Avval nomuslariga tajovuz qilib so’ng tiriklayin yoqib yuborishdi

459
0

BMTning Janubiy Sudan bo’yicha missiyasi mamlakat ichkarisida davlat armiyasi va unga tobe bo’lgan qurolli guruhlar amalga oshirgan vahshiyona jinoyatlar haqida hisobot joriy qildi. Hisobotga ko’ra, Janubiy Sudanda qatl qilishlar, tajovuzlar, tiriklayin yoqib yuborish va talon taroj qilish hodisalari misli ko’rilmagan darajaga ko’tarilgan.

Rostgo’yligiga ishonch hosil qilingan 115 mazlumning so’zlariga tayanib chiqarilgan BMT missiyasi hisobotida aytilishicha, davlat armiyasi va unga tobe bo’lgan qurolli guruhlar janubiy Sudanda tinch fuqarolarni ayovsiz qirg’in qilgan, uylar va do’konlarni talon taroj qilgan, qishloqlarni vayron qilib, 100 mindan ortiq insonlarni uy-joylarini tashlab ko’chib ketishga majbur qilgan. “Rubkona”, “Guit”, “Koch”, “Leer” va “Mayom” mintaqalarida son-sanoqsiz xotin qizlarning nomusiga tajovuz qilib, so’ng tiriklayin yoqib yuborishgan.

“Taniqli kishilarning aytishlaricha, Janubiy Sudan armiyasi juda ko’p sonli ayollar va qizlarning nomusiga tajovuz qilib, o’z uylarida tiriklayin yoqib yuborgan”, deyiladi BMT missiyasining hisobotida.

BMT bosh kotibining xos vakili Ellen Margrete Ley bo’lib o’tgan hodisalarni tekshirib chiqish va bu dahshatli jinoyatlar ustida surishtiruv olib borish lozimligini ta’kidladi. Leyga ko’ra, BMT inson huquqlari himoyachilarini jinoyat sodir etilgan mintaqaga kirishlari uchun Janubiy Sudan hukumati imkoniyat yaratib berishlari lozim.

Turkiston:

Ba’zi statistik ma’lumotlarga ko’ra, Sudan janubi aholisining 18%ini musulmonlar, 17%ini nasroniylar, 65%ini dinsizlar ya’ni butparast va arvohchilar tashkil qilishi aytiladi. Biroq haqiqiy raqamlarga ko’ra, musulmonlar Sudan janubida 30%dan oshadi. Nasroniylik esa 7%dan oshmaydi.

Janubiy Sudan erlari sof Islomiy er hisoblanadi. Milodiy 19 asr, hijriy 12 asrning boshlarida Xalifalik davlati tarkibiga qo’shib olingan. Xalifalik davlati qulatilgandan so’ng Britaniya mustamlakasiga aylandi. So’ng uni Britaniyadan Amerika meros qilib oldi. AQSh u erda o’zining nufuzini mustahkamlash uchun Sudan janubini Shimolidan ajratib tashlash yo’lini izlay boshladi. Shundan so’ng 2005 yilda Sudanni parchalash uchun tuzilgan Nayvasha bitimiga binoan, 2011 yilning boshlarida AQSh boshchiligida o’tkazilgan referendum orqali Sudan ikkiga bo’lib tashlandi.

Ma’lumki, musulmonlar Sudanda hali bo’linish yuz bermasdan turib o’zlariga qarshi qilinayotgan juda ko’p quvg’in va vahshiy hujumlarni boshidan kechirdi. Qur’on yodlatadigan ba’zi makonlar va masjidlar aroq ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirildi. Yangi masjid qurish man qilindi va mavjud masjidlarni kuch bilan cherkovlarga aylantirildi. U erda Musulmonlarning hayoti urushlar, joni va or-nomusini saqlash uchun yashirinib yurish bilan o’tardi. Isyonchi Jon Garang etakchilik qilgan isyonlarda musulmonlarni quvg’in qilishlar yanada ko’paydi. Uning isyonchilari minglab janub musulmonlarini qatl qildi, masjidlarni yoqib, u erda fasod tarqatdi.

Bugungi kunda Janubiy Sudanda jinoyat darajasi eng yuqori bosqichga ko’tarilganligini aytib dod voy solayotgan BMTning o’zi Sudanning bo’linishiga bosh qosh bo’lgan. Shu mavzuga bag’ishlab o’zining Nyu-Yorkdagi qarorgohida konferentsiyalar tashqil qilgan edi.

Ummatning ko’rar ko’zi, rost so’zlovchi tili va urib turgan yuragi bo’lgan Hizbut Tahrir uyushmasi esa Sudan parchalanishidan avval «devor» ortida nima borligini ko’rib, buning yomon oqibatlaridan qattiq ogohlantirdi. Musulmon zobitlarni va xalq ichidagi xolis musulmonlarni bunga yo’l qo’ymaslikka chaqirdi. Milliy Kongress a’zolaridan ixlosli musulmonlarga ochiq xat ham yo’lladi. Makkor G’arb hiyla nayranglarini fosh qildi. Chunki Hizbut Tahrir bu ish shariatga aslo to’g’ri kelmasligidan tashqari o’ta ayanchli oqibatlarga olib kelishini ham oldindan ko’ra bilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.