Obama Rossiyaga “haqiqiy ulug‘vorlik”ni taklif qildi

420
0

 AQSh prezidenti Barak Obama Hannoverda Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Italiya yetakchilari bilan uchrashuvidan avval, Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar Minsk kelishuvlari ijro etilgunga qadar amalda bo‘lishi, rasmiy Moskva esa jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishi zarur, degan fikrlarni bildirib o‘tdi.

 “Rossiya haqiqiy buyuklik qo‘shnilarni qo‘rqitishda emas, balki dunyo davlatlari bilan hamkorlik qilishda ekanini anglab yetishiga ishonaman”,- deb AQSh rahbari so‘zlaridan iqtibos keltiradi Euronews telekanali.

 Rossiya bilan yaxshi aloqalarni olib borishga intilayotganini qayd etgan Obama, Minsk kelishuvlaridagi bandlar bajarilmaguncha Rossiyaga nisbatan jazo choralari o‘z kuchida qolishi kerakligini ta‘kidlagan.

 Obamaning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi “rus agressiyasi” NATOning sharqiy Yevropadagi ittifoqchilari asabiga tegmoqda va “sovuq urush davridan keyin erishilgan taraqqiyot”ni xavf ostiga qo‘ymoqda. Obamaning ta‘kidlashicha, harbiy alьyans bundan keyin ham Boltiqbo‘yi davlatlari, Polьsha va Ruminiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘tgan haftada Kremlь ma‘muriyati “NATO bilan o‘zaro ishonchsizlik hukm surayotgani” haqida bayonot berib, rasmiy Moskva alьyansning nodo‘stona hatti-harakatlarini, xususan Rossiya chegaralari yaqinida harbiy salohiyatini tobora kuchaytirayotganini qayd etgan edi.

Hannoverda chiqish qilgan AQSh prezidenti Yevropa xavfsizligiga ham to‘xtalib, ba‘zan “Evropa o‘z xavfsizligi borasida yetarli darajada qayg‘urmasligini” iddao etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning barcha mamlakatlari mudofaa sohasiga YaIMning 2foizini sarf etishga harakat qilishlari kerak.

Amerika yetakchisining aytishicha, YeI global kollektiv xavfsizlikni ta‘minlash majburiyatining bir ulushini zimmasiga olishi lozim. Obama, shunga binoan NATOning iyul oyida bo‘lajak sammitida, xavfsizlik bo‘yicha majburiyatni al‘yansning barcha a‘zolari teng bajarishi shart, degan taklifni ilgari surishini bildirdi.

Turkiston:

Rossiya xalqaro siyosatda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. Natijada AQSh undan Yevropa ittifoqi davlatlarini qo‘rqitish uchun foydalana boshladi. AQSh Yevropa hududini yagona himoyachisi sifatida NATOni saqlab turishi kerak. U YeI davlatlarini bu harbiy tashkilotga muxtoj ekanlariga ham ishontirib borishi lozim. Ularda paydo bo‘ladigan bu qo‘rquv va ishonch, ularning zimmalariga bu tashkilotning sarf xarajatlarining bir bo‘lagini yuklab borishida ham asosiy o‘rin egallaydi. Rossiya Ukrainadagi bir qator xatolari sababli AQShning YeIni qo‘rquvda ushlab turishi uchun navbatdagi vasvasali quroliga aylandi.

Endi Rossiya Minsk shartnomasini bajarishi bilan ham AQShdan qutula olmaydi. Chunki undan keyin Qrimni ozod qilish masalasi ko‘tariladi. Qrim esa, Rossiya uchun o‘ta muhim va strotegik mintaqa hisoblanadi. AQSh Rossiyaning manfaatlarini ro‘yobga chiqarib bermaydi. U Putinni Suriyaga qarshi hamkorlikka chaqirib uni aldadi. Endi Putin undan umid qilmasa ham bo‘ladi. AQSh Rossiyani o‘ta zaif va siyosiy falaj holatga olib borib, undan faqat o‘zining manfaatlarida foydalanaveradi. Rossiyaning hatto shu kungi holati ham AQShni qanoatlantirmaydi. U Rossiyani yetakchi davlatlar safidan mutlaqo o‘chirib yuborishga harakat qiladi. Imkoni yetsa, uni parchalab yuborishi ham mumkin. Lekin, uni o‘z holiga tashlab, rivojlanib ketishi uchun unga imkon bermaydi, hatto shu kungi holatida turishiga ham rozi bo‘lmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.