Afgʻoniston politsiya va armiyani tayyorlashda Rossiyadan yordam soʻradi

671
0

Afgʻoniston politsiya va armiyani tayyorlashda Rossiyadan yordam soʻradi

“Sputnik” sayti xabariga koʻra, Afgʻoniston oʻz armiya va politsiyasini tayyorlashda Rossiyadan yordam soʻradi. Bu haqida mamlakat tashqi ishlar vazirligi Siyosat va strategik rejalashtirish boʻlimi Muhammad Ashraf Haydari xabar qildi.

Shuningdek, Qobul iqtisodning 124 obʼektini qayta tiklashda ham Moskva yordamiga umid qilmoqda.

Haydari aytishiga qaraganda ushbu masala Rossiya tashqi ishlar vazirligida muhokama qilingan va ayni damda Qobul Moskvadan javob kutmoqda. Shuningdek, ushbu yilning fevral oyida Qobul Moskvadan iqtisodning 124 obʼektini qayta tiklashda yordam soʻragan edi.

“Mamlakatlarimiz orasida hamkorlikning bunday koʻrinishi amalga oshishi mumkin, chunki oxir oqibatda gap, terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash haqida ketmoqda. Bundan hamma mamlakatlar manfaatdor”, — dedi rossiyalik senator Ilyas Umaxanov RIA Novosti jurnalistlariga.

Senator, jurnalistlarga Rossiya va Afgʻoniston orasida narkotiklarga qarshi kurash sohasi mutaxassislari tayyorlashda, shunday hamkorlik tajribasi borligini eslatib oʻtdi va harbiy sohada hamkorlik qilish uchun yakuniy qaror prezident va mudofaa vaziri tomonidan qabul qilinishini xabar qildi.

Bir necha kun oldin Xalqaro sud Pentagon va AQShni Afgʻoniston hududida amalga oshirilgan harbiy jinoyatlarda ayblagan va Xalqaro sud ixtiyorida bunday jinoyatlarga bir necha video dalillar borligi maʼlum qilingan edi.

Turkiston:

Oxirgi vaqtda Afgʻoniston yana xalqaro siyosatning markaziy maydoniga chiqib boryapti. Putin undan Oʻrta Osiyoni vahimaga solish uchun foydalanmoqchi boʻlayotgan boʻlsa, Tramp Suriyadagi urushga chek qoʻyish kerak deb, Afgʻonistonga 9.5 tonnalik bomba tashlab yubordi.

Shu yerda “AQSh bilan Putin yana birgalikda Suriyadagi urush holatini Afgʻonistonga koʻchirmoqchi emasmikin?”, degan shubha tugʻulishi mumkin. Putin oxirgi vaqtda Markaziy Osiyo davlatlarini Afgʻonistondan keladigan va uni qoʻllab yuborishi kutilayotgan ichki islomiy harakatlardan qoʻrqitib kelyapti. AQSh esa, uni Afgʻoniston bilan hamkorlik qilishi uchun qulay sharoit yaratib berayotgandek agressiv amaliyotlar olib boryapti. Agar shu tahlil quvvatli boʻlsa, ular Suriya urushini Markaziy Osiyoga koʻchirishni rejalashtirayotgan boʻladi.

Yuqorida, Afgʻon rasmiy mulozimining Rossiyani harbiy hamkorlikka chaqirishi ham, fikrimizni quvvatlaydi. Chunki Afgʻoniston rasmiy hokimiyatini AQSh tashkillashtirgan va shu vaqtga qadar uni dastaklab keladi. Bu stsenariy, Suriyadagi Asad rejimi bilan Rossiya harbiy hamkorligini eslatyapti. Unda ham stsenariy rejisyori AQSh edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.