Olimlarning jim turishi kufrni rozi qilmaydi (5)

473
0

بســـــم الله الرحمن الرحيم

Olimlarning jim turishi kufrni rozi qilmaydi (5)

Ey, ustozlar! Ey, xalqimning haqiqiy yo‘lboshchilari!
Sizlar har bir ishda bizga o‘rnak bo‘lasizlar. Sizlar dunyo uchun, mansab uchun har qanday razil ishlarga borishdan uyalmaydigan or-nomusini, iymonini sotgan benomus odamlar kabi emassizlar. Sizlar Ummatni to‘g‘ri yo‘lga; ikki dunyo saodatiga yetaklovchisizlar, shunday emasmi?! Bu ishingizda sizlarga to‘g‘anoq bo‘layotgan har qanday insonga hikmatli yondoshasizlar. Ummatni bo‘linishini xohlayotgan kofirlarni rejalarini parchalab, Islomdan ancha yillar uzoqda yashagan xalqimizni o‘zaro bir birlariga qarshi qilib emas, bir birlarini qo‘llab qo‘vvatlovchi qilib, Rosululloh(s.a.v) aytganlaridek, bir jasad kabi qilib tarbiyalashingizga ishonamiz. Xalq ham kelajakni sizlardan umid qilmoqda. Ba‘zi bir ochiq harom ishlari sabablik ularni “bu jasad”dan ajratish, ularni kofirga chiqarib, dushmandek muomila qilish Islom ta‘limotlariga ziddir, hatto haromlarga odatlanib qolgan bo‘lsalar ham ularni tushuntirish va iymoniy muhitni kuchaytirish bilan tarbiyalash kekrak.
Tarixda ham olimlarni o‘z maqsadiga boshlamoqchi bo‘lganlarga salifi solihlar aldanmaganlar. Masalan: sizlarga mashxur imomimiz Abu Hanifa(r.)ning xavorijlar bilan bo‘lgan qissasini yodingizga solaman. Kufada ular g‘olib bo‘lib turgan davrda Abu Xanifa(r.)ni ushlab olib kelishib;
– kufrdan tavba qil, ey shayx – dedilar.
– men har qanday kufrdan Allohga tavba qiluvchiman – dedi.
Shunda uni qo‘yib yuborishdi. Voliy bo‘lishganda ularga;
– U kufrdan tavba qilgan, ya‘ni U ham sizlardek, uni o‘zlaringa qaytaringlar – deyildi.
Shunda ularning kattalari;
– Ey, shayx, albatta sen kufrdan tavba qilgansan, ya‘ni sen bizdansan, shundaymi? – dedi.
– Sen gumon bilan aytyapsanmi yoki aniq bilib aytyapsanmi? – deb so‘radi, Abu Xanifa(r.).
– Yo‘q, gumon bilan – dedi.
– Alloh Taolo aytadi:
يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِنْ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ
“Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir”! [49:12]– bu sen tomondan bo‘lgan xato. Har bir xato seni raying bo‘yicha kufrdir. Demak, sen avval kufrdan tavba qil! – dedi Abu Xanifa(r.).
– To‘g‘ri aytding, ey shayx! Men kufrdan tavba qiluvchidirman – dedi.
Kunlarning birida uni xali ham bir gunoh sababli birorta ahli Qiblani kofirga chiqarmayotganini bilishib, yana u bilan munozara qilish uchun kelishdi. So‘ng;
– Mana masjid oldida ikki o‘lik, biri bir kishiki, aroq ichib hatto aroqqa bo‘kib qolgan va aroqdan bo‘g‘ilib, unga cho‘kib o‘lgan. Ikkinchisi bir ayol. Zino qilib, undan homilador bo‘lganini bilib qolib o‘zini o‘ldirgan – deyishdi. Ya‘ni bular kofir bo‘ldimi? – deyishmoqchi.
– Ular qaysi millatdan ekan?, yahudiylardanmi? – deb so‘radi ulardan Abu Xanifa(r.)
– Yo‘q – deyishdi.
– Nasorolardanmi?
– yo‘q – deyishdi.
– Majusiylardanmi? – dedi.
– yo‘q – deyishdi.
– Unda qaysi millatdan bo‘lishgan? – dedi.
– “La ilaha illalloh va Muhammad Uning Rosuli” deb guvohlik bergan millatdan – deyishdi.
– Menga aytinglarchi, undagi guvohlikda iymondan qancha bor edi; uchdan birmi, to‘rtdan birmi yoki beshdan birmi? – deb so‘radi.
– Albatta, iymon uchdan bir, to‘rtdan yoki beshdan bir bo‘lmaydi – deyishdi.
– Unda qancha iymon bor edi? – dedi.
– Iymonni hammasi – deyishdi.
– U holda, o‘zinglar mo‘min deb bilib, mo‘minligiga iqror bo‘lib turgan bu ikki odam to‘g‘risidagi savolinglar… ?! – dedi Abu Hanifa.
