ekstremistik qarashdagi da’vatlar bor yoki yo’qligi haqida xabar qilinmagan.

Diniy ishlar bo’yicha qo’mitaning hisobiga ko’ra, 8 million aholisi bor Tojikistonning 96,6 foizini Hanafiy mazhabiga ergashuvchi sunniylar tashkil etadi. Yana 2,8 foizini yoki 220,6 ming kishi shia oqimidagi ismoiliylardan iborat. Faqatgina aholining 0,6 foizi yoki 48 ming kishi xristianlar va boshqa din vakillari yoki ateistlardan iborat.

Turkiston:

O’rta Osiyo davlatlari ustiga mustamlakachi kofirlar tomonidan qo’yilgan malay hokimlar o’z xojalarini rozi qilish va o’zlarini dunyoviy davlat sifatida saqlab qolishlik uchun aksari musulmonlardan iborat bo’lgan bu xalqlarga nisbatan to’xtovsiz tazyiq va ta’qiblarini davom ettirib kelishmoqda.

Bu hokimlar muslima o’quvchi va talabalarni maktab yoki institutlarga ro’mol o’rab kelishini ta’qiqlashdi. Tojikistonda 2011 yili balog’at yoshiga etmaganlarni masjidlarga kelishi ta’qilandi. Bu zolim hokimlar o’zlarining dunyoviy qonunlari asosida balog’at yoshini 18 yosh qilib belgilab qo’yishgan. Holbuki, Islom dinida o’g’il bola uchun ihtilom bo’lishi, qiz balalar uchun esa birinchi hayz ko’rishi bilan balog’at yoshiga etgan deb hisoblanadi. Imomi A’zam mazhabida esa balog’at yoshi o’g’il bolalar uchun 12, qiz bolalar uchun 9 yosh qilib belgilangan.

Bundan tashqari bu hokimlar o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda xohlagan adabiyot yoki video materiallarni qonunga zid qilib belgilash uchun keng imkoniyatlar qoldirishgan. Chunki bu hokimlar tomonidan o’zlari hukumronlik qilayotgan respublikalarda qaysi adabiyotlar ta’qiqlangani haqida birorta ham rasmiy ro’yxat e’lon qilishmagan. Shu sababli ular o’zlari xohlagan vaqtda har qanday adabiyot yoki video tasmani noqonuniy deb topishlari mumkin.

O’zbekistonda ham mustaqillikni boshlarida hukumat tomonidan rasmiy ruxsat bilan chop etilgan ko’plab adabiyotlar keyinchalik musulmonlarni ayblash va uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etish uchun“noqonuniy”ga aylanib qolganidek, Tojikiston hukumati ham musulmonlarni va ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodni Islom dinidan uzoqlashtirish uchun o’z imkoniyatidagi barcha razilliklarni ishga solmoqda.

Ammo bu zolimlar Islom va musulmonlarga qarshi kurashda faqat o’z quvvatlari va xojalari tomonidan ajratilayotgan moddiy yordamga suyanadilar. Musulmonlar ortida Allohning o’zi turganligini va har tomonlama musulmonlarga yordam berishin idrok qilishmaydi yoki buni anglab etish uchun aqllari noqislik qiladi.

Ular Allohning nurini (ya’ni Islomni) og’izlari (ya’ni hech qanday hujjatsiz behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’ladilar. Alloh esa – garchi (kofirlar) yomon qo’rsalar-da – o’z nurini komil qilishni (ya’ni har tarafga yoyishni) istaydi.” (Tavba surasi, 32).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.