– Bizni qo‘yda, bular haqida aytchi, ular jannat ahlidanmi yo do‘zah ahlidanmi? – deyishdi.
– Ammo meni gapirishimni xohlasanglar, men ular haqida Allohning Nabiyi Iborihim(a.s) o‘z qavmida, og‘ir jinoyat qilgan kimsalar haqida aytgan gapini gapiraman:
رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًا مِنْ النَّاسِ فَمَنْ تَبِعَنِي فَإِنَّهُ مِنِّي وَمَنْ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورٌ رَحِيمٌ
“Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, ana o‘sha mendandir (ya‘ni mening dinimdadir). Kim menga isyon qilsa, yana O‘zing mag‘firatli, mehribonsan (ya‘ni, unday kimsalarni ham haq yo‘lga hidoyat qilishga qodirsan)”. [14:36].
– Ular haqida Allohning Nabiyi Iyso(a.s) o‘z qavmida, og‘ir jinoyat qilgan kimsalar haqida aytgan gapini gapiraman:
إِنْ تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ وَإِنْ تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
“Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O‘zing qudrat, hikmat egasidirsan”. [5:118]
– Ular haqida Allohning Nabiyi Nuh(a.s)ning gapini gapiraman:
قَالُوا أَنُؤْمِنُ لَكَ وَاتَّبَعَكَ الْأَرْذَلُونَ  قَالَ وَمَا عِلْمِي بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ إِنْ حِسَابُهُمْ إِلَّا عَلَى رَبِّي لَوْ تَشْعُرُونَ
“Ular dedilar: “Senga pastkash (yalangoyoq) kimsalar ergashgan bo‘lsa, bizlar senga qanday qilib iymon keltirurmiz?” (Nuh) aytdi: Men ularning qilgan ish-amalini nima ekanliklarini bilmasman. Agar payqay olsangizlar ularning hisob-kitobi yolg‘iz Parvardigorimning zimmasidadir”. [26:111-113].
– Ular haqida Allohning Nabiyi Nuh(a.s) – va Payg‘ambarimiz Muhammadga ham sollalohu alayhi va sallam– ni gapini gapiraman:
وَلَا أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَائِنُ اللَّهِ وَلَا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلَا أَقُولُ إِنِّي مَلَكٌ وَلَا أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِي أَعْيُنُكُمْ لَنْ يُؤْتِيَهُمْ اللَّهُ خَيْرًا اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِي أَنفُسِهِمْ إِنِّي إِذًا لَمِنْ الظَّالِمِينَ
“Men sizlarga: “Huzurimda Allohning xazinalari bor”, demayman. G‘aybni (ko‘zdan pinhon narsa va hodisalarni) ham bilmayman. “Men farishtaman”, ham demayman. Shuningdek, sizlar o‘zingizcha haqorat qilayotgan kishilar haqida: “Alloh ularga hech qanday yaxshilik bermaydi”, deb aytmayman. Ularning dillaridagi narsani (ixlos-iymonni) Alloh juda yaxshi bilur. Aks holda (ya‘ni, agar ular to‘g‘risida yuqoridagi so‘zlarni aytadigan bo‘lsam), men albatta zolimlardan bo‘lib qolurman”. [11:31].
To‘g‘ri, ular qilgan jinoyatlar oyatning ochiq dalolati bilan harom, lekin ularni kofirga chiqrishga hujjat bo‘lmaydi. Salafi-solihlar hujjatsiz gapirishmagan. Abu Hanifa(r.)dan hunasa gudakni, agar siydik ikki a‘zodan birdaniga chiqadigan bo‘lsa “o‘g‘il bolaga hukm qilinadimi yoki qiz bolagami” deb so‘rashganda(masalan, meros bo‘lishda), men qaysi biriga hukm qilishga hujjat topa olmayapman deb javob bergan. Ular Alloh Taologa qarshi gapirib, zolimlardan bo‘lib qolishdan juda ehtiyot bo‘lishgan.
Ey, Ahli fazl! Ey, Rosulullohning merosxo‘rlari!
Odamlarning ko‘pchiligi dindan uzoq bo‘lishi sizlarni dinni buzishga yoki hujjatsiz gapirishga yo‘l qo‘ymasin. Sizlar haqni bilganinglar va uni ro‘yi rost xalqqa bayon qilganinglar bilan, hamda iymon va amalda, taqvoda oddiy insonlardan farq qilasizlar, o‘zingizni farqingizni ketkazib qo‘yishdan ehtiyot bo‘linglar. Axir sizlar ahli fazlsizku:
Ahli farz – o‘ng tomon egalari.
Ahli fazl – Allohga yaqin bo‘luvchilardan.

Ahli farz – ko‘pchilik musulmonlar.
Ahli fazl – ozchilik yaxshilik qiluvchilar.

Ahli farz – ramazon oyida ro‘za tutib, yilning qolgan kunlarida ro‘za tutmaydiganlar.
Ahli fazl – sunnatdagi olti kunda ham, har oyning to‘lgan vaqti(biyz)da ham, dushanba va payshanbada ham, Zulhijja oyining to‘qqiz kunida ham, arafa kuni va Oshuro kuni ham ro‘za tutuvchilardir.

Ahli farz – farz namozlarini nuqsonsiz ado qiladilar.
Ahli fazl – Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya‘ni tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar. [32:16]

Ahli farz – g‘azablantirgan insonni kechirib yuboradigan zotlardir. [42:37]
Ahli fazl – g‘azablantirgan insonga ham yaxshilik qiladi.

Ahli farz – yaxshilikka yaxshilik bilan, yomonlikka yomonlik bilan ro‘paro‘ bo‘ladi.
Ahli fazl – yaxshilikki undanda yaxshirog‘i bilan, yomonlikka yaxshilik bilan ro‘paro‘ bo‘ladi.

Ahli farz – zakot mollarini chiqarib beradi.
Ahli fazl – Mol-dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson qiladigan zotlar. [2:274]

Ahli farz – “ularning birlari birodari uchun o‘ziga yoqqan narsani ilinadi”.
Ahli fazl – “garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar”. [59:9]

Ahli farz – goho nafl ehsonlar qilishadi, goho muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishadi.
Ahli fazl – yaxshi ishlarga “kim o‘zar” bo‘lib ketishadi va odamlarning ehtiyoji ularning qo‘li bilan ado bo‘ladi.

Ahli farz – avvalo o‘z ehtiyojlari uchun, keyin dini, keyin Ummati uchun xarakat qiladi.
Ahli fazl – dini uchun, Davlati uchun, Ummati uchun o‘zlarini qurbon qiladilar.

Ahli farz – Alloh Taoloning hadlari oldida to‘htab qoladilar.(ya‘ni haromlarga tushib qolmaydilar).
Ahli fazl – Alloh Taoloning hadlarini saqlab turadilar.(boshqalarni unga tushmasliklari uchun, Alloh Taoloning hadlari buzilmasliklari uchun hushyor turadilar).

Ahli farz – Alloh Taoloning ushbu oyatidan umidvor bo‘lishadi: “Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay”. [3:185]
Ahli fazl – Alloh Taoloning ushbu oyatiga ko‘ra, yaxshiliklarda o‘zaro musobaqalashadilar;“Kim u zotga yaxshi amallar qilgan mo‘min holida kelsa, bas, ana o‘sha (kishilar) uchun yuksak darajalar”. [20:75]
Allohim, O‘z rahmati va ehsoni bilan sizlar bilan birga bizlarni ham ahli fazllar bilan birga qilsin! Omin!

G‘arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